Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Loyihalarni dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə30/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

Loyihalarni dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash.
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o’rinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi) - variantlarni ko’rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashqiliy va iqtisodiy echimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin bo’lgan manbalari bo’yicha variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat.
Loyihaga mablag’larni investitsiya qilish bo’yicha yakuniy qarorni qabul qilish loyihaning texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yakunlangandan keyingina amalga oshirilishi mumkin, lekin bu jarayon uzoq vaqtni va ko’p mablag’ni talab etadi. Shuning uchun ham loyihaga katta mablag’larni sarflashdan oldin loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash ishlari amalga oshiriladi. Bundan asosiy miaqsad – muqobil (alternativ) loyihalarni aniqlash, ularni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganib chiqish, mahsulot bozorini chuqur o’rganish va tahlil qilish, labaratoriya, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishdir. Loyiha g’oyasi investor uchun loyihani amalga oshirish zarurligini yoki loyihani hayotga tatbiq etib bo’lmasligini aniq ko’rsatib berishi kerak.
Loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash quyidagi tuzilishda amalga oshirilishi kerak:
Rezyume - loyihani dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashda ko’rilayotgan barcha asosiy masalalarning qisqa mazmuni.
Loyiha tarixi va uni amalga oshirish sabablari, loyiha homiylari, bajariladigan ilmiy-izlanish a tahlil ishlarining qiymati.
Bozor tahlili va marketing konsepsiyasi: asosiy g’oyani aniqlash, loyiha maqsadi va strategiyasi, talab va taklif, mahsulotni sotish prognozi, marketing xarajatlari, ishlab chiqarish dasturi.
Material resurslar - har bir turdagi xom-ashyo va materialga, boshqa turdagi resurslarga ehtiyoj va ularning qiymati.
Investitsiya ob’ektining joylashishi, uchastkasi, atrof-muhit.
Loyiha-konstruktorlik ishlari: loyiha-quvvati hisob-kitobi, texnologiya, uskunalar, fuqarolik qurilishlari va k.h.
Tashkiliy va ustama xarajatlar: umumiy boshqaruv, sotish xarajatlari, kutilayotgan ustama xarajatlar.
Mehnat resurslari: ularga bo’lgan talab va ularning qondirilishi, ularga ish haqi to’lovlari.
Moliyaviy tahlil va investitsiya: umumiy investitsiya xarajatlari, loyihani moliyalashtirish, ishlab chiqarish xarajatalari, loyiha samaradorligini baholash, xarajatlar va foydaning tahlili.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə