Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə110/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Erkin va farovon hayot – odamlarning yuqori darajadagi moddiy va ma’naviy ne’matlarga erkin tarzda, o‘zlarining bor qobiliyatlari va imkoniyatlari evaziga erishishidir.
YOshlar - erkin va farovon hayot bunyodkorlari- Bunday odamlarning ma’naviy dunyosi juda “mo‘rt” va moddiylik asosiga qurilgan. Bir tomonlama, insoniy mohiyatdan yiroq, Vatanidan begona “meni”ga egadir. Har bir inson o‘z “meni”ga albatta ega bo‘lishi tabiiy holat. Lekin uning “meni” boshqa “insonlar” “meni” bilan, xalqi, millatining “borlig‘i” bilan mushtarak holda shakllanadi. Haqiqiy Vatanparvar insonlar o‘zining “meni”ni Vatanining taqdiridan, millati, xalqining madaniy qadriyatlaridan, orzu-istaklaridan ayri holda tasavvur eta olmaydi. “Men”ning o‘ziga xosligi ana shu milliy ruhiyatga tayansa, unga amal qilib umuminsoniy mohiyat kasb etsagina kishi o‘zining haqiqiy “meni”ga ega bo‘ladi. Albatta har bir inson uchun Vatandan aziz va mo‘‘tabar, muqaddas makon yo‘q. Vatan degani kindik qoni to‘kilgan shunchaki joy emas, u undan ko‘ra aziz bo‘lgan xalqining o‘tmishi, buguni va kelajagi hamdir. SHuning uchun ham “Vatan” muqaddas. Vatan uchun har bir inson o‘zligini baxshida etsa, Vatan obodligi, ozodligi yo‘lida, o‘zining farzandlik burchini ado etgan bo‘ladi. “Vatan uchun chala ish qilib bo‘lmaydi”. Vatan uchun chala ish qilish, bu eng katta gunohdir. YOki, uning uchun hech narsa qilmaslikdir.
Erkin hayot - bu insonning o‘zi ixtiyori, qobuliyatini erkin namoyon etish va eta olishidir. Hayot erkin bo‘lgan joyda taraqqiyot bo‘ladi. SHunda inson o‘z salohiyatini yuzaga chiqara oladi. Uning salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi. Erkin hayot insonga qobuliyatini, salohiyatini yuzaga chiqarishga, o‘zi sevgan kasb, mehnat faoliyatini erkin tanlash bilan shug‘ullanishga va hammaga bir xil imkoniyat yarata olingan hayotdir. Bu farovon hayotga erishishning muhim o‘lchovidir. Ana shunday hayotni yaratishni o‘zining oldida maqsad qilib qo‘ygan mamlakatda, fuqarolar ozod va obod Vatanga ega bo‘ladilar. Bu uning milliy istiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi ekanligi, shubhasiz chuqur falsafiy ma’no va ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə