Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-mavzu. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə13/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

2-mavzu. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish.


Reja:


1. Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati.
2. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari.
3. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab chiqish.
4. Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini (resurslardan foydalanish) aniqlash.
5. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati.
1. Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati.

Har bir inson biror-bir ishni bajarishdan oldin uni rejalashtiriadi, xuddi shuningdek har bir korxona yoki tashkilot biror-bir vazifani bajarishdan avval uni rejalashtiradi. Strategiya ham rejalashtirishga o’xshab ketadi, ammo strategiya kataroq tushunchadir. Strategiya deganda, avvalombor, tanlangan yo’l tushuniladi, ya’ni korxona o’z faoliyatini, kelajakni o’ylab, kelajakdagi daromadini sarhisob qilib, bundan so’ng korxonasida qanday risklar borligini va ularning oldini olish yo’llarini ishlab chiqishi tushuniladi.


Hozirda bizda juda oz korxonalarda bunday rejalashtirishlar, strategiyani tanlash olib boriladi. Chunki murakkab bozor sharoitida kelajakni o’ylab aniq bir ishni amalga oshirish juda qiyinligi sababli korxona rahbarlari bunday strategiyalar tanlashmaydi va to’g’ridan-to’g’ri faoliyat olib boriladi. Bozorning tez-tez o’zgarib turishi va boshqa bir qancha omillar ta’sirida, hatto, eng yirik tashkilotlar ham reja tuzmaydilar, strategiya tanlamaydilar. Ammo faoliyatni rejalashtirish juda ko’p foyda keltiradi. Buyuk iqtisodchi Melvil Branch strategiya to’g’risida shunday fikrlar bildiradi: strategiya korxona rahbarlarining faoliyatlar istiqbolini ko’ra bilishini, korxona tomonidan tanlangan qarorlar aniqligini, korxona faoliyati yo’nalishini aniq tanlashni (ham siyosiy, ham iqtisodiy), kelajakdagi risklarni ko’ra bilishni anglatadi.
Loyiha strategiyasini tuzishda quyidagi to’rt elementga ko’proq e’tibor qaratmoq lozim. Bular:
- geografik joy;
- bozor hissasi;
- «mahsulot-bozor» aloqasi;
- raqobat va bozor mukammallashuvi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə