Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Milliy istiqlol g‘oyasi evolyusiyasida I.A.Karimovning O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat konsepsiyasining axamiyati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə42/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Milliy istiqlol g‘oyasi evolyusiyasida I.A.Karimovning O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat konsepsiyasining axamiyati.
Ijodiy izlanishlar natijasida Prezidentimiz O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Bu konsepsiyada o‘z yo‘limizning shart-sharoiti va zaminlari, O‘zbekistoi demokratik va ijtimoiy adolat jamiyati ekanligi, O‘zbekistoi - kelajagi buyuk, mustaqil, demokratik, hukuqiy davlat, bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodidan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taminlab beradigan davlat ekanligi ilmiy- pazariy jixatdan asoslab berildi.
Konsepsiyada milliy manfaatlarning ustivorligi va teng huquqligi, hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatning mohiti, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mustaqil O‘zbekistonning ichki sissatining negizi zkanligi, bunda inson mapfaatlariga qaratilgan mehnatni rag‘batlantirish, kuchli mexanizmiga ega bo‘lgai va aholinipg‘ ijtimoiy nochor bo‘lgan qatlamlariii davlat yo‘li bilan himoya qilish, mamlakat rivojlanishining ma’naviy-ahloqiy negizlari bo‘lgan umumiisoniy qadriyatlariga sodiqlik, xalqimizking ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, iisonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik kabi bosh g‘oyaviy tamoyillar tariflab berildi. Xalqning ma’naviy ruxini mustahkamlash va rivojlantirish mamlakatda davlat va jamiyatnipg eng muxim vazifasi ekanligini ko‘rsatib berildi.
SHunday qilib YUrtboshimiz rahnomoligida erkni qo‘lga kiritgan halqimiz u kishi raxnomoligida o‘z taraqqiyot yo‘lining, yangi jamiyat bunsd etishning o‘z andozalari xisoblangan bosh g‘oyalar tizimiga ham ega bo‘ldilar. Biz milliy davlatga hos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiot yo‘li orqali, barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik, hukuqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini, xalqning muposib turmushini, huquqi va erkinligini kafolatlaydigan, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni qayta tiklash, insonning ma’naviy-ahloqiy barkamolligni ta’minlashiga xizmat qiladigan jamiyatni qurishga kirishdik.
Milliy istiqlol mafkurasinipg nazariy asoslarining takomillashuvida 1992 yili 8 dekabrda qabul qilipgap O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Konstitutsil bevosita I.A. Karimovning fuqaro huquqi mafkurasi, davlat va uning funksiyalariga oid qarashlari asosida tayyorlandi. Bunda 12-modda bilan Respublikasidagi ijtimoiy xayot siyosiy institutilar, mafkuralar va fikrlarning xilma xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilish mumkin emasligi deb belgilab qo‘yildi. Bu milliy mafkuramizning naqadar demokratik va gumanistik xarakterga ega ekanligipi qonunga ko‘ra belgilab berdi.
Inson omili to‘g‘risidagi dastlabki g‘oyaviy-siyosiy qarashlar:

Ma’lumki, ma’naviy umuminsoniy qadriyatlar fuqarolik jamiyatining muhim zaminini tashkil qiladi. Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilish, dunyodagi ko‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning o‘tmishdagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqieti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizatsiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy, milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.


Aytish joizki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog‘liqdir. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta’sir etadi, biri ikkinchisini to‘ldiradi, mazmunan va mohiyatan boyitadi.
Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlardan ajratib olib, unga mahliyo bo‘lib ketish, o‘z millatini maqtash, uning tarixi, madaniyatini ideallashtirish boshqa millat vakillarining milliy tuyg‘ulari va nafsoniyatlariga birmuncha tegib ketadi. Bu milliy tuyg‘ular millatchilik va "shovinistik" tuyg‘ulariga aylanib ketishi mumkin. SHuning uchun ham bu masalada hushyorlik, nazokat, insof, diyonat, kamtarlik, me’yordan chiqib ketmaslik, o‘zga millat kishilari tili, madaniyati, tarixi, an’ana va udumlarini astoydil hurmat qilish talab qilinadi. Zero, mamlakatimizda bironta ham xalq; va millat o‘zidan boshqa xalqlar, millatlardan, umumiy jahon sivilizatsiyasidan ajralgan holda tarixga ega emas. Milatlararo boshqa xalqlarning yutuqlaridan foydalanmay turib rivojlana olmaydilar. Barcha xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy rivojlanish tarixi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. SHuning uchun ham har bir millat o‘z doirasida cheklanib qolmay, boshqa millatlar va xalqlar bilan birgalikda taraqqiy etadi. Agar biror millat boshqa millatlar bilan umumiy xususiyatlarga ega bo‘lmaganda, iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lmaganda, ulardan o‘rganmagan va o‘zidagi yutuqlarni boshqalar bilan baham ko‘rmaganda edi, bunday millat jahon sivilizatsiyasining samaralaridan foydalana olmagan bo‘lardi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek: "Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy kadriyatlar takomilda ulkan xissa ko‘shgan. Turli millat vakillariga xurmat, ular bilan baxamjixat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar xam xalqimizda azaldan mujassam".
SHu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, xalqlarning ulug‘vorligi milliy mahdudlikda emas, balki umuminsoyaiy xususiyatlarga ega ekanligida, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasidadir. Milliy manfaatlarni, milliy qadriyatlarni umuminsoniy manfaatlar va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‘yish, millatlararo munosabatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bir millatning manfaat va qadriyatlari boshqa millatnikidan ajralmagan holda o‘rganilishi kerak. Mamlakatimizda yashovchi har bir millat va elat singari o‘zbek xalqining ham o‘ziga yarasha ajoyib moddiy, ma’naviy, tarixiy qadriyatlari bor. Ularni oqilona, xolisona o‘rganish O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi iqtisodiy, madaniy, ma’naviy taraqqietining asosiy shartlaridan va konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarga mamlakatimizda yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlari, dini, tili va madaniyati hurmat qilinadigan yagona mafkura, dunyoqarash hukmronlik qilmaydigan, so‘z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik kafolatlanadigan, ilm-ma’rifat va barkamol inson kamol topadigan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurishning demokratik qadriyatlar va tamoyillar shakllanishini ta’minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi Uzbekistoyada fuqarolik jamiyatining kelajak maqsadlarini belgilab berdi. Zero, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati sharoitida Markaziy Osiyoning suveren davlatlari o‘rtasida "Turkiston - umumiy uyimiz" g‘oyasiga asoslangan millatlararo munosabatlarda umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlardagi millatlararo totuvlik, erkinlik, inson salomatligi, ijtimoiy adolat, qonun oldida tenglik, axxl qo‘shnichilik, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u haqda g‘amxo‘rlik qilish, mehnatsevarlik va har kim o‘z ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilish imkoniyatlari, ezgulik, yaxshilik qilish, tinchlik, do‘stlik, halollik, vatanparvarlik, o‘zidan kattalarni, ota va onani hurmat qilish, farzandlar haqida g‘amxo‘rlik qilish, vijdon, burch, baynalmilolchilik va boshqalar har bir xalq, millatning ma’naviy qadriyatida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘lishini ko‘ramiz

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə