Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-rasm. Strategik rejalashtirish funktsiyalari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə17/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

2.3-rasm. Strategik rejalashtirish funktsiyalari
1. Rasurslar taqsimoti. Ushbu jarayon moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa rasurslar taqsimotini qamrab oladi. Korxonaning shakllanish strategiyasi nafaqat biznesni kengaytirish, bozor talabini qondirish, balki rasurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam kamaytirib borish orqali ham mustahkamlanadi. Shu bois biznesning turli sohalari o’rtasida rasurslarni samarali taqsimlash, ulardan ratsional foydalanish yo’llarini axtarish strategik rejalashtirishning muhim funktsiyasi hisoblanadi.
2. Tashqi muhitga moslashish. Moslashishni, umuman olganda, korxonaning o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbo’l va nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funktsiyaning vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf-xatarlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu funksiyalar korxonalarning joriy boshqaruvi jarayonida bajariladi. Lekin tazkor boshqaruv, agar raqobatga doir ustunliklar va to’siqlar oldindan ko’rilsa, ya’ni rejalashtirilsa, samaradorlikka erishadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi korxonani tashqi muhitga moslashtirish mexanizmini yaratish orqali unga yangi, qulay imkoniyatlar taqdim etishdan iborat.
3. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish. Ushbu funktsiya firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, tsexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi. Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari rasurslar, tarkibiy bo’linmalar va ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart. Bu bog’liqlik rejalashtirish ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimi, shuningdak, korxona boshqaruv apparatida uyg’unlikka javob baruvchi bo’linma yoki ijrochining mavjudligi bilan ta’minlanadi. Ichki ishlab chiqarish operatsiyalari muvofiqlashtirish va tartibga solishning ob’aktlari hisoblanadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə