Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#155828
1   2   3   4   5   6
3 topshiriq

Tashqi muhit haqida axborot
Boshqaruv sub`yekti, boshqaruv apparati (maqsad shakllantiriladi)
Boshqaruv ob`yekti
A
T
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (Т) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. Тo‘g‘ri aloka boshqaruv apparatidan boshqaruv ob’ektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi.
Axborot oqimlari (Т va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi ob’ektning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va
saqlash, yozuv-chizuv
avtomatlashtirish,
qarorlarni qabul qilish
ishlarini (sun’iy
intellekt
usullari,
balki ekspert
tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobiga boshqaruv ob’ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo‘llaniladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qo‘llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
  • - ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
  • - loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
  • - tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
  • - texnologik jarayonlarni boshqarish.

  • Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə