Toshkent moliya inistituti


Kartochkalar nima uchun qulay va foydali?



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə5/8
tarix04.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#108249
1   2   3   4   5   6   7   8
Toshkent moliya inistituti

Kartochkalar nima uchun qulay va foydali?
Aholi uchun: - xarid vaqtida o‘zi bilan katta miqdordagi pulni olib yurishga hojat yo‘q;
- tovar va xizmatlar uchun to‘lovni internet orqali amalga oshirish mumkin.
Chakana savdo uchun:
- naqd pul bilan bog‘liq tartibsizliklar yuzaga kelmaydi;- mijozlarning sotib olish hajmini oshiradi
— qoida tariqasida, ko‘proq xaridor keltirishi mumkin;- internet orqali savdo hajmi oshadi.
Banklar uchun:
- banklarning depozit bazasini kengaytiradi va ulardan faol operatsiyalari uchun foydalanish mumkin, masalan, kredit sifatida.
Butun jamiyat uchun:
- moliyaviy operatsiyalar yanada shaffoflashadi (soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va noqonuniy faoliyatga barham berish).
O‘zbekistonda plastik kartochkalarning paydo bo‘lishi tom ma’noda portlash kabi hodisa: 2005-yildan buyon kartalar soni 45,5 baravarga (!), jismoniy shaxslarning kredit kartochkalari orqali milliy valyutada amalga oshirgan bitimlari soni esa — 371 marta (!) oshdi.
Plastik kartochkalar — pul muomalasini “raqamlashtirish”ning asosiy qurollaridan biri, insoniyat tarixidagi ulkan ixtiro va yutuq hisoblanadi.
Bir qarashda bu quvonarli holdek tuyuladi. Biroq, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson plastik kartalarning muomalaga kiritilishi hayot tarzini yaxshilagani bilan birga uni og‘irlashtirganini ham juda yaxshi biladi.


WEKEPEDIYA
DARYO.UZ
KUN.UZ
3. O’zbekistonda lektiron to’lov tizimlaridan plastik kartochka tizimini o’rni va ahamiyati.
O'zbekistonda hozirda plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi juda keng tarqalgan. Joylarda plastik kartochkalar egalariga kechayu kunduz xizmat ko'rsatishga imkon beruvchi axborot-ma'lumot terminallari tarmog'i ishlab turibdi, terminallar, bankomatlar va infokiosklarni ta'mirlash bo'yicha servis xizmatlari tashkil etilgan.Plastik kartalaridan foydalanish yilda yilga oshib bormoqda va bu aholi uchun juda qulay hisoblanib kelmoqda.Bunga misol qilib chet elda deyarli naqt pul hisob kitoblarda ishlatilmasligini misol qilishimiz mumkin.







2004 yilO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrda qabul qilingan “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445–sonli Qarori bilan ushbu tizimni kengaytirish borasidagi ilk reja ko‘rsatkichlari, shuningdek to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish terminallari bilan jihozlanadigan ob’ektlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shu bilan bir qatorda, mazkur qarorga muvofiq mamlakatda Yagona umumrespublika protsessing markazi tashkil etildi. Mazkur qarorga muvofiq, barcha tijorat banklari plastik kartochkalar tizimida ish olib borilishiga zamin yaratildi.
Ma'lumki, pul muomalasi pullarning naqd va naqdsiz ko'rinishdagi harakati bo'lib, muomala va to'lov vositasi vazifasini bajarib, tovar va xizmatlar aylanmasini o'z ichiga oladi. Iqtisodiy jarayonlarda naqd pul aylanmasi naqdsiz pul aylanmasiga nisbatan kam bo'lsa-da, uni tashkil etish, kassa operatsiyalari, chiqarish va tashish ancha mehnat va vaqtni talab etadi. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yo'nalishdagi serxarajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi. Milliy matbuot markazida Respublika Markaziy banki tomonidan pul muomalasini takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda ta'kidlanganidek, ayni paytda barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan plastik kartochkalar bo'yicha naqd pulsiz hisob-kitoblar amalga oshiriladigan Banklararo to'lov tizimi faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, mikroprotsessorli plastik kartochkalar va to'lov terminallarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Bu tizim xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida hamda milliy va xalqaro hisob-kitoblarni aniq vaqtda amalga oshirish, pul-kredit siyosatini samarali yuritish, pul oqimini boshqarishga ijobiy ta'sir ko'rsatmokda. Eng muhimi bank-moliya bozori barqarorligi ta'minlanmoqda. Bank plastik kartalaridan foydalanishning bir qator afzalliklari mavjud. U plastik egalarini yirik miqdorda naqd pul olib yurishdan xalos etish barobarida, vaqtlarini ham tejaydi. Qolaversa, mijozlar bank kartochka hisobvarag'ida turgan pullardan foiz ko'rinishida daromad olishlari mumkin. Bu soliqqa tortilmaydigan qo'shimcha daromad sanaladi.
- Plastik kartalar tizimining rivojlantirilishi chakana savdo, pullik xizmat ko'rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalariga qog'oz pullarni sanash, saqlash, tashish kabi kassa xizmati xarajatlarini hamda ularga sarflanadigan vaqtni tejashiga sharoit yaratdi, - deydi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori o'rinbosari Nazirjon Safarov. - Shuningdek, korxonalarning hisobvaraqlariga pul mablag'lari o'tkazilishi tezkorligi hisobiga savdo aylanmasi o'sdi. Bu bilan hisob-kitoblarning sog'lom mexanizmi shakllanib, pul mablag'lari aylanishini nazorat qilib borish evaziga pul-kredit tizimini yuritish samaradorligi oshdi va pul massasini boshqarish, muomaladagi naqd pul umumiy massasini maqbul me'yorda saqlab turishga olib keldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, bugun respublikamiz bo'yicha 12,4 mln. donadan ortiq plastik karta muomalaga chiqarilgan. Savdo va xizmat ko'rsatish obyektlariga 149 mingdan ortiq to'lov terminallari o'rnatilgan. Plastik kartalar vositasida ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lami va infrastrukturasining kengayishi tranzaksiyalar hajmida ham aks etmoqda. Xususan, shu yilning 6 oyi mobaynida plastika kartalar orqali tranzaksiyalar hajmi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foiz ko'p bo'ldi. Anjumanda e'tirof etilganidek, bank amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi Internet va mobil telefondan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi paytda 57,5 mingdan ortiq mijoz internet-banking, salkam 363 ming mijoz mobil-banking xizmatidan foydalanmoqda. Bugungi kunda jahonning yirik savdo kompaniyalari an'anaviy savdo usullaridan foydalanish bilan birga elektron tijoratdan ham keng foydalanmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizi xaridlarni internet tarmog'i orqali amalga oshirmoqda va bu raqam kundan-kunga o'sib bormoqda. O'zbekistonda ham "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat respublikada elektron tijoratni yanada rivojlantirish va rag'batlantirishni ko'zda tutadi. Shu bilan birga, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda qo'shimcha sharoitlar yaratadi va texnologik bozor infrastrukturasini shakllantiradi. Matbuot anjumanida bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish tizimini yanada yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan yana boshqa loyihalar xususida ham jurnalistlarga batafsil ma'lumot berildi.
Markaziy bank va O‘zbеkiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank krеdit tashkilotlari amal qilishi lozim bo‘lgan tariflarning yangi rеjasini ishlab chiqdi.
Ushbu talablar mamlakatimiz Prеzidеntining «Bank plastik kartochkalari asosida hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori doirasida qabul qilindi.
“Joriy yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tarif rеjasiga ko‘ra, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar O‘zbеkiston Rеspublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo‘lmagan miqdorda bеlgilandi, - dеdi Markaziy bankning Pul muomalasi dеpartamеnti dirеktori o‘rinbosari Faxriddin Boboyev. - Hozirga qadar plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik 1 foizi miqdorida kapitallashtirilar edi”.
Endilikda jismoniy shaxslar plastik kartochkalarining (ish haqi, pеnsiya, nafaqa, stipеndiya va oilaviy kartochkalar, shu jumladan korporativ kartochkalar) foydalanish muddati tugaganda qayta emissiya qilishda (almashtirishda) bank xizmati haqi undirilmasligi qat’iy bеlgilab qo‘yildi.
SHuningdеk, bank emitеntidan qat’i nazar, jismoniy shaxsning plastik kartochkasidagi mablag‘lar boshqa bir jismoniy shaxs plastik kartochkasiga o‘tkazilganda yoki kirim qilinganda bank xizmati haqi undirilmaydi.
“Buni oddiy qilib aytsak, - dеya davom etdi F.Boboyev, - A bankning mijozi o‘z plastik kartochkasidagi pullarni B bankning mijozi bo‘lgan shaxs plastik kartochkasiga istalgan hududda o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Hozirga qadar bu tarzda, ya’ni bir bankning mijozi ikkinchi bir bank mijoziga pul o‘tkazishi tеxnik sabablarga ko‘ra amalga oshirilmas edi. Bu kabi qulaylik, shubhasiz, naqd pulga bo‘lgan talabni kamaytirib, pul aylanishining tеzlashishiga sharoit yaratadi”.
Shuningdеk, yangi tariflar rеjasida tadbirkorlik sub’yektlariga ham qator qulayliklar yaratilgan. Masalan, ular uchun korporativ plastik kartochka emissiya qilinganda bank xizmati haqi Markaziy bank rasmiy kursi bo‘yicha 5 yevrogacha pasaytirildi. Ilgari bu miqdor mijoz bilan kеlishuv asosida 20 yevrogacha etib bеlgilangan edi.
Yangi tariflardagi yana bir o‘zgarish yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning shikastlangan va yo‘qotilgan korporativ kartochkalari bilan bog‘liq. Yaroqsiz va yo‘qolgan korporativ kartochkalar yangisiga almashtirib bеrilayotganda bank 10 yevrogacha (ilgari 25 yevrogacha) xizmati haqi undiradi.
F.Boboyevning ta’kidlashicha, banklar tomonidan plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yaratilayotgan qulayliklarni kеngaytirish borasidagi izlanishlar kеlgusida ham izchil davom ettiriladi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə