Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə28/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Tasavvurilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok etilayotgan narsa va hodisalarning inson miyasida qayta ishlanib, tiklangan hissiy obraziga aytiladi. Tasavvur shaxsning ma’lum bir munosabatlarga kirishayotganida, ta’sirlanish jarayonida undagi bahzi bir hislatlarni xotiraga tushirishda muhim rolg’ o`ynaydi. So`zda ifodalanayotgan axborotga tasavvurni qo`shib eslab qolish ancha oson chunki, tasavvurda obrazlarni gavdalantirish orqali ancha oson eslab qolish mumkin. Tasavvur, tafakkur, xotira, tushuncha, idrok kabi murakkab bilish jarayonlari sezgi jarayonlariga asoslangan. Inson idroki turli nuqtai nazarlar asosida, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi sharoitida obyektdan olinadigan taassurotlarga oid ma’lumotlarni analiz va sintez qiladi.
Idrok va tasavvurlarda aks etadigan narsa va hodisalar tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan to`liq hamda eng aniq ifodasidir.
Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir. Ijodiy hayol singari orzu ham alohida, mustaqil yangi obrazlar yaratishdir. Ammo orzuning ijodiy hayoldan farq qilgan ikki muhim xususiyati bor:
1. Orzu - tilakdagi mavjud obrazlar yaratilishi, lekin ijodiy hayol yaratgan obrazlar hamma vaqt yozuvchining tilaklarida gavdalanavermaydi. Misol uchun, N.V.Gogol asaridagi Chichikov, Plyushkin, Nozdrevlar kabi salbiy obrazlarni, «Gogolning orzusi” deb bo`lmaydi. Kishining orzularida uning tilaklari, uni jalb qilgan narsalari, uning intilishlari obraz shaklida gavdalanadi.
2. Orzu - ijodiy faoliyat doirasiga kirmagan, ya’ni badiiy bir asar, ilmiy kashfiyot, texnikaga oid ixtirochilik va boshqa buning kabi narsalarda oshkor bo`lib, bevosita va darhol bir samara bermagan hayoldir. Orzu kelajakka qaratilgan, kelajak bo`lganda ham tilakdagi kelajakka qaratilgan hayol surishdir.
Tafakkur haqida umumiy tushuncha.
Tafakkur – inson aqliy faoliyatinining yuqori shakli, real olamni aks ettirishning umumlashgan va bevosita usuli bo’lib, obektlar orasidagi bog’liqlik, bilish jarayoni, yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalarni echishga qaratilgan jarayondir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, umumlashgan xolda aks ettiruvchi psixik jarayon bo’lib, u ijtimoiy sababiy ichki bog’lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo’naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari uni til bilan bevosita bog’liqligidir. Tafakkur nutqda namoyon bo’ladi. Tafakkur inson hayoti tajribasida sezgi, idrok va tasavvurlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Tafakkur tufayli sezgi va idrok asosida olamni aks ettirish yanada aniq va to’g’ri bo’ladi. Tafakkur borliqni umumlashgan holda aks etishidir. Qachonki muammoli vaziyat paydo bulganda tafakkur ishga tushadi. Tafakkur yordamida biz predmetlar orasidagi bog’liqlik va munosabatlarni yana ham chuqurroq anglaymiz va ochib beramiz. Tafakkur orqali biz bevosita kuzatmagan narsalarni ham bilishimizga imkon yaratadi.

Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə