Toshkent farmatsevtika instituti



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə83/85
tarix21.05.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#111842
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Toshkent farmatsevtika instituti

Ko‘nikma – odamening ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. K. mahoratning asosini tashkil etadi.
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rgansh.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.
Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivasiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadigan fan.
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo‘lib, inson shaxsini mehnat subekti sifatidagi shakllanishi xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo‘llari va usullarini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo‘lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat subekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o‘zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik – temperament turlaridan biri bo‘lib, psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Monologik nutqbir odamning o‘z fikrlarini og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Monolog – ma’ruzachi tomonidan nutq so‘zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo‘lgan jarayon.
Mobil shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Negativizm – individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi.
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning o‘zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‘zda tutilishi.
Noverbal – nutqsiz ifodalangan harakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo‘naltirilishi.
Nizolar – o‘zaro ta’sir ko‘rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar, pozisiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko‘ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; mavqe yoki darajaga ko‘ra: vertikal va gorizontal; yo‘nalishiga ko‘ra: destruktiv va konstruktiv.
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya’ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar.
Nizo hal etish yo‘llari – komromiss, ya’ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish; orqaga surish; qochish.
Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo‘lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan vaqtincha foydalaniladi.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo‘lib, uning mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya – odamning obektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə