Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-rasm. Firma investitsion strategiyasini tuzish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə16/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

2.1-rasm. Firma investitsion strategiyasini tuzish
jarayoni asosiy bosqichlari

Ishlab chiqilgan investitsiya strategiyasining baholash mezonlari quyidagicha amalga oshiriladi:



  1. Korxonaning investitsiya strategiyasining, korxona umumiy iqtisodiy rivojlanishi bilan muvofiqligi.

  2. Investitsiya strategiyasining ichki balanslanganligi, ya’ni investitsiya faoliyatining ayrim strategik yo’nalish va maqsadlarning bir-biriga mosligi va ularni ketma-ket amalga oshirish mumkinligi.

  3. Investitsiya strategiyasining tashqi muhit bilan bog’liqligi. Bu bog’liqlik investitsiya tashqi strategiyasini amalga oshirishda mamlakatdagi investitsion muhit va iqtisodiy rivojlanishining ta’sirida ko’rinadi.

  4. Korxona investitsiya strategiyasining amalga oshirishda mavjud resurslar potentsialini hisobga olgan holda baholash. Bunda asosiy e’tibor korxonaning o’z mablag’i hisobidan investitsiya strategiyasini amalga oshirish ko’zda tutiladi.

  5. Korxona investitsiya strategiyasini amalga oshirishda mavjud resurslarni baholash.

  6. Korxona investitsiya strategiyasining natijalarini baholash. Kunda korxonaning investitsiya strategiyasini amalga oshirish natijasida olingan natijalar tahlil qilinadi, ya’ni korxona mavqeining o’sishi, korxona hodimlari mehnat sharoitlarining yaxshilanishi, korxona mijozlariga xizmat ko’rsatishning yaxshilanishi va boshqalar.




2. 2-rasm. Kompaniyaning ishlab chiqilgan investitsion strategiyasini baholash mezonlari

Shunday qilib korxona investitsiya strategiyasining ishlab chiqish, korxonani samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, korxona rivojlanishi, uning ichki va tashqi faktorlarga ta’sirini moslashtirishda asosiy rol o’ynaydi.


Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish strategik rejalashtirish funktsiyalari asosida amalga oshiriladi.
Strategik rejalashtirish xo’jalik faoliyatida boshqaruv qarorlari uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – korxona hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni ta’minlashdan iborat. Jarayon sifatida strategik rejalashtirish o’zi ishlab chiqarishiga 4 xil faoliyatni qamrab oladi. Ularga quyidagilar kiradi: rasurslar taqsimoti; tashqi muhitga moslashish; ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish; tashkiliy o’zgarishlar.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə