81
1. Ildiz qini zonasi. Ildiz Qini meristemani shikastlanishidan saqlab turadi. Hamda
ildizning pastga qarab erni yorib o‘sishga imkoniyat yaratib beradi. Ildiz qini hujayrasida
kraxmal bor. Kraxmallar o‘z og‘irligi bilan ildizning tikka va to‘g‘ri o‘sishiga yordam beradi.
2. Bo‘linuvchi zona. Bu zonada meristema joylashgan meristema xujayralari oddiy yoki
kariokinez yo‘lida bo‘linib ko‘payib turadi. Bu bo‘linuvchi xujayralarda vakuola bo‘lmaydi,
yadro xujayralarining markaziga joylashgan. Bu zonaning kattaligi 2 mm oralig‘ida bo‘ladi.
3. Usuvchi zona. Bu zonada xujayralar bo‘linishdan to‘xtab o‘sa boshlaydi. O‘suvchi
zonadagi xujairalarda vakuolalar paydo bo‘lgan o‘ladi. Bo‘linuvchi zona bilan o‘suvchi zona
birgalikda 3-4 mm kattalikda bo‘lib bular ildizning o‘suvchi nuqtasi deb ataladi.
4. Shimuvchi zona yoki ildiz tuklari xosil bO‘luvchi zona. Bu zonada birinchi marotaba
to‘qimalar vujudga keladi. Bu zonaning kattaligi bir necha sm bo‘ladi. Ildizning epidermasidan
tuklar o‘sib chiqadi. Ildiz epidermasini epiblema ham deb yuritiladi. Epidermis xujayralarining
po‘sti yupqa, piktin moddasi bilan qoplangan.
A. Bug‘doy ildizining uzunasiga kesimi.
1 - ildiz qini,
2 - meristema,
3 - dermatogen,
4 - periblema,
5 - pleroma,
6 - epiblema,
7 - birlamchi po‘stlok,
8 - markaziy silindr,
9 - tukcha,
a -
ximoya zonasi,
b - bo‘linish zonasi,
v -o‘sish zonasi,
g- surish zonasi.
Ildiz epidermisida kutikula qavati va ustitsalari bo‘lmaydi. Epidermisdan o‘sib chiqqan
tuklar bir xujayrali o‘simtalar bo‘lib, uzunligi 0,16 mm dan 1sm gacha bo‘ladi. Tuklarning
umri qisqa bO‘ladi. Oz muddat kechiruvchi organlar efemer organlar deyiladi. Tuklar faqat 10-
20 kun hayot kechiradi, lekin ularning miqdori juda ko‘p bo‘ladi. M: Jo‘xori ildizining 1mm
520 sathida 425 ta, no‘xatda 232 ta tuk bor. Ildiz tuklari tirik bo‘ladi. Tuklar ildizning
shimuvchi satxini 5 martada n 20 martagacha ortiradi. Ildiz tuklarining ba’zilari olma, ko‘mir
kislotalarini ishlab chiqaradi. Ildiz tuklari orqali erdan suv va suvda erigan mineral
moddalarning shimadi.
Ildizning anatomiyasi 2 ga bo‘linadi.
1. Birlamchi
ildiz anatomiyasi
2. Ikkilamchi ildiz anatomiyasi
Bir pallali o‘simliklarning ildizi birlamchi, ikki pallali o‘simliklarning ildizi esa ikkilamchi,
yosh paytda esa birlamchi bO‘ladi.
BIRLAMCHI ILDIZ ANATOMIYASI.