Toshkent moliya inistituti


Plastik kartochkalarning turlari va ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə7/8
tarix04.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#108249
1   2   3   4   5   6   7   8
Toshkent moliya inistituti

4 Plastik kartochkalarning turlari va ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oxirgi yillarda rivojlanib borayotgan shakli bu - plastik kartochkalardir. Plastik kartochka - bu shaxsiy to'lov vositasi bo'lib, uni kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulga to'lovni amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek, banklar va bankomatlardan naqd mablag`larni olish uchun ishlatiladi. O'zbekistonda ham plastik kartochkalar bilan operatsiyalar 1994-1995-yillardan amaliyotga tatbiq etilgan bo'lib, plastik kartochkalar soni, bu kartochkalar orqali o'tkazilgan operatsiyalar soni va summasi, terminal va bankomatlar soni yildan - yilga ortib bormoqda. Plastik kartochka, tegishli bankda, kartochka egasining hisobvarag'i mavjudligini, tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar, yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to'lov vositasini o'zida ifoda etadi. To'lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to'lov majburiyatlarini bajarilishini kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlaydi. Shuning uchun kartochkalar o'zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo'lib qoladi, mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar Plastik kartochkada, albatta bir xil ma'noli identiflkatsiya qiladigan emitentning nomi va logotipi qayd qilinishi shart. Plastik kartochkalar, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi, yoki xizmat ko'rsatuvchi yuridik shaxslar, yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar o'rtasidagi bo'ladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek, naqd pul berish punktlari va bankomatlardan naqd pul olishda qo'llaniladi. Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalar chiqarishi va ular bo'yicha xizmat ko'rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to'lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida»gi nizomga muvofiq, bajariladigan operatsiyalar qoidalariga amal qilishlari shart. Plastik kartochkalar bo'yicha xizmat ko'rsatish shartnomasi quyidagilarni o'z ichiga olishi shart:
a) tomonlarning nomlari;
b) shartnoma mavzusi;
v) tomonlarning huquq va majburiyatlari;
g) tomonlarning javobgarligi;
d) hisob-kitoblarni o'tkazish shartlari.:
e) shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
j) nizolarni hal qilish tartibi;
z) tomonlarning yuridik manzili.
Plastik kartochkalarni o'z xususiyatlari va funksiyalariga qarab quyidagi turlarga bo'linishi mumkin.
1.Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab:
• Qog'ozli (kartonli).
• Plastik.
• Metall.
2.Kartaga ma'lumotlar yozilishiga qarab:
• Grafik yozuv.
• Shtrix -kodlashtirish.
• Magnit chiziqdagi kodlashtirish.
• Chip.
• Lazer yozuv.
3.Emitentlariga qarab:
• Bank kartochlari.
• Xususiy kartochkalar.
4.Mijozlarga qarab:
• Oddiy karta.
• Kumush karta.
• Oltin karta.
 Elektron karta.
Aloqadorligi bo'yicha plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga bo'linadi. a) Shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochkadir. b) Oilaviy kartochka - bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida foydalanuvchiga berilgan plastik kartochkadir . v) Korporativ kartochka - bu yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun
mo'ljallangan plastik kaltochkadir. Korporativ kartochkalardan ish haqi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan boshqa to'lovlarni, shuningdek, naqd pul mablag'larini to'lashda foydalanish taqiqlanadi. Plastik kartochkalar bajaradigan vazifalari bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
a) debet - kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan mijoz o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, o'zining kartochkasidagi pul mablag'laridan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olishda (korporativ kartochkalardan tashqari) foydalanish imkonini beradi;
b) kredit - kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, emitent tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) berilgan kredit liniyasi miqdorida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi;
v) elektron hamyon - jismoniy shaxslarning kartochkasi bo'lib, undan foydalanish, uning egasiga plastik kartochkadagi qoldiq mablag'lar doirasida tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olishga imkon beradi;
Bitta elektron kartochkada bir necha «elektron hamyonlar» joylashgan bo'lishi mumkin.Plastik kartochkada uni shaxs nomiga biriktirishda quyidagi rekvizitlar yozilgan bo'lishi shart.
a) identifikatsiya belgilari (karta raqami, seriyasi va boshqalar);
b) bank-emitent (kartochkalarni chiqaruvchi bank)ning kodi;
v) hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilot nomi);
g) kartochkaning amal qilish muddati.
Plastik kartochkada bir necha hamyonlar mavjud bo'lganda, identifikatsiya belgilari har bir hamyonni bir xii ma'noli identifikatsiyalashi lozim. Ko'rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini yuritish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha belgilar kiritilishi mumkin. Shunday qilib, plastik kartochka - bu umumlashtirilgan termin bo'lib, u hamma tur kartochkalarni bajaradigan funksiyalari, ularning biror-bir belgilanishi, texnik imkoniyatlarini umumlashtirilgan holatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy xususiyatlari shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi va alohida yordamchi dasturlardan foydalanadi. Qayta to'lov vositasi sifatida foydalanishga tayyorlash (personalizatsiya) uchun qaytarilgan plastik kartochkalar hisobi 93609 - «Saqlanayotgan qimmatliklar» ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'ining alohida shaxsiy hisobvaraqlarida olib boriladi. Plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar qog'oz ko'rinishida (slip, elektron terminal kvitansiyasi) va/yoki elektron shakldagi (elektron terminal jumladan yoki bankomatdan olingan hujjat) hujjatlarni, shuningdek, hisob-kitoblar qatnashchilari o'rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitansiyasi va boshqalar) tuzish lozimligini ko'zda tutadi. Hujjatlar hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi barcha tomonlar uchun zarur bo'lgan nusxalar miqdorida tuziladi.Kvitansiyalar o'tkazilgan operatsiyalarni qo'lda tiklash uchun barcha zarur ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. Plastik kartochkalardan foydalangan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda tuzilgan hujjatlar rekvizitlari, plastik kartochkalar rekvizitlari bilan kartochka egalarining bank hisobvaraqlari, shuningdek, korxona identifikatorlari, NPBP, bankomatlar va tashkilotlarning bank hisobvaraqlari o'rtasidagi muvofiqlikni haqqoniy belgilashga imkon beruvchi tomonlar o'rtasida kelishib olingan belgilarni o'z ichiga olishi kerak. Elektron hujjatlar bank-ekvayer (savdo yoki xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat ko'rsatuvchi bank)ga, bank - emitentga yoki kliring markaziga, shartnomada kelishilgan davriylikda jo'natiladi. Bitta bank bo'limlari o'rtasida kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar qilish texnologiyasi, Bosh bank tomonidan, o'z imkoniyatlari va foydalanadigan kartochkalar turlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilanadi
Kartochkalar bo`yicha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni ko`zda tutadi:
a) Hisob-kitoblarni amaldagi elektron to`lovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisob-kitob asosida o`tkazish;
b) Hisob-kitoblarni hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlaridan kun davomida o`tkazilib, yakuniy o`zaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat banklarining vakilliik hisobvaraqlaridan yakuniny hisobkitob summasini o`tkazish. ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda, amalga oshirilgan operatsiyalar bo`yicha yalpi hisob-kitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
a) Bank-ekvayer xizmat ko`rsatilayotgan savdo, yoki xizmat ko`rsatish tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalanilgan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablag`larni uning hisobvarag`iga o`tkazadi, bunda elektron to`lovlar tizimi orqali bank emitentga jo`natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) Bank-emitent, olingan elektron ma`lumotlarga asosan, tranzaksiyalar avtorizatsiyasini o`tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag`idan mablag`laridan mablag`larni hisobdan chiqarish uchun avtomatik tarzda elektron memorial orderni shakllantiradi, savdo va xizmat ko`rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha deposit hisobvarag`iga mablag`larni o`tkazish uchun elektron to`lovlar tizimi orqali bank-ekvayerga jo`natadi. c) Bank-ekvayerda, bank-emitentdan olingan elektron memorial orderga asosan, mablag`lar savdo, yoki xizmat ko`rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha deposit hisobvarag`iga o`tkaziladi.
Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga tikiladi. To'lov tizimi yaxshi rivojlanishi uchun, kartochkalarga xizmat ko'rsatishda texnik qo'llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi nomoliyaviy tashkilot protsessing va kommunikatsiya markazlari texnik xizmat ko'rsatish markazlari va boshqalar muhim. Protsessing markazi - bu maxsus xizmat ko'rsatuvehi tashkilot bo'lib, ekvayerlardan kelib tushuvehi avtorizatsiya uchun, talablar va o'zida kartochka bilan amalga oshgan to'lovlar va naqd pul berilgan ma'lumotlami aks ettiruvchi protokollarni qabul qiladi.1 Buning uchun markaz ma'lumotlar bazasini olib borib unda to'lov tizimi a'zolari va kartochka egalari aks ettirilgan. Agar bank emitent o'zida bazasi bo'lmasa (of-line bank) markaz o'zida kartochka egalarining limitlari haqida ma'lumot va avtorizatsiya uchun talablarni bajaradi. Aks holda, (on-line bank) protsessing markazi qabul qilingan talabni bank emitentga yuboradi. Markaz shuningdek, bank ekvayerga ham, javobini yuboradi.Bundan tashqari bir kunda yig'ilgan tranzaksiya protokollari asosida protsessing markazi to'lov tizimining ishtirok etuvchi banklari o'rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun, oxirgi ma 'lumotlarni yig'adi va tarqatadi.Shuningdek, protsessing markazlari bank emitentlarning boshqa yangi kartochkalariga bo'lgan talabini qondirishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, rivojlangan to'lov tizimi bir qancha protsessing markazlariga ega bo'lishi mumkin ulaming rolini bank ekvayerlar ham bajarishi mumkin.Kommunikatsiya markazlari to'lov tizimi subyektlariga ma'lumotlarni tarqatuvchi tarmoq dasturni ta'minlaydi. Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq davlatlarda plastik kartochkalardan to'lov hisobkitoblarda foydalanilmoqda.Plastik kartochkalarning bunchalik ommaviyligining sababi uning afzaliklaridadir.
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblami o'tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Kun davomida kartochkalar bo'yicha barcha tranzaksiyalar, hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o'tkaziladi va hisobkitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
2. Hisob-kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisobkitoblar bo'yicha yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisobkitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o'tkaziladi;
3. Tijorat banklari, protsessing markazidan olingan ma'lumotlarga asosan, kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha, mablag'larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar. Shunday qilib bu jarayon har kuni plastik kartalarga xizmat ko`rsatish davomida davom ettiriladi. Plastik kartalarning afzalliklari albatta ommaviyligini ta`minlaydi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Xavfsizlikning ortishi, ya`ni foydalanuvchi o`zi bilan juda ko`p miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan esa to`lovni tezda amalga oshirilishi.
2. Valyuta konvertatsiyasidan xavotir olmaslik, buni bankning o`zi amalga oshiradi.
3. Hisob-kitoblarning operativligi;
4. Mahsulot yoki xizmat uchun hisob-kitob qilish vaqtining kamayishi;
5. Pul belgilarining soxtalashishi bilan xavfning yo‘qligi;
6. Mablag‘larning yo‘qotish xavfi;
7. Xo‘jalik sub’ektlari uchun pul mablag‘larining tez aylanishi;
8. Mijozlarga yangi xizmat turlarini taqdim etish va mijozlarga
9. Tadbirkor chegirmalar va imtiyozlarini taqdim etish imkoniyatini olishi bilan imidjning ortishi va doimiy mijozlar sonining ortishi;
10. Naqd pul inkassatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishi, pul mablag‘larining aylanishining tezlashishi hisobiga inflyasion yo‘qotishlarning kamayishi kabi afzalliklarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Plastik kartochka infratuzilmasining kengayib borishidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ham manfaat topmoqda. Bugungi kunda 73 mingdan oshiq tadbirkorlik tuzilmasi o‘zlarining ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olish hamda xizmat safari xarajatlari bo‘yicha tezkor hisobkitoblarni amalga oshirmoqdalar. Korporativ kartalar xo‘jalik sub’ektlariga dam olish kunlari yoki bank ish kunidan tashqari paytda ham terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Naqd pul muomalasini takomillashtirishda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi hisob-kitoblarni plastik kartochkalar asosida amalga oshirish afzalligini ko‘rsatdi. Hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirishga o‘tish banklarni banknotalar chop etish, tashish, sanash, qog‘ozbozlik kabi serxarajat ishlardan xalos etish, naqd pul muomalasi barqarorligini saqlash barobarida iqtisodiyotni zarur investitsion resurslar bilan ta’minlaydi, tegishli idoralarning jismoniy va yuridik shaxslar ustidan nazorat qilishini cheklaydi. Shuni ham ta’kidlash joyiz, Shimoliy Amerika va Evropa, Avstraliya va qator Osiyo mamlakatlarida plastik kartochkalar infratuzilmasini kengaytirish hisobiga muomaladagi naqd pullarni kamaytirish siyosati yuritilmoqda. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi to‘lovlarning elektron hamyonlar yordamida amalga oshirilishi natijasida ish haqlarining naqd pulda berilishi tobora qisqarib bormoqda. Masalan, ish haqlari hozirgi paytda Angliya va Fransiyada 10, Germaniyada atigi 5 foizi naqd pulda to‘lanmoqda. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda byudjet tashkilotlari ishchi-xizmatchilarining ish haqi qaydnomalarini UzASBO dasturidan foydalangan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan Uzcard EMV plastik kartalariga elektron shaklda yuborish imkonini beruvchi yangi tizim yaratilmoqda. O‘zbekistonda TIF Milliy banki so‘m plastik kartochkalarning dastlabki emmitenti bo‘lib, u mazkur tizimda 1996-yildan buyon o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Plastik kartochkalar nakd pulsiz xisob-kitoblar tizimidatulov vositasi sifatida aloxida urin egallaydi. Plastik kartochkalar bilan xisob-kitob tizimining joriy kilinishi mijozlarga bank xizmatiginani kursatib qolmasdan,balki pul aylanmalarini xarakatini osonlashtirib,naqd pulga bulgan talabni kiskartiradi.xujalik yurituvchi sub’ektlar urtasidagi debitorlik va kreditorlik akrzlarining xajmini kamaytiradi. SHuningdek pul massasini nazorat kilishni soddalashtiradi. Xisob-kitoblarning nakd pulga amalga oshirish va tijorat asosida faoliyat kursatayotgan moliya tizimlariga favkulodda kimmatga tushadi. Muomalaga yangi pul belgilarinichikarish va eskilarini almashtirish va xodimlarni saklab turish ,mijozlarning kup vaktini sarflanishi mamlakat iktisodiyotiga ogir yukdir. Naqd pulni muomalaga kiritish nafakat O`zbekistonda, balki rivojlangan mamlakatlarda xam milliy daromadning qariiyb 5% ni naqd pul aylanmasiga xizmat qilishiga sarflanmoqda. Jaxon tajribasiga tayangan xolda O`zbekiston xukumati tomonidan xam tulov tizimini takomillashtirishda muxim urin egallagan plastik kartochkalarni rivojlanishiga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Plastik kartochkalar bozorini kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda xamda yildan yilga bank emitentlari soni va foydalanuvchilar soni borgan sari ortmokda. Plastik kartochkalarning ahamiyati shundaki, plastik kartochkalar naqd pulsiz xisob-kitoblarning bir ko`rinishi bo`lib, pul mablag`larining aylanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

Wekepediya


Cbu.uz
1 K. N. Navro`zova, O. A. Ortiqov “Naqd pulsiz hisob-kitoblar va to`lov tizimi” T. 2014.
Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak plastik kartochkalardan foydalanish yurtimizda yildan yilga jadal o’sib bormoqda. O’zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat banklar plastik kartochkalardan foydalanib kelmoqda. Plastik kartochkalardan foydalanish aslini olib aytganimizda davlat iqtisodiyotiga juda katta foyda keltiradi deb aytolamiz misol uchun plastik kartochkalrdan foydalanish pulning qadrsizlanishini yani naqt pulning uyda yoki qo’lda saqlanib qolishini oldini oladi. Bunga misol qilib hozirda deyarli barcha ish haqlari va nafaqa pullarini plastik kartochkalarda berilishini misol qilishimiz mumkin. Oldin odamlar plastik kartochkalardan deyarli foydalanmas edi hozirda odamlarning ozi shaxsiy plastik kartochkalar ochtirishmoqda. 2019-2020-yillarda enovatsiyaga aylangan yangi plastik kartasi yani “Hubo”kartasini aytib o’tishimiz mumkin. Shu paytgacha uzcard plastik kartochkalari yurtimizda manapol bo’lmoqda edi. Endi raqobatchi Humo kartasi chiqarildi. Uning bir necha avfzal tomonlari bor misol uchun kartadan kartaga pul o’tkazish 1% ni tashkil qilar edi to’g’ri bu sefralar juda kichkina ko’rinishi mumkin lekin agar biz katta pulni o’tqizmoqchi bo’lsak bilinadi. Humo kartasidan Humo kartasiga pul o’tqazmalari mutlaqo bepul va biz aholi uchun juda samarali hisoblanadi. Humo kartasidan foydalanish hattoki chet elda bo’lsakda amalga oshadi va bu bizning iqtisodiyotimiz uchun juda foydali va biz umed qilamizke O’zbekistonning Humo kartochkasi hozirda dunyo miqyosida birinchilardan bo’lgan MASTERCARD va VISA kartochkalariga tez orada raqobatchi bo’ladi. Hattoki bu O’zbekistonda “elektiron tijorat”ni rivojlantirishda ham juda katta hissasini qo’shadi. Bugungi kunda butun dunyoda plastik kartochkalar orqali to’lov tizimi keng tarqalgan. Ular to’lov vositasi sifatida supermarketlarda, magazinlarda, xizmatlar sohasidagi korxonalarda, uyali aloqa kompaniyalarida, avia va temir yo’l kassalarida, avtomobillarga yoqilg’i quyish shahobchalarida va boshqa joylarda qabul qilinadi. Kartochkalar orqali plastik kartochkalar bo’yicha to’lovlar qabul qiluvchi elektron terminallar bilan jihozlangan istalgan savdo punktida to’lash mumkin.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə