Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə15/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

2. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari.

Investitsion strategiyalar uzoq davomli jarayonlarni o’zida aks ettiradi va shu bilan birgalikda belgilangan istiqbollarda amal qilishi kerak. Ushbu istiqbolli mo’ljallangan faoliyat yo’nalish shakli o’zida investitsion strategiyalarni ishlab chiqish jarayonini aks ettiradi. Kompaniya faoliyatining strategiyasi va investitsion strategiyalari tushunchalari iqtisodiy nazariyaga bundan 40 yillar ilgari kirib kelgan. Buning asosiy sababchisi jamiyat qarashlarining rivojlanishi va ilmiy texnika rivojidir. Shunday qilib, investitsiya strategiyasi deganda, uzoq muddatli investitsiya faoliyati maqsadlarini tashkil etish tizimi va bu maqsadga erishish uchun samarali yo’lni tanlash tushuniladi.


Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda strategik faoliyat terminiga nisbatan 2 xil yo’nalish mavjud.
Birinchi yo’nalish namoyondalari uni uzoqqa mo’ljallangan maqsad tizimi va undagi istiqbolga erishish jarayoni sifatida, ikkinchisi esa, buni huddi qaror qabul qilish uchun qoidalar to’plami sifatida, o’z faoliyatini tartibga soladigan yoki o’z maqsadiga erishish vositasi deb hisoblaydilar1. Mantiqan o’ylab qaraganda strategiya uzoqqa mo’ljallangan va belgilangan maqsadlar shuningdek istiqbol yo’llarini ishlab chiqish shu bilan birgalikda amalga oshirish jarayonidir. Investitsion strategiya bu uzoqqa mo’ljallangan investitsion faoliyat tizimi va samarali yo’llarini tanlashdir.
Kompaniyalarning investitsion faoliyatdagi strategik boshqaruv, shuningdek uning investitsion strategiyasini ishlab chiqish jarayoni ushbu investitsion kompaniya portfelidagi boshqaruv taktik faoliyat yo’nalishi jarayoniga aniqlik kiritishni o’z ichiga oladi.
Investitsion portfel investitsion strategiyadan o’zining o’rta muddatli boshqaruv jarayoni bilan farq qiladi. O’z o’rnida investitsion faoliyatning boshqaruv taktika jarayoni, loyiha va alohida investitsion dasturlar amalga oshirishning tezkor boshqaruvida asosiy hisoblanadi. Xullas investitsion strategiyani ishlab chiqish kompaniyalar investitsion faoliyatini boshqaruv jarayonining birinchi pog’onasi hisoblanadi.
Investitsion strategiya asosiy bir faktor sifatida kompaniyaning iqtisodiy rivojlanish strategiyasida samarali yo’nalish hisoblanadi. Kompaniyaning investitsion strategiyasini tuzish jarayoni bir qancha etaplarda amalga oshiriladi. (2.1-rasm).
Dastlabki bosqich uni tuzishdagi umumiy muddatni belgilash hisoblanadi. Bu muddat qator shartlardan kelib chiqadi. Asosiy sharti bo’lib investitsiya bozoridagi iqtisodiy yo’nalishlarni oldindan aytib borish hisoblanadi.
Keyingi shart kompaniya qabul qilgan iqtisodiy strategiyaning davomliligidir. U belgilangan yo’nalishdan chiqmaydi va bo’ysinuvchilik xarakteriga ega bo’ladi. Yana bir shartlardan biri uning ma’lum bir sohaga mansubligidir va oxirgi shart kompaniyaning hajmi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich investitsion strategiyasining maqsadini belgilash. Bu tizimning umumiy iqtisodiy maqsadidan kelib chiqadi.
Uchinchi bosqich investitsion faoliyat strategiyasini amalga oshirishning samarali yo’llarini ishlab chiqish. Bu 2-yo’nalishda o’z aksini topadi.
1. Investitsion faoliyat strategiya yo’nalishini ishlab chiqish;
2. Investitsion resurslar strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.
Bu bosqich juda murakkab hisoblanib, u keyingi taqsimotlarni to’laligicha qamrab oladi.
To’rtinchi bosqich investitsion strategiyani amalga oshirish muddatlarini oshirish muddatlari aniqlashtirish. Bu vaqtlardagi ichki va tashqi sintronizatsiyadan iborat bo’ladi.
a) tashqi sintranizatsiya kompaniyaning umumiy iqtisodiy strategiya yo’nalishi bilan investitsion strategiyani amalga oshirish vaqtidagi moslashuvni bildiradi.
b) ichki sintranizatsiya alohida yo’nalishdagi investitsiyalarni o’zaro amalga oshirish vaqtidagi muvofiqlikni o’z ichiga oladi.
Beshinchi bosqich investitsion strategiyaning bahosi hisoblanadi. Uning ko’rinishlari quyidagi rasmda o’z ifodasini topgan.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə