Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə90/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

KEYSLAR BANKI

1-Keys.

  1. Inson hayoti har narsadan ustundir. Faraz qiling siz o‘ta qimmatbaho, antikvar buyumlar saqlanadigan muzey o‘qituvchisisiz. Muzeyga to‘satdan bosqinchilar hujum qilib qoldi. Siz inson hayoti oliy qadriyat ekanligi prinsipiga amal qilgan holda o‘z vazifangizni tashlab qochib qoldingiz. YA’ni siz bu bilan o‘z hayotingiz va bosqinchilar hayotini – inson hayotini saqlab qoldingiz.

Keys echimi uchun taklif etilgan g‘oyalar taqdimoti uchun chizma namunasi





Muammo (asosiy va kichik muammolar)

Echim

Natija

















Savollar:

  1. Bu vaziyatda qanday ma’naviy dilemma o‘rtaga chiqyapti?

  2. Antikvar buyumni saqlab qolish uchun jon fido qilish axloqning inson hayoti oliy qadriyat ekani haqidagi prinsipga zid emasmi? Aksincha bo‘lsa-chi?

  3. Agar aksincha bo‘lganda, ya’ni siz antikvar buyumni saqlab qolish uchun bosqinchini otib o‘ldirsangiz, inson hayotini o‘sha buyumdan qadrsiz ko‘rgan bo‘lmaysizmi? SHunday hisoblasangiz, fikringizni asoslang?

  4. Ushbu vaziyatni baholashda qaysi axloqiy tushunchalar qo‘l keladi?

2-Keys
Toshkent shahridagi OTMdan birining auditoriyalaridan biriga dars jarayonidan tashqi ko‘rinishi shubhali bir yosh yigitning kirib qolgani kuzatilgan. Dars olib borayotgan o‘qituvchi uning darsda o‘tirishiga ruxsat bergan. Notanish yigit dars asnosida o‘qituvchiga diniy savollar bilan murojaat qilgan, ayrim savollarga o‘qituvchi javob olmasligi o‘zaro kelishmovchilikka sabab bo‘lgan. Mazkur yigitning vaziyati ekspertlar tomonidan prozelitizmning olib keluvchi holat deb baholangan.


Keyslarga javob bering:
1. Bu vaziyatda o‘qituvchining tutgan yo‘li to‘g‘rimi?
2. Prozelitizm haqida nimalarni bilasiz?
3. Bu o‘rinda notanish yigit tomonidan qaysi me’yoriy-huquqiy xujjatlarning talablari buzilgan?
4. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‘lsangiz nima qilgan bo‘lar edingiz?


3-Keys

Mamlakatimizning Farg‘ona vodiysidagi tumanlardan birida Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tmagan, ammo ilgari masjid sifatida qurilgan bino bor edi. Odamlar binodan masjid sifatida foydalanib kelishar, ibodatlar amalga oshirilar edi. Mazkur bino keyinchalik Tuman hokimiyati tasarrufiga o‘tkazildi va oradan yana bir necha muddat o‘tganidan keyin yana boshqa bir tashkilot tasarrufiga o‘tkazildi. Bu esa odamlarda muayyan norozilik kayfiyatini uyg‘otdi.




Keyslarga javob bering
1. Masjidlar Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan faoliyat olib borishi to‘g‘rimi?
2. Tuman hokimining buyrug‘i to‘g‘ri chiqarilganmi?
3. Odamlar tuman hokimining qarorini o‘zgartirish va binodan yana masjid sifatida foydalanish huquqiga egami?
4. Bu o‘rinda odamlar tomonidan qaysi me’yoriy-huquqiy xujjatlarning talablari buzilgan?
5. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‘lsangiz nima qilgan bo‘lar edingiz?
4-Keys

Keyslarga javob bering:



  1. Ma’naviyat qaysi turlarga bo’linadi?

  2. Milliy, mintaqaviy va umuminsoniy ma’naviyatnig farqi nimada?

2.Islom Karimov o’zining hajmi jihatdan kichik bo‘lsa ham, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini o’zida aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bo‘lgan «O‘zbekistonnnig o‘z istiqloli va taraqqiyoti» nomli asarida O‘zbekistonni ma’naviy – ma’rifiy rivojlantirishning strategik vazifalarini belgilab berdi. Bu asar O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgari surilgan barcha g‘oyalar o‘tgan davrda o‘zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning milliy -ma’naviy tiklanish konsepsiyasini yaratdi va uni o’zining «O‘zbekistonnnig o‘z istiqloli va taraqqiyoti» nomli asarida ilk marta e’lon qildi. «O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi» – deb ko‘rsatdi. Islom Karimov ushbu asarida mamlakat milliy-ma’naviy taraqqiyotini amalga oshirishlarinig quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi. Bular:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə