Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” KAFEDRASI
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH”
fanidan
O’QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohalari:

200 000



Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq













Ta’lim sohalari:

230 000



Iqtisod













Ta’lim yo’nalishi:






5A230602 – «Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar bozori (sohalar bo’yicha)»
5A230603 – «Investitsiyalarni boshqarish»
5А230601-Davlat moliyasi va xalqaro moliya



T OShKENT – 2020

MUNDARIJA

  1. Fan dasturi

  2. Ishchi dastur

  3. Kalendar reja

  4. Ma’ruza matni

  5. Baholash mezonlari

  6. Mustaqil ta’lim topshiriqlari

  7. Portfolio

  8. Glossariy

  9. Tarqatma materiallar


I. FAN DASTURI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



“TASDIQLAYMAN”
Toshkent moliya instituti
rektori v.v.b. S.Mexmonov

_______________________








“KELIShILDI”
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
______________________



202___ yil “___”___________




202___ yil “_____”__________










Ro’yxatga olindi: № MD_________________ 202__ yil “___”____



INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH


FAN DASTURI



Bilim sohasi:

200 000

– Ijtimoiy soha, iqtisod va xuquq










Ta’lim sohasi:

230 000

– Iqtisod










Magistratura
mutaxassisligi:

5A230603

– Investitsiyalarni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)




Toshkent - 2020

Fan/modul kodi
_______

O’quv yili
2020-2021

Semestr
3

ECTS – kreditlar
5

Fan/modul turi
majburiy

Ta’lim tili
O’zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulolari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Investitsiya loyihalarini boshqarish

60

90

150

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda investitsiya loyihalarini boshqarishning uslubiy jihatlari yuzasidan bilimlarini chuqurlashtirish, fanni nazariy va amaliy jihatdan o’rganish hamda mazkur fan bo’yicha mustahkam bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Fanning vazifasi – uni o’rganuvchilarga loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish, loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, moliyaviy qo’yilmalarning maqbul yo’nalishlarini tanlash, ular samaradorligini aniqlash va ta’minlashda muhim ahamiyat egallovchi investitsiya loyihalarini boshqarishni tashkil etishning asosiy yo’nalishlari, zamonaviy usullaridan foydalanish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o’rgatishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi
Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi. Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari. Loyiha ishtirokchilari. “Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funktsional menejmentning o’zaro bog’liqligi.
2-mavzu. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish
Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab chiqish. Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini (resurslardan foydalanish) aniqlash. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati.
3-mavzu. Investitsiya loyihasini tayyorlashni tashkil qilish
(investitsiya oldi fazasi)
Investitsion tsikl, mazmuni va loyihani ishlab chiqish bosqichlari. Loyiha tsikli bosqichlari. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsiya g’oyasini shakllantirish. Investitsiya loyihasi variantlarini ishlab chiqish. Loyihaning hayotiylik tsikli: investitsiya oldi, investitsion, ekspluatatsiya fazasi. Loyihaning dastlabki rejasi. Investitsiya oldi tadqiqotlari. Loyiha hayotiyligini baholash. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosnomasi (DTIA) va texnik-iqtisodiy asosnomasi (TIA)ni ishlab chiqish tartibi, kelishuvi va tasdiqlanishi. Loyiha muhiti. Loyiha-qidiruv bosqichlari va qurilish bosqichi, Ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarlik hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar monitoringi. Loyihaviy tahlilning mohiyati va tarkibiy tuzilishi.
4-mavzu. Loyihaning biznes-rejasi va uning tarkibiy tuzilishi
Biznes-rejalashtirishning mohiyati va vazifalari. Biznes-rejaning funktsiyasi va tarkibiy tuzilishi. Biznes-rejaning umumiy ma’lumotlari va rezyumesi. Biznes-rejaning asosiy bo’limlari. Investitsion loyihalashtirishda biznes-rejaning xususiyatlari. Biznes-reja taqdimoti. Biznes-rejaning tarkibiy bo’limlari tahlili.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə