Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə12/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

3. Loyiha ishtirokchilari.


Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilish jarayoni loyihaning ichki muhitiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu omillar quyidagilardir:
Maxsus tashkillashtirilganlik – loyihaning asosiy ishtirokchilari, huquqlar, taqsimot, javobgarlik va majburiyatlar orasidagi o’zaro aloqani aniqlab beradi hamda loyihani amalga oshirish muvaffaqiyatiga ta’sir qiladi.
Loyiha ishtirokchilari – loyihani amalga oshirish jarayonida turli xil qiziqishlarni amalga oshirib, maqsad va rag’batga mos ravishda o’z talablarini shakllantiradi va o’zlarining qiziqishlari, qobiliyatlari va loyiha “jalb qilinganlik” darajasi bilan loyihaga ta’sir ko’rsatadi.
Loyiha jamoasi – loyihaning “aql markazi”, motori va ishni bajaruvchi a’zosi bo’lib, loyihaning rivoji va muvaffaqiyati, ko’p jihatdan. unga bog’liq.
Loyiha ishtirokchilarining tarkibi. Ularning roli, loyihaning turi, qurilish ko’lami va murakkabligiga bog’liq holda vazifa va javbgarlikni taqsimlash xamda loyihaning hayotiylik tsikli fazalariga bog’liq holda shunday qilib, loyihaning vazifalari bo’yicha uning butun hayotiylik tsikli davomida amalga oshirish doimiy bo’lib hisoblanadi, ishtirokchilar tarkibi esa uning roli javobgarlik va majburiyatlarni taqsimlash o’zgarishi mumkin. Bu erda umum qabul qilingan qattiq reglamentlar yo’q. Quyida loyiha ishtirokchilari va ularning vazifalari sanab o’tilgan.
Tashabbuskor – loyihaning bosh g’oyasi bo’lgan tomon, uning loyihani amalga oshirish bo’yicha boshlang’ich asoslari va takliflari. Tashabbuskor sifatida loyihaning kelajakdagi ishtirokchilaridan deyarli har qaysi maydonga chiqishi mumkin, lekin natijada loyihani amalga oshirish bo’yicha ishbilarmonlik tashabbusi loyiha buyurtmachisidan kelib chiqishi kerak.
Buyurtmachi – asosiy tomon bo’lib, u loyihani amalga oshirish va uning natijalariga erishishdan manfaatdor. Loyihaning yangi egasi va natijalardan foydalanuvchidir. Buyurtmachi loyihaning asosiy talablari va ko’lamini aniqlab beradi, o’z vositalari yoki jalb qiluvchi investorlar vositalari xisobiga loyihani moliyalashtiradi, loyihani asosiy bajaruvchilari bilan shartnomalar tuzadi. Bu shartnomalar bo’yicha javobgar bo’ladi, loyihaning barcha ishtirokchilari orasidagi o’zaro munosabatlari jarayoni boshqaradi. Loyiha bo’yicha butun jamiyat va qonun oldida javobgar hisoblanadi.
Investor(lar) – loyihaga investorlar kirituvchi tomonlar, masalan, kredit yo’li bilan. Investorlar maqsadi loyihani amalga oshirishdan o’z investitsiyalari bo’yicha maksimal foyda. Agar buyurtmachi va investor bitta shaxs bo’lmasa, unda investor sifatida odatda banklar, investitsion fondlar va boshqa tashkilotlar chiqadi. Investorlar buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi, kontraktlar bajarilishini nazorat qiladi va loyihani amalga oishirish bo’yicha boshqa tomonlar bilan hisob-kitoblarni bajaradi. Investorlar loyihaning teng huquqli sherigi va uning mulklari egasi bo’lib, buyurtmachi bilan shartnoma yoki kredit kelishuvi bo’yicha, ularga barcha vositalar to’lanmaguncha, o’z investitsiyalari hisobiga hosil qilinadi.
Loyiha ob’ektlari va sub’ektlari.
Loyiha rahbari – yuridik shaxs bo’lib, unga buyurtmachi va investor loyihani boshqarishda, ishlarni boshqarishda hisobot beradi: rejalashtirish, nazorat va loyihaning barcha ishtirokchilari ishlarini boshqarish. Loyihaning rahbarining vazifalari va javobgarliklari tarkibi buyurtmachi bilan bo’lgan shartnoma asosida aniqlanadi. Lekin loyiha rahbari va uning jamoasi oldida, odatda, belgilangan muddatlar, byudjet va sifatga amal qilib loyihaning ma’lum maqsad va natijalariga erishguncha loyihaning hayotiylik tsikli davomida umum faoliyat rahbarligi va ishlar koordinatitsiyasi vazifasi qo’yiladi.
Loyiha jamoasi – maxsus tashkiliy tuzilma bo’lib, loyiha rahbari tomonidan boshqariladi va loyihani amalga oshirish davrida shakllantiriladi. Loyiha jamoasi vazifasi – loyihaning maqsadlari samarasiga erishishda loyihaning boshqaruv vazifalarini amalga oshirish. Loyiha jamoasi tarkibi va vazifalari loyihaning ko’lami, murakkabligi va boshqa xarakteristikalarga bog’liq; lekin har qanday holatda jamoa o’zlariga yuklatilgan barcha majburiyatlarni yuqori professional darajada ta’minlab berishi kerak.
Shartnomachi – loyihaning tomoni yoki ishtirokchisi bo’lib, buyurtmachi bilan o’zaro munosabatda bo’ladi, shartnoma bo’yicha ishlarni bajaralishi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga oladi – bu loyihaning to’liq yoki bir qismi bo’lishi mumkin. Shartnomachi maqsadi – mumkin bo’lgan eng yuqori foyda olish. Asosiy shartnomachi vazifalariga buyurtmachi bilan shartnoma tuzish, subshartnomalar bilan shartnoma tuzish va tanlash, ularning ishlarini boshqaruvini ta’minlash, bajaruvchilar ishlarini qabul qilish va to’lash. Shartnomachi sifatida loyiha raxbari yoki loyihaning boshqa faol ishtirokchilari chiqishi mumkin.
Subshartnomachi – yuqoriroq darajadagi shartnomachi yoki subshartnomachi bilan shartnoma aloqalariga kirishida. Shartnoma bo’yicha ish va xizmatlarni bajarishga javobgardir.
Loyihalovchi – yuridik shaxs bo’lib, loyiha doirasida loyihaviy izlanish ishlarini shartnoma bo’yicha bajaradi. Loyihaning asosiy shartnomachisi yoki bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga kirishadi.
Asosiy vositachi – yuridik shaxs bo’lib, uning taklifi buyurtmachi tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga javobgar. Alohida ishlar va xizmatlarni bajarishga subvositachilar bilan shartnomalar tuzadi va tanlaydi. Qurilish loyihalarida asosiy vositachi vazifasini odatda qurilish yoki loyiha-qurilish firmalari va tashkilotlari bajaradi.
Ta’minotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil etkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport vositalari va boshqalarni amalga oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar bo’lib, er maydoniga egalik qilish huquqi, savdo qilish, ma’lum turdagi ish va xizmatlar va hakazolar uchun ruxsat beradi.
Hukumat tashkilotlari – o’z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida soliq solish yo’li bilan qondiruvchi tomon bo’lib, loyihani amalga oshirish bilan bog’liq. Ekologik, ijtimoiy va boshqa umumiy va davlat talablarini olg’a suradi va qo’llaydi.
Er maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lib, loyiha jalb qilingan er maydoni egasidir. Erga egalik qilish yoki foydalanish xuquqini shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi.
Loyihaning yakuniy mahsuloti ishlab chiqaruvchisi – hosil bo’lgan asosiy foizlardan foydalanishni amalga oshiradi va yakuniy maxsulotni ishlab chiqaradi. Asosiy maqsad – tayyor mahsulotni iste’molchilarga sotishdan daromad olish. Loyihaning barcha bosqichlarida ishtirok etadi va loyihaning asosiy ishtirokchilari bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Uning roli va vazifasi loyihaning yakuniy natijalarida mulk hissasiga bog’liq. Ko’p hollarda, loyiha buyurtmachisi va investordir.
Yakuniy mahsulot iste’molchilari ­– yuridik va jismoniy shaxslar bo’lib, mahsulot sotib oluvchilari va foydalanuvchilaridir, ishlab chiqarilayotgan maxsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarga talablarni belgilab unga talabni shakllantirishadi. Loyiha xarajatlari iste’molchilar vositalari hisobiga qoplanadi va loyihaning barcha ishtirokchilari foydasi shakllanadi.
Loyihaning boshqa ishtirokchilari. Loyihani amalga oshirishga loyiha muhxitining boshqa tomonlari ham ta’sir ko’rsatib, ular loyiha ishtirokchilari bo’lishi ham mumkin, bu: asosiy ishtirokchilarning raqiblari; loyihani amalga oshirishda iqtisodiy manfaatlari to’qnashadigan ijtimoiy guruhlar va noiqtisodiy loyiha xomiylari; turli injenerlik tashkilotlari, (loyihaga jalb etilgan) va boshqalar.

  1. Fan sohasi – maqsadlar, vazifalar, ish va asosiy natijalar ya’ni “loyihani amalga oshirish” uchun nima qilish kerak? hamda uning qulayliklari va murakkabligi, belgilangan muddatlari.

  2. Loyihani amalga oshirish jarayoniga jalb qilingan mulkiy aloqalar (nima, qancha turadi va kimga tegishli?).

  3. Loyihani amalga oshirishning asosiy g’oyalari (qanday bajarish?).

  4. Loyihaning asosiy aktiv ishtirokchilari (kim bajaradi ?).

  5. Loyihaning asosiy passiv ishtirochilari. (loyiha kimga tegishli?).

  6. Loyiha ishtirokchilari rag’bati qanday? (tahliliy daromad, zarar, xatarchilik va hakazo).



4. “Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funktsional menejmentning o’zaro bog’liqligi.

Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir. Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir.


Loyihalarni boshqarish amaliy va sintetik fan hisobanadi. Loyihalarni boshqarishning alohida fan sifatida yuzaga kelishi loyihalarni boshqarishga bo’lgan talab va boshqarish usullarini ishlab chiqish va tanlashga bo’lgan zaruriyatning ortishi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Bu, ayniqsa, 1970-yillarda G’arb mamlakatlaridagi yirik kompaniyalarning aksariyat qismida faoliyat sohalarining kengayishi va murakkablashib borishi, raqobat sharoitlarining kuchayishi sabab loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanishi va keng foydalanilishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Loyihalarni boshqarish loyihaning mohiyatiga ko’ra amal qilinishi maqsadga muvofiq sanaladi. Bunda loyihaning quyidagi alohida belgilariga e’tiborni qaratish muhimdir:
- bir qator texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshqa talablarning bir vaqtning o’zida bajarilishi bilan erishilishi zarur bo’lgan aniq maqsadlar;
- loyihani amalga oshirish jarayonida muvofiqlashtirilishi talab etiluvchi vazifalar, operatsiyalar va resurslarning tashqi va ichki o’zaro bog’liqligi;
- loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatini aniqlash;
- resurslarning cheklanganligi;
- loyiha maqsadlarining betakrorlik darajasi va amalga oshirilish shart-sharoitlarini aniqlash;
- turli xil kelishmovchiliklardan qocha bilmaslik.
Iqtisodiyot transformatsiyasi va xalqaro integratsiyalashuvi, iqtisodiyotda tarkibiy va tuzilmaviy o’zgarishlar tobora kuchayib borgan sari yangi xo’jalik sub’ektlarining paydo bo’lishi, ularning va mavjudlarining kuchli raqobat va turli omillari ta’siri yuqori bo’lgan sharoitda yashab qolishi va rivojlanishi tobora murakkablashib boraveradi. Bu holat investitsiya loyihalarini boshqarishga nisbatan bo’lgan talab va mas’uliyatni ham yanada oshirishga olib keladi, o’z navbatida, yangidan-yangi usullarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’ladi.
Investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi va uni qo’llashning dolzarbligini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
1. Investitsiya loihalarini boshqarish usullarining paydo bo’lish sabablari:
- loyiha tushunchasi;
- jamiyatda, korxona va tashkilotlarda faoliyatning loyihaviy shakllari kegayishi;
- hajmi, tuzilishi, qiymati, vaqti, atrof-muhit va jamiyatga ta’siri, risklarning ortishi bo’yicha investitsiya loyihalarining murakkablashishi;
- an’anaviy tashkiliy shakllarning qanoatlantirmasligi;
- turli kelishmovchilik va muammolar sonining ortishi;
- samarasiz, omadsiz loyihalarning qo’llanilish holatlari.
2. Investitsiya loyihalarini boshqarishni qo’llashning dolzarblik kasb etishi va uning ortib borishi.
3. Investitsiya loyihalarini boshqarishning muqobillari yuazaga kelishi.
4. Investitsiya loyihalarini boshqarishning mohiyatini o’rganishga bo’lgan talabning ortib borishi:
- maqsadning natijaga qaratilganligi. Huquq va majburiyatlarning ravshanlashib borishi;
- matritsali tashkil etish;
- kelishmovchilik va muammolardan ogohlantirish;
- investtsiya loyihalarini boshqarishni omadli qo’llashga misollarning mavjudligi.
Shunga muvofiq, investitsiya loyihalarini boshqarish usullari quyidagilarni ta’minlashi lozimligi muhim hisoblanadi:
- loyiha maqsadini aniqlash va uning asoslanishini amalga oshirish;
- loyihaning tarkibiy tuzilishini aniqlash (maqsad yo’nalishlari, bajariladigan ishlarning asosiy bosqichlari);
- loyihani moliyalashtirishning zaruriy hajmi va manbalarini aniqlash;
- ijrochilarni aniqlash, jumladan, konkurs va tender jarayonlari orqali aniqlash;
- shartnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
- loyihani bajarish muddatini aniqlash, uni amalga oshirish garfigini ishlab chiqish, zaruriy resurslarni hisoblab chiqish;
- loyiha smetasi va kapital byudjetini hisoblab chiqish;
- risklarni rejalashtirish va hisoblash;
- loyihaning bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash va boshqa ishlar.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə