Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə14/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

Strategiyaning geografik jihati
Mahsulotning raqobatbardoshligini baholash uchun korxona o’ziga qulay bozorni va patentsial iste’molchilari bor bo’lgan hududni tanlashi lozim. Masalan: fotoapparat, televizor va elektron kalkulyatorlar kabi mahslotlar bozori raqobatli bozorlardan hisoblanadi. Xalqaro raqobat strategiyasini ishlab chiqishda muhimdir.
Faoliyatning geografik o’rnini, vaziyatni baholash asosida TIAni tuzishda bir nechta strategik alternativlar ko’rib chiqiladi. Bu alternativ strategiyalar aniq bir mahsulotga hamda mintaqaviy va lokal bozorlar shuningdek milliy va xalqaro bozorlar uchun aniqlanadi. Bunday mintaqalar ya’ni eksprot uchun qulay joylar tanlangandan so’ng, bir necha alternativlar ichidan eng mukammali tanlanadi va TIA tuziladi.
Bozor hissasi va boshlang’ich strategiya.
Bu strategiyaning maqsadli yo’nalishidir. Chunki har bir korxonaning maqsadi bozorga o’rnashib olish. Investitsion loyiha uchun uzoq muddatli bozorni hamda bozor hissasini va bozor sigmentini aniqlash zarur. Umuman olganda, daromad bozor hissasiga bog’liq holda o’zgarib boradi.
Bozoordagi kichkina joy ham daromadli bo’lishi mumkin. bu o’z o’rnida iste’molchilar hamda kamharajatlilikga bog’liq. Sotuv hajmi va bozor hissasining oshishi o’z o’rnida investitsion, ishlab chiqarish hamda marketing harajatlarini oshirib boradi. Bunday harajatlarni qoplash hamda daromad olish maqsadida kompaniyalar bozordagi o’rnini kattalashtirish (kengaytirish) hamda marketing elementlari (narxga skidga qilish, reklama, etkazib berish)ni hisobidan daromad olishlari mumkin. Ammo har bir bozorning individual xususiyati mavjud, shu jihatdan, TIA tuzilganda daromadlilik va bozor hissasi orasidagi bog’liqlikning xar bir variantini sinchiklab tahlil qilish kerak.
Loyiha strategiyasini aniqlash.
Loyihas strategiyasini aniqlashda uchta asosiy kontseptual muammolar o’rganib chiqilishi lozim. Loyiha strategiyasini tuzishda hamma vaqt bozor segmentatsiyasi ham aniqlanishi asosiy o’rinda turadi.
Loyiha strategiyasi tanlanganda, TIAni tuzish bir nechta alternativlarni ham ko’rib chiqish lozim. Bunday alternativlarni baholashda quyidagi savollarga e’tibor qaratish kerak.

  • birinchi navbatda, TIA uchun qo’yilgan muammolarni bu alternativlar qaysi pog’onada va qay darajada bajara oladi.

  • alternativ strategiyalar moliyasi qanday ahvolda (daromadlilik, investitsion kapital uchun daromad).

  • qanday xavflar bu alternativ-strategiyalarga ta’sir etishi mumkin. (siyosiy, ekologik, moliyaviy va boshqalar).

Bu alternativlar asosida ularning eng mukammali tanlanib, TIAni tuzishda eng maqbul variantdan foydalaniladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə