Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-jadval. Investitsiya oldi fazasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə25/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

3.1-jadval.
Investitsiya oldi fazasi.



Investitsiya oldi fazasi

1

2

3

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarining tahlili

Loyihani asoslashning tayyorgarlik bosqichi

Loyihani baholash va investitsiya qilish to’g’risida qaror qabul qilish

Investitsiyalash uchun kerak bo’ladigan mablag’lar hajmi va salohiyatli (potentsial) investorlar

Loyihani mavjud muqobillar bilan solishtirgandagi dastlabki asoslash.

Yakuniy qaror sifatida loyihani ijtimoiy-iqtisodiy baholash.

Loyihani amalga oshirishning ichki va tashqi shart-sharoitlari baholash

Qo’shimcha (funktsional) izlanishlar.

Investitsiyalashning salohiyatli manbalarini aniqlash.

Loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini makro va mikroiqtisodiy darajada tahlil qilish

Loyihani texnik iqtisodiy asoslash (TIA).

Investitsiyalashning tadbirlarining ishlab chiqish.




Loyihani amalga oshirishga kelishish va tasdiqlash (ishchi hujjatlar)




Loyihaning investitsiya oldi fazasida bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy bosqich tsiklida, uning hayotga mos qobilligi va jalb etuvchanligiga asos yaratiladi. Investitsiya oldi fazasi loyihaning to’liq xarakteristikasini berishi shart.


Ba’zi xollarda investitsiya loyihasining bu hayotiy tsikl bosqichining davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.
Investitsion loyihalarni TIA g’oyaning paydo bo’lishidan boshlab uning moddiylikka aylanishigacha bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi va bu jarayon uch bosqichdan iborat bo’lib, investitsiya oldi bosqichi (boshlang’ich bosqich), investitsiya va ekspluatatsiya bosqichlariga bo’linadi.
Dastlabki bosqichda investitsion loyihaning TIA ishlab chiqiladi, uni moliyaviy-iqtisodiy baholash ishlari amalga oshiriladi, invetitsiyani amalga oshirish uchun imkoniyatlar tahlil qilinadi hamda loyihani amalga oshiruvchi korxonaning moliyaviy holati baholanadi. So’ngra kapital qo’yilmalar va investtsiiyalash amalga oshiriladi, shartnomalar tuziladi, loyiha bo’yicha qurilish ishlari olib boriladi, uskunalar sotib olinadi va ishlab chiqarishga tayyorlash ishlari o’tkaziladi. Loyihaviy moliyalashtirishning oxirgi bosqichida loyiha quvvati ishga tushiriladi va mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqariladi.
Investitsiya oldi bosqichida TIA ishlari amalga oshiriladi va u eng asosiy bosqich hisoblanadi. TIA mavjud ishlab chiqarish omillariga, mahalliy bozor va ishlab chiqarish shart-sharoitlariga bog’langan bo’lishi lozim. Tahlil natijalari xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol ko’rsatib berishi lozim. TIAni ishlab chiqish tadqiqot natijasida aniqlangan kerakli moliyaviy mablag’lar etarli darajadaligi ma’lum bo’lgandagina amalga oshirilishi lozim.
TIA tushunchasi iqtisodchi-olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Fikrimizcha, eng avvalo, «loyihani asoslash» tushunchasini anglab olish lozim. Keng ma’noda loyihani asoslash besh asosiy jihatni tahlil qilish va baholash bilan tavsiflanadi: texnik; instituttsional; moliyaviy; iqtisodiy va ijtimoiy.
Loyihani texnik asoslash texnik nuqtai nazardan qabul qilingan maqbul qaror iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lmasligi mumkin. Bu shu bilan bog’liqki, turli texnik qarorlar o’zi bilan birga turli xarajatlar va samaralarga ega bo’ladi va ular taqqoslangandan keyingina qaysi qaror maqbul ekanligini aytish mumkin.
Loyihani ishlab chiqish jarayonida hisobga olish lozim bo’lgan texnik qarorlarning bir qancha jihatlarini ko’rib chiqamiz:
- texnologiya – texnologiya ilmiy jihatdan asoslanganmi va amaliyotga joriy etilganmi? Texnika mazkur texnologiyani qo’llashga tayyormi?
- vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi xarajatlar – loyiha bo’yicha vaqti-vaqti bilan yuzaga keluvchi xarajatlar hisobga olinganmi, masalan, texnika va uning ishlash holati;
- atrof muhitga ta’siri – loyihada qo’llanilayotgan texnikaning atrof-muhitga etkazadigan zarari darajasi qanday.
Loyihaning iqtisodiy asoslanishi esa uning cheklangan resurslarni ishlatish nuqtai nazaridan butunligicha milliy iqtisodiyotga qanday sof foyda beraishi bilan aniqlanadi. Barcha resurslar u yoki bu darajada cheklangan va ularning barchasini bir emas, bir qancha usullar bilan ishlatish mumkin. Masala shundaki, mazkur loyiha mavjud resurslarni samarali ishlatishni ta’minlaydimi? Loyihani iqtisodiy asoslashda undagi xarajatlar va daromadlar hisob-kitob qilinadi, ya’ni baholanadi.
Taniqli xorijlik iqtisodchi-olimlardan V.Berens, P.M.Xavraneklar fikricha: «texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo’yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlovchi vositadir»5. Rossiyalik olim V.G.Zolotogorov esa: «texnik-iqtisodiy asoslash - bu investitsion loyihaning samaradorligi va maqsadliligini ko’rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni aks ettiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir»6, deya tavsiflaydi.
Prof. D.G’ozibekov ta’kidlaydiki: «texnik-iqtisodiy asoslash o’z mazmuniga ko’ra loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy tadqiq etish atamasi bilan aynan bir xil»7. Texnik-iqtisodiy asoslash potentsial investorlar hamda boshqa barcha ishtirokchilarni investitsiyalashning ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va ekologik jihatlarini oydinlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, loyihaning muqobil strategiyasi va doirasiga baho beruvchi vosita, resurslar marketingi, joylashgan o’rni, ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalar haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisoblanadi8.
Iqtisod fanlari doktori N.Karimov bu to’g’rida fikr bildirib, «loyihani texnik-iqtisodiy asoslanishi loyihaviy tahlilning ob’ekti bo’lim hisoblanadi va u loyihaning iqtisodiy, moliyaviy samaradorligini va loyiha bo’yicha xarajatlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalari va xatarlarni baholashdek o’z maqsadiga ega bo’ladi»9, deb ta’kidlab o’tadi.
TIAning mohiyati va mazmuni bo’yicha yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, unga quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: loyihani amalga oshirishga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish asosida loyihaning maqsadiga erishishning samarali yo’llarini aniqlovchi moliyaviy, iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi. TIA loyihani amalga oshirishning imkoniyatlarini asoslaydi va bir muncha optimal bo’lgan qarorni tanlashga imkon beradi. U loyihaning barcha jihatlarini ochib berishini hisobga oladigan bo’lsak, uni ishlab chiqishdan oldin, loyiha tashabbuskori yoki loyihani ishlab chiquvchi u bo’yicha barcha ma’lumotlarni to’plashi lozim. Ma’lumotlar manbai bo’lib, qarz oluvchining faoliyatiga bevosita taaluqli hujjatlar, shuningdek, turli iqtisodiy adabiyotlar hamda shaxsan o’zining tajribasi xizmat qiladi.
TIA - bu loyihaning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ko’rishga imkon beruvchi boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plamidir. TIAni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə