Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə22/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

Tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish bo’yicha samarali tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim:

  • jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi, O’zbekiston Respublikasi va MDH uchun ham olimlar jamoasi tomonidan muqobil konkursli asosda ishlab chiqiluvchi uzoq muddatli (20-30 yil) ilmiy-texnik va innovatsion-investitsion bashoratlar;

  • eng muhim bazaviy texnologiyalar bo’yicha ilmiy-texnik va innovatsion xarakterga ega maqsadli dasturlar;

  • sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo’g’inlarini amalga oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar.

Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o’sishning tanlab olingan ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli asosda bajariladi:

  • noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni, shuningdek, eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar va bashoratlarni ishlab chiqishni byudjetdan moliyalashtirish, byudjet mablag’larini dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha taqsimlash;

  • tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion dastur va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish;

  • bunday dastur va loyihalarga xususiy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratish;

  • investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat tarmoqlarida investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik ekspertizasini tashkil qilish.

Agar tadbirkorlardan «Nima uchun yangi texnologiyalarni o’zlashtirishga shoshilmaysiz?» deb so’ralsa, ulardan deyarli har biri «Agar soliqlar kamroq, kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni joriy qilish haqida o’ylab ko’rish va hatto buni amalga oshirishga kirishish ham mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa qanchalik erish tuyulmasin, lekin bu bor haqiqat. Tadbirkor kerakli axborot va intellektual resurslarga ega bo’lgan va qaysi innovatsiyani ishlab chiqish yokm ishlab chiqarishga tatbiq etish lozimligini bilgan taqdirda ham u moliyalashtirish muammosiga duch keladi. Bu muammoni uchta tarkibiy qismga ajratish mumkin: korxonaning o’z mablag’lari etishmasligi, banklarning kredit resurslariga ega bo’lishning qiyinligi hamda innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarining mukamma emasligi.
Innovatsiyalarni rag’batlantirishga jahon amaliyotia keng qo’llanuvchi soliq imtiyozlaridan maqsadli yo’nalgan holda foydalanish katta yordam ko’rsatgan bo’lar edi. Mamlakatimizda mazkur sohada soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirishning afzal yo’llari deb ekspertlar quyidagilarni ko’rsatadilar:

  • yuridik shaxslarning investitsiyalarga va bu investitsiyalarni olish uchun sarflangan kreditlarni qoplashga yo’naltiriluvchi xarajatlari miqdorida ularning soliqqa tortiluvchi daromadini qisqartirish imkoniyatini taqdim etish. Bu imtiyoz umuman olganda mavjud bo’lsada, biroq «hisoblangan eskirish hajmi to’liq foydalanilgan sharoitda» qo’llanadi va amalda hech qanday samara bermaydi;

  • texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga investitsiyalar ajratuvchi xususiy sektor korxonalarini maqsadli yo’nlagan holda soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirish. Jahon tajribalari ITTKI va ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilinuvchi mablag’larni soliqdan ozod qilishning amaliy yordam ko’rsatishini tasdiqlaydi;

  • tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash uchun imkoniyatlar yaratish, xususan, uning uchun baland normalar belgilash. Amaldagi amortizatsiya mexanizmida bir qator cheklovlar mavjud: tezlashtirilgan amortizatsiyani hisoblash oddiy amortizatsiya normasian ikki baravardan ortiq bo’lishi mumkin emas; xarid qilingan asosiy vositalarning katta qismini birinchi yilda amortizatsiya qilish imkonining yo’qligi. Bunday cheklashlar natijasida ko’pla kichik korxonalar texnik jihozlanishni oshirish uchun amortizatsiyadan foydalana olmaydi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə