Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-rasm. Investitsion resurslarni tashkil etish strategiyasini



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə19/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

2.4-rasm. Investitsion resurslarni tashkil etish strategiyasini
ishlab chiqish bosqichlari

Umumiy hajmdagi investitsion resurslariga ehtiyojlarni prognozlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:



    • Birinchi bosqichda real investitsiyalar uchun zarur moliyaviy mablag’lar hajmi aniqlanadi. Yangi qurilish ob’ektlari qiymati qurilishdagi haqiqatdagi xarajatlar bo’yicha aniqlanadi (inflyatsiya omillari hisobi bilan) va u quyidagi formula orqali hisoblanadi.

KVN = M * UKV + P,


KVN – yangi ob’ekt qurilishi uchun umumiy kapital qo’yilmasiga talab;


M – qurilish birligi yoki mos ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatliligi birligi (m, m3 va h.k.); UKV – mazkur quvvatlilik birligiga ketadigan o’rtacha xarajat summasi; P – ob’ekt qurilishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlar.
Yangi qurilish ob’ektlari qiymati bilan birga, uning aylanma aktivlariga ham qo’yilmalarni ko’rib chiqish kerak.
Yangi ob’ektni ishga tushirish bilan bog’liq investitsion resurslar quyidagicha aniqlanadi.
,
Bu erda: Pir – yangi ob’ektni qurish va ishga tushirishda investitsion resurslarga umumiy talab; KVN – yangi ob’ektni qurish va texnik jihozlash uchun umumiy kapital qo’yilmalarga talab; UOF – shu tarmoqdagi korxona aktivlar umumiy summasidagi asosiy fondlarning solishtirma og’irligi.
Harakatdagi kompaniya (korxona)ni sotib olish qiymati quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:
a) Sof balans qiymati asosida, bunday baholash tamoyili kompaniya umumiy aktivlar balans qiymatidan uning majburiyatlarini chegirishga asoslangan. Uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

Sb = OF + NA + Z + F + KV + NS * Ki ,


Bu erda: Sb – kompaniya (korxona) sof balans qiymati; OF – kompaniya indekslashgan asosiy fondlarining qoldiq qiymati; NA – nomoddiy aktivlar summasi; Z – material aylanma fondlari zahiralarining qoldiq qiymati bo’yicha summasi; F – kompaniya barcha shaklida moliyaviy resurslaridan uning qarzdorligi ayrilgandagi summasi; NS – tugallanmagan qurilish; Ki – asosiy fondlarni indekslash koeffitsienti.


b) Foyda asosida, bunday baholash tamoyili keyingi yillarda olingan o’rtacha yillik foyda real summasi va investitsiyaning o’rtacha foyda me’yori asosida aniqlanadi.
Soddalashgan hisob-kitobi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
,
bu erda: SK – foyda miqdori asosidagi korxona qiymati; PS - o’rtacha yillik foyda real summasi; NP – investitsiya o’rtacha foydalilik me’yori.
Ikkinchi bosqichda moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan investitsion resurslarga ehtiyoj prognozi aniqlanadi.
Buning hisob-kitobi, prognozlashtirilayotgan davrda investitsiya shakllari nisbatiga asoslangan va u quyidagi formula bilan hisoblanadi:
,
bu erda: IRF – moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun investitsion resurslarga talab; IRR – real investitsiyalarni amalga oshirish uchun investitsion resurslarga talab; UF – prognoz davridagi moliyaviy investitsiyalarning solishtirma og’irligi; UR – prognoz davridagi real investitsiyalarning solishtirma og’irligi.
Har xil manbalar hisobiga investitsion resurslarni tashkil etish imkoniyatlarini o’rganish strategiyani ishlab chiqishning ikkinchi bosqichi hisoblanadi.
Investitsion resurslar o’zlarini maxsus tovar sifatida inamoyon etadi. Investitsiyalarini quyidagi guruhlarga ajratish qabul qilingan:

  1. Investitsiya ob’ekti bo’yicha ajratiladi:

-real (kapital ko’rinishidagi) Investitsiyalar – bu ishlab chiqarishga qo’yilgan uzoq muddatli mablag’, qoida bo’yicha, raal aktivlarini sotib olish bilan bog’liq;
-portfel (inominal) investitsiyalar – bu qiymatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’, boshqa korxonaga o’z mablag’ini kraditga barish hisobiga (pay) hissadir. Portfel investitsiyada invastorining vazifasi investitsion portfalini mukammal boshqarish va shakllantirish, qoida bo’yicha, qiymatli qog’ozlarining oldi-sotdi jarayonini amalga oshirishdan iboratdir. Shunday qilib, investitsion portfel – qisqa muddatli moliyaviy jarayondir.
-intellektual (aqliy, ilmiy) investitsiya - mablag’ini kadrlar tayyorlashga qo’yish, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash (insoniy kapital), reklamaga, ilmiy izlanishga (innovatsiya), ijtimoiy sohaga qo’yishdir. Ularining muhimligi shuindaki, investitsiya qo’yiladigan ob’ekt va samara baradigan ob’ekt bir-birlariga vaqt bo’yicha ham, makon bo’yicha ham mos kalmaydi, bu ularini rejalashtirish va baholashini qiyinlashtiradi.

  1. Qayta tiklash jarayoni bilan bog’liq holda (faoliyatga yo’inaltirilganligi) investitsiyalar quyidagilarga bo’linadi:

-brutto-investitsiya;
-sof-investitsiya;
-reinvestitsiya.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə