Toshkent moliya inistituti



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə2/8
tarix04.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#108249
1   2   3   4   5   6   7   8
Toshkent moliya inistituti

uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to‘xtab turishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, mahalliy to‘lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo‘qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to‘liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda;
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat byudjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog‘i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-sonli qarori bilan respublika “Elektron hukumat” tizimining kompleks axborot tizimlari tarkibiga Markaziy bankning “Chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash” loyihasi ham kiritilgan bo‘lib, mazkur Kliring tizimi amaliyotga tatbiq etildi.
Ushbu tizimni yaratishdan maqsad unga tijorat banklari filiallari, kassalari va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi qoshidagi Yagona umumrespublika Protsessing markazini ulagan holda, jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek kommunal xizmatlar va mobil aloqa operatorlari uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyatini yaratishdan iborat. Shuningdek, mazkur tizim mijozlarga kunu-tun bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish va bank infokiosklari orqali ishlash imkoniyatini berdi.

Kliring tizimi bilan Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimi, shuningdek, “O‘zbekenergo” DAK hamda “O‘ztransgaz” AKning billing tizimlari integratsiya qilingan holda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar hamda elektr energiyasi va gaz iste’moli to‘lovlarini real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga, “O‘zkart” banklararo chakana to‘lov tizimi faoliyatini tartibga solish va uning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, Markaziy bank huzuridagi Axborotlashtirish Bosh markazida “Banklararo universal netting axborot tizimi” dasturiy majmuasi ishga tushirilishi munosabati bilan “O‘zkart” tizimida Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Banklararo hisob-kitob markazidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar markaziga o‘tkaziladi. Bunda o‘zaro majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblar tijorat banklarining Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali amalga oshirilib, tizim xarajatlarini kamayishiga olib keladi va tijorat banklari o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishlariga imkon beradi.
Xulosa qilib aytganda, chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish Kliring tizimi PQ-1989-sonli qarori bilan belgilangan muddatlarda ishga tushirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda bank tizimi tomonidan ushbu axborot tizimini takomillashtirish va joriy qilish doirasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.


Cbu.uz
Gov.uz

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə