Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə18/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

4. Tashkiliy o’zgarishlar. Ushbu faoliyat tashkilotning shunday shakllanishini nazarda tutadiki, bu shakllanish boshqaruvchi xodimlarning murakkab ishini, menejerlar fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, strategik rejalashtirishning oldingi tajribalari hisobini olib borishni ta’minlaydi. Natijada, ushbu funktsiya korxonada turli tashkiliy o’zgarishlarni o’tkazishda namoyon bo’ladi. Ularga boshqaruv funktsiyalari, boshqaruv apparati ishchilari vakolati va huquqlarini qayta taqsimlash; strategik raja va boshqalarda ko’zda tutilgan maqsadlarga erishuvga ta’sir etuvchi rag’batlantirish tizimini yaratish va boshqalar kiradi. Ushbu tashkiliy o’zgarishlar tashkiliy strategik bashorat qilishning natijasi bo’lishi muhimdir.


3. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab chiqish.

Investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqish, bu faoliyatni amalga oshirish siyosatiga asoslanadi.


Korxona investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  1. Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash.

  2. Korxona investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash.

  3. Investitsiya faolyatining hududlar yo’nalishi belgilash.

Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash, bu korxona faolyati funktsional yo’nalishi bilan o’zaro bog’liq. Ko’p xollarda investorlar o’zlarining investitsion faoliyatini fond bozorida amalga oshiradilar. Bunda investorlar uchun qimmatli qog’ozlar bozorida o’z mablag’larini investitsiya qilish yaxshi samara berishi mumkin. Ularning uzoqqa mo’ljallangan investitsion faoliyatining asosiy shakli aktsiya, obligatsiyalar va boshqa xil qimmatli qog’ozlar bo’lishi mumkin.
Bu vaqtda ba’zi bir korxonalar (investorlar) real investitsiyalarga mablag’lar sarflashni o’zlari uchun maqsad qilib qo’yishadi. Bu esa kelajakda korxona asosiy fondlarini yangilash, texnik qayta jixozlash bilan yangi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratadi.
Bu esa korxonaning yangi tovar va hududiy bozorlarga kirishga imkon beradi.
Bunday korxonalarning moliyaviy investitsiya faoliyatidagi ishtirokini qisqa muddatli, ya’ni vaqtinchalik bo’sh mablag’larini bu investitsiya turiga qisqa muddatli yo’naltirish yoki ma’lum bir korxona moliya-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbati, kompaniya yoki korxona hayotiy tsikl bosqichlariga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyotning umumiy holati barqaror bo’lmaganda, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lsa, soliq siyosati doimo o’zgarib tursa, unda real investitsiyalar samaradorligi keskin kamayib ketadi va shu bilan birga investitsion risk oshib ketadi. Bunday holatda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar samarali hisoblanadi.( shu shart bilanki, agar bu investitsiyadan olingan daromad darajasi, inflyatsiya darajasidan yuqori bo’lsa).
Bu shartlarni hisobga olgan holda korxona investitsion strategiyasi har bir bosqichi bo’yicha investitsiya turlarining o’zaro nisbati differentsiyalanib turadi.
Korxona yoki kompaniya investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash investitsiya strategiyasini ishlab chiqishning eng qiyin va og’ir vazifasi hisoblanadi.
Korxonaning investitsiya faoliyatini, uning umumiqtisodiy rivojlanish strategiyasi bilan bog’liqlikda bosqichma-bosqich olib borishni taqazo etadi.
Birinchi bosqichda, investitsiya faoliyatining tarmoq kontsentratsiyasi (markazlashuvi) yoki diverfikatsiyasi maqsadliligi ko’rib chiqiladi.
Qoidaga ko’ra korxona investitsiya faoliyatinig boshlang’ich bosqichi investor uchun yaxshi tanish bo’lgan bir tarmoqga kontsentratsiya qilish bilan bog’liq bo’ladi. Ko’pgina G’arb davlatlari kompaniyalari amaliyoti shuni ko’rsatadiki, ular o’z strategiyasi yo’nalishlarini ko’p tarmoqli emas, balki bir tarmoqga kontsentratsiya qilish orqali boshlang’ich yaxshi samaraga erishganlar. Ko’p xollarda kompaniyalar o’z investitsion faoliyatini ilk marta amalga oshirishda bir tarmoq bo’yicha barcha resurslarini kontsentratsiya qilishmoqda, ya’ni xozirgi kunda ko’p korxonalar kompyuter texnikalar ishlab chiqarish, kompyuter dasturlari yaratishga sarf etmoqdalar. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bunday investitsion faoliyat strategiyasi korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ko’p xollarda kompaniyalar o’z investitsion strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, investitsiya faoliyatini tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiya qilib beradilar.
Ba’zi yirik kompaniyalar investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida strategik xo’jalik markazlari tuzmoqdalar. Bunday xo’jalik markazlari birinchi marta AQShning “Djeneral Elektrik” kompaniyasida paydo bo’ldi.
Kompaniya investitsion faoliyat strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, kompaniya investitsiya faoliyatining hududlari yo’nalishi ham hisobga olinadi.
Kompaniyalar investitsion faoliyat strategiyasi hudud yo’nalishlarini ishlab chiqishda, mamlakat hududlari bo’yicha investitsiyalarni jalb etish bo’yicha shart-sharoitlar hisobga olinadi.
Investitsion faoliyat yo’nalishlarini hududiy belgilash. Bu 2 (ikki) shart bilan bog’liq. Birinchi shart kompaniya xajmi hisoblanadi. Bu kompaniya o’z faoliyatini investorlar yashab turgan hududda (bir hudud doirasida) amalga oshirishi tushuniladi. Ikkinchi sharti kompaniya faoliyatining davomiyligi hisoblanadi, ya’ni kompaniya o’z faoliyatini 1 ta hududda amalga oshira turib, uni ko’zda tutgan maqsadini uzoqqa mo’ljallanganligi tushunish mumkin bo’ladi, ya’ni bir hududda uzoqroq faoliyat yuritish hisoblanadi.
Investitsion faoliyatning tarmoq yo’nalishlarini belgilash jarayoni har bir tarmoq rivojlanish prognozlari bahosini olgan holda investitsion faoliyatini diversifikatsiya qilish hisoblanadi.
Kompaniya investitsiya resurslarini tashkil etish strategiyasini ishlab chiqish alohida bosqichlar bo’yicha amalga oshiriladi, bu jarayon 3.5-rasmda o’z aksini topgan.






Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə