Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139

167 
 
 Polygonum aviculare  
 Suv qalampir – P. hydropiper.  
Bir  yillik  o’t  o’simlik,  ariq  yerlari  va  zax  yerlarda  o’sadi.  Bu  o’simlikdan  qon 
to’xtatadigan dori olinadi. Gullari va barglari qalampirning mazasini bergani uchun bu o’simlik 
suv qalampiri . deyiladi    
    Polygonum hydropiper.
 
 
Tomir dori – P.amphibium. 
 Ko’p  yillik  ildizpoyali  o’t  o’simlik.  Ildizpoyasida  18  %,  barglarida  10  %  gacha  dubil 
moddasi bo’ladi, meditsinada undan dori olinadi. 
Polygonum affine. 
Juzg'un  avlodi  (  Calligonum)  cho'llarda  o'suvchi  buta  yoki  daraxt  o'simliklardir. 
Barglarining  shakli  o'zgarib,  ipsimon  shaklga  kirgan.  Pizil  qandim  (  C.  caput  Medusae)  va 
to'rsimon  juzg'un  (  C.  canselatum)  ko'chma  qumlarni  mustahkamlash  va  to'xtatish  uchun 
ekilmoqda. 
Tomir dori (P.amphibium), suv qalampiri (P.hydropiper), qiziltasma (P.aviculare), toron 
(P.coriarum)lar tibbiyotda keng qo’llaniladi. Ulardan olingan moddalar turli kasalliklar qatori 
qon to’xtatishda ishlatiladi. Xitoy yoki tangut ravochi (Rheum palmatum var. tanguticum) ko’p 
mamlakatlarda  madaniy  holda  o’stirilib,  tibbiyotda  ich  yuritish  sifatida  sano  bargi  bilan  bir 
qatorda ishlatiladi.  
Shovullar  (Rheum),  taram-taram  ravoch  (R.undulatum),  qora  dengiz  ravochi  (R. 
rhaponticum)  sabzavot  sifatida  ekiladi.  Ular  qandolatchilikda  ham  ishlatiladi.  Ko’pgina 
grechixadoshlar serasal o’simliklardir. 
Choydoshlar oilasi – Theaceae. 
Bu oila vakillari ko’pincha doimiy yashil daraxt yoki butalardir. Ularning barglari oddiy, 
chetlari  tekis,  birin-ketin  joylashgandir.  Yonbarglari  bo’ladi  yoki  bo’lmaydi.  Gullari  to’g’ri, 
ikki jinsli yoki ayrim jinslidir. Kosachabargchalari 5-7 ta . Tojbarglari 5ta, ba’zan 4ta yoki bir 
qancha  va  kosachabarglari  singari  tagi  qo’shilib  o’sgan  yoki  erkin  bo’ladi.  Otaligi  ko’pincha 
cheksizdir, 5 ta bog’lam tashkil etadi va tojbarglarining tagiga birikkan bo’ladi. Onaligi 2 yoki 
ko’p,  ko’pincha  3-5  mevabargli,  tugunchasi  ustki,  ikki  va  ko’pincha  3-5  uyali,  mevasi 
ko’sakcha  yoki  kamdan-kam  rezavor  mevadir.  Bu  oila  30  avlod  400  turdan  tashkil  topgan 
bo’lib, uning vaklillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Muhim  avlodlariga choy 
(Thea) va kameliya (Camellia)lar kiradi. 
  
Choy avlodi (Thea).  
Bu  avlod  vakillari  doimiy  yashil  buta  yoki  kichikroq  daraxt  o’simliklardir.  Ularning 
barglari  etli,  ovalsimon,  uchiga  tomon  ensizlangan  va  qisqa  bandlidir.  Barglari  yoshligida 
tukchalar bilan qoplanib turadi, keyinchalik barg yetilganidan keyin tuklari to’kilib, yalang’och 
bo’lib qoladi. Gullari bittadan, tojbarglari 5-9 ta, tagi tutash, oq va sarg’ish, pushtiga moyilroq 
rangli bo’ladi. 
Mevasi yog’ochlangan ko’sakcha, har qaysi uyasida bittadan olchadek urug’i bo’ladi.  
Choy  o’simligi  asli  Sharqiy-Janubiy  Osiyodan  chiqqan  ,  bu  o’simlik  asosan  tropik  va 
subtropiklarda (Hindiston, Seylon, Yava, Xitoy) ko’p ekiladi. Choyning yer shari bo’yicha 4 ta 
turi  ma’lum.  Shundan  ikkitasi  Xitoy  choyi  (Th.  Sinensis)  va  assam  yoki  hind  choyi  (Th. 
Assana) nam subtropik mamlakatlarda ekiladi. Hind choyi bo’yi 10-15 m balandlikdagi daraxt, 
barglari  cho’ziq  bo’ladi.  Xitoy  choyi  esa  2-3m  balandlikdagi  butadir.  Uning  barglari  esa 
cho’ziq tuxumsimon bo’ladi. Xitoy choyi va hind choyi  gibridlari asosan G’arbiy Gruziyada, 
Ozarbayjonning  Lenkoran  rayonida,  Krasnodar  o’lkasining  janubida  ekiladi.  Asli  vatani 
Hindixitoy tog’li o’rmonlari hisoblanadi. 
Nerv  faoliyatini  yaxshilash,  hordiq  chiqarish  maqsadida  yer  kurrasining  qariyb  barcha 
aholisi  tomonidan    ichiladigan  choy  shu  o’simlikning  bargidan  tayyorlanadi.  Choy 
o’simligining  bargida  20-28%  tannidlar,  2-5%  kofein,  0,01%  efir  moyi,  C,  B1,B2,  K 
vitaminlari, rutin va organik kislotalar hamda mineral moddalar bor. Choy bargining tarkibida 


168 
 
5% ga qadar tein deb ataladigan kishining asabiga tez ta’sir qiluvchi modda mavjud. Choyning 
ho’l  barglari  yig’ilib,  maxsus  usulda  quritiladi,  undan  ko’k  choy  va  qora  choy  olinadi.  Yer 
yuzining iliq, iqlimli mamlakatlarida har yili 8 mln sentner choy tayyorlanadi. Yevropaga choy 
birinchi  bor  Portugaliyaga  1517-yilda,  Rossiyaga  1639-yilda  keltirilgan.  O’rta  Osiyo  bilan 
Xitoy  savdo-sotiq  ishlari  1000  yildan  ortiq  ekanligini  inobatga  olsak,  xalqimizning  choyni 
iste’mol qilish tarixi ham shu vaqtga teng desak xato qilmaymiz.  
 
Choy plantatsiyasi.
 
 
Kamelia  (Camellia  japonica)  ham  shu  avlodga 
mansubdir.  Bu  o’simlik  chiroyli  buta  holida  bo’ladi  va 
asli  Janubiy  Sharqiy  Osiyodan  chiqqan.  Kamelia  yirik-
yirik  bo’ladigan  oq  yoki  pushti  rangli  seryaproq  gullari 
uchun  dekorativ  o’simlik  o’rnida  ekiladi,  uning  har  xil 
navlari  bor.  Kamelianing  gullari  ostki  tomonidan  spiral 
holda  joylashgan  5-8  ta  tangachasimon  bargchalar  bilan 
o’ralgan, 
o’sha 
bargchalar 
sekin-asta 
kosachabargchalarga  
Kamellia  gullari  aylanadi,  shu  sababli  kosacha  bilan  tangachasimon  barglar  o’rtasidagi 
chegara  hamisha  ham  aniq  bo’lavermaydi.  Ba’zan  gulkosachabarglar  ham  asta-sekin 
gulbarglariga aylanadi, shu bilan birga  gulbarglarning soni noaniq,  ammo, odatda kamida 5ta 
bo’ladi.  Gulbargi  5ta  bo’lsa,  5ta  yuqori  kosachabarglar  bilan  navbatlashib  turadi  va 
gulqo’rg’oni  ikki  doirali  bo’lib  qoladi.  Kamelianing  otlagi  bir  talay,  onaligida  bir  uyali 
tuguncha bor. 
                     
Kamellia 
Dalachoydoshlar oilasi – Guttiferae. 
Bu  oila  vakillari  daraxt,  ba’zan  ko’p  yillik  o’t,  goho  epifit  va  liana  o’simliklardir. 
Ularning  barglari  oddiy,  qarama-qarshi  mutovka  shaklida  joylashgan,  ko’pincha  yonbarglari 
bo’lmaydi.  Barglarida  yorug’  nuqtalar,  ya’ni  moy  kameralari  yoki  hatto  shoxlarga  ham 
o’tadigan uzun-uzun moy  yo’llari bor. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli va tog’ri, spiral holda 
yoki  doira  bo’lib,  chala  qalqonsimon  yoki  ro’vak  to’pgulda  joylashgan.  Qo’sh  gulqo’rg’onli 
bo’lib, kosacha va tojbarglarining soni har xildir. Tojbarglari  ko’pincha 5ta, ba’zan 4ta, sariq 
goho qizil, to’q qizil rangda bo’ladi. Otaligi ko’p, ba’zan 16-18ta, aksari osti birikkan bo’lib, 3-
5 bog’lamni tashkil etadi. Onaligi ko’pincha 3-5 uyali. Tugunchasi uch xonali, uch ustunchali 
va tumshuqchali. Mevasi ko’sakcha, danakcha yoki rezavor meva. 
Dalachoydoshlar  oilasi  47avlod  850  turdan  iborat  bo’lib,  asosan  tropik  mamlakatlarda 
tarqalgan. Shundan O’zbekistonda faqat 3 turdan iborat dalachoy avlodi tarqalgan. 
                    
    
   
  
 
 
Dalachoydoshlar oilasi gullarii   
Dalachoy avlodi (Hypericum). 
 Bu  avlod  vakillari  o’t  yoki  chala  buta  o’simliklaridir.  Ularning  barglari  qarama-qarshi 
joylashgan, qariyb bandsiz. Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5tadan, otaliklari cheksiz, tagi 
qo’shilib o’sgan. Mevasi 3uyali ko’sakcha, urug’ ko’p va endospermsizdir. Dalachoyning 3turi 
O’zbekiston florasida uchraydi. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə