Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#152063
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi-fayllar.org


Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi




KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA UNING 
TASHKIL ETILISHI 
Reja: 
1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
1.2. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari
1.3. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini yuritishning
oʻziga xos xususiyatlari
1.4. Korporativ moliyaviy siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari
Tayanch soʻz va iboralar: moliya, korporativ, korporativ moliya, moliyaviy 
munosabat, prinsip, biznes, tashkiliy-huquqiy shakl, korporativ moliyaviy siyosat
oʻzini oʻzi moliyalashtirish, majburiyatlar boʻyicha javobgarlik 

1.1. Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyati va prinsiplari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi
sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor munosabatlarida
bozorning har qanday sub‘ekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu
jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish korporativ moliyaning jamiyatdagi
rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi pul hisoblanadi. Pul
mablagʻlarining sub‘ektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati moliyaviy munosabatning
yuzaga kelish asosiy shartidir.
Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini
yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini
anglatadi. Bunda korporativ tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va
taqsimlash, ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida
xizmat qiladi.
Shu oʻrinda ta‘kidlash lozimki, korporativ tuzilma bu tadbirkorlik faoliyati
bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxsdir. Yuridik shaxs tushunchasi esa oʻz mulkida,
xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan
hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz
nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni
amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‘vogar va javobgar
boʻla oladigan tashkilotni anglatadi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni
iqtisodiy mazmuniga koʻra quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha guruhlash mumkin:
- ta‘sischilar oʻrtasida;
- alohida korxonalar oʻrtasida;
- korxonalar va ularning boʻlinmalari oʻrtasida;
- korxonalar va ularning ishchi-xodimlari oʻrtasida;
- korxonalar va yuqori turuvchi tashkilotlar oʻrtasida, moliya-sanoat
guruhlari tarkibidagi biznes sub‘ektlari oʻrtasida, xolding tarkibidagi biznes
sub‘ektlari oʻrtasida;



- korxonalar va davlat moliya tizimi oʻrtasida;


- korxonalar va bank tizimi oʻrtasida;
- korxonalar va sugʻurta kompaniyalari oʻrtasida;
- korxonalar va fond birjalari oʻrtasida;
- korxonalar va investitsiya institutlari oʻrtasida.
Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli
fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondining oʻz maqsad va vazifalari belgilanadi.
Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xoʻjalik faoliyatini kerakli mablagʻlar
bilan ta‘minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi;
pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika
jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani oʻzlashtiradi va joriy etadi; sub‘ektlarni
iqtisodiy ragʻbatlantiradi; budjet, bank va hokazolar bilan hisob- kitoblarni amalga
oshiradi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, korporativ moliya moliya tizimida muhim rol
oʻynaydi. Shu bois moliya tizimining mazkur boʻgʻinini samarali tashkil etish va
rivojlantirish aniq prinsiplarga asoslanadi. Ular korporativ tuzilmalarning ta‘sis
hujjatlarida belgilab qoʻyilgan maqsad va vazifalar bilan bevosita bogʻliq va ular
quyidagilar:
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish;
- oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash va oʻz-oʻzini moliyalashtirish;
- aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga
ajratish;
- moliyaviy zaxiralar tashkil etish.



Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə