Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə24/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

Investitsiyalashdan oldingi faza. Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr.

  • Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishllarini olib borish.

  • Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi.

    Investitsiyalashdan oldingi va investitsiya bosqichi investitsion loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menedjment va boshqalar) taalluqlidir.
    4. Likvidatsiya fazasi.
    Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab iqish va amalga oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
    Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha tsiklining bosqichlari muhim axamiyatga ega. «Loyiha tsikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning turli bosqichlari kirdi. Loyiha tsiklining boshlang’ich va tugallanish davrlari, g’oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar davrlarni o’z ichiga oladi.
    Har qanday investitsiya loyihasini ishlab chiqishda, ya’ni investitsiya g’oyalarining paydo bo’lishidan, to uni amalga oshirish uch xil fazani o’z ichiga oladi: Investitsiya oldi, investitsiya va ekspluatatsiya (yoki ishlab chiqarish).
    Yuqoridagi 3 ta faza investitsion loyiha – hayotiy tsiklini tashkil etadi. (project lifetime).



    3.1-rasm. Investitsion loyiha uch fazani ichiga olgan loyiha hayotiy tsikli.
    Investitsiya loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi bo’lib, investitsiya oldi fazasi hisoblanadi.
    Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, dastlabki texnik-iqtisodiy tadqiqotlar – kuzatishlar o’tkaziladi, potentsion investor va loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan muzokarolar olib boriladi, xom ashyo va uskunalarni etkazib beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar tuziladi; investitsion loyihani yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi; hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni rasmiylashtirish va korxonani ro’yxatga olish amalga oshiriladi.

    Yüklə 0,85 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə