Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja


IV. Faoliyatning boshqa turlari



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə7/9
tarix19.12.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#152063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi-fayllar.org

IV. Faoliyatning boshqa turlari: 
milliy shirinliklar, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari, pop-korn,
frezerda muzqaymoq, salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek, uy
sharoitlarida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan



maxsus joylarda oʻtirish joylari tashkil etmasdan donalab sotiladigan taomlarning


ayrim turlarini tayyorlash;
oʻlchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish;
qurilish, ta‘mirlash va bezash boʻyicha alohida ishlarni bajarish (kapital
qurilish, qurilish-montaj ishlari boʻyicha yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatishdan
tashqari);
repetitorlik xizmatlari;
tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari;
bolalarning oʻyinchoq avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlar;
axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab
chiqarish, sotish, ta‘mirlash va ulardan foydalanish;
dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interer, mebel va hokazolar), shuningdek,
chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik san‘ati;
kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter oʻyinlarini
tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish
xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar;
tashrif qogʻozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish;
muqovalash ishlari;
reklamani ishlab chiqish va joylashtirish;
sugʻurta agentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish;
tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (toʻy, yubiley, tugʻilgan kun
va hokazolar);
koʻylak va kostyumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish;
ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari);
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport
seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari;
toʻgaraklar tashkil etish va yuritish;
tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari;
uy hayvonlariga qarash xizmatlari;
veterinariya faoliyati;
yuklarni avtomobil transportida tashish;
yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish;
oʻsimlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xomashyoni
etishtirish, yigʻishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish;
gullar va dekorativ daraxtlar etishtirish va sotish;
akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va
sotish;
shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatlari (metall
chiqindilaridan tashqari);
rieltorlik faoliyati;
jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus texnikadan (traktorlar, avtokranlar,
buldozerlar, ekskavatorlar va boshqalardan) foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish;



ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat


shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish;
matritsali printerlar va alfavit-raqam yozadigan qurilmalar uchun boʻyovchi
tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash;
qogʻozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash;
telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik
xizmatlari koʻrsatish (abonentlar yoki xizmatlar koʻrsatuvchilarga ma‘lumot-
axborot xizmati koʻrsatish, xizmat koʻrsatuvchilarning xizmati uchun toʻlovlarni
qabul qilish);
tashkilotlar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (xom sut, sabzavotlar,
mevalar, asal, teri va moʻyna) tayyorlash boʻyicha xizmatlar;
paxta (ilgari iste‘molda boʻlgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari;
ekskursiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha turizm faoliyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-
son ―Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni hamda
hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida‖gi qarori bilan tasdiqlangan ―Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy
tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida‖gi
Nizom asosida hunarmandchilik faoliyatini tashkil etish tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi ―Xususiy
mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta‘minlash,
ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida‖gi Farmoniga asosan 2015-yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi
tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi
miqdorida sugʻurta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun
belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq toʻlash sharti bilan bir
nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi beriladi. Bunda yakka tartibdagi
tadbirkorlar kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni
bitirgandan boshlab oʻn ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan
soliqdan ozod etiladi. Mazkur imtiyozdan yakka tartibdagi tadbirkorlarning
foydalanishi kelgusida ularning faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shugʻullanayotganlar uchun ishchi yollash huquqining taqdim etilishi ular
faoliyatining yanada kengayishi orqali kelgusida bevosita yuridik shaxs sifatida
faoliyatini davom ettirishga zamin yaratadi.

Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə