Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə2/9
tarix19.12.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#152063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi-fayllar.org

Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻz-oʻzini tartibga solish prinsipi 
mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holda ishlab
chiqarish va ilmiy-texnik taraqqiyot boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularni amalga
oshirishda korxonalarga toʻliq mustaqillik taqdim etilganligini oʻzida ifodalaydi.
Korxonalar ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat)ga talabdan kelib chiqqan
holda rivojlanish istiqbollarini belgilaydi va oʻz faoliyatini rejalashtiradi. Tezkor va
joriy rejalar asosini xaridorlar bilan tuzilgan mahsulot yetkazib berish va mol
yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan moddiy resurslar bilan ta‘minlash boʻyicha
tuzilgan shartnomalar tashkil etadi. Moliyaviy rejalar biznes rejada koʻzda tutilgan
tadbirlarni pul mablagʻlari bilan ta‘minlashga, shuningdek, davlat budjeti bilan
hisob-kitoblarni kafolatlashga qaratilgan. Aylanma mablagʻlarni toʻldirish oʻz
moliyaviy resurslari (sof foyda), zarur holatlarda qarz mablagʻlari va boshqa jalb
qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipi korxonani rivojlantirish uchun
yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab
olinishini nazarda tutadi. Bu mablagʻlar tegishli korxona xususiy kapitalining
minimal iqtisodiy samaradorligini ta‘minlashga qaratilgan.
Korxona oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashda takror ishlab chiqarish jarayonini oʻz
manbalari hisobiga moliyalashtiradi va tegishli budjetlarga soliqlar toʻlaydi.
Amaliyotda mazkur prinsipga amal qilish barcha korxonalarda samarali ishlashni
va zararlarni tugatishni talab qiladi.


Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashdan farqli ravishda oʻz-oʻzini moliyalashtirish


nafaqat samarali faoliyat koʻrsatish imkonini beradi, balki tadbirkorlik faoliyati
asosida moliyaviy resurslarni shakllantirish imkonini ham yaratadi. Oʻz-oʻzini
moliyalashtirish prinsipi shartnoma majburiyatlariga, kredit-hisob-kitob va soliq
intizomiga rioya qilish orqali korxonalarda moddiy javobgarlikni kuchaytirish
imkonini beradi. Xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzish natijasida jarimalar
toʻlash, shuningdek, boshqa tashkilotlarning zararlarini qoplash mahsulot yetkazib
berish boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan korxonani ozod qilmaydi.
Oʻz-oʻzini moliyalashtirish prinsipini amalga oshirish uchun quyidagi
shartlarga rioya qilish lozim:
- joriy va investitsion faoliyat boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun yetarli
miqdorda oʻz kapitalini jamgʻarish;
- kapitalni joylashtirish uchun maqbul yoʻnalishlarni tanlash;
- asosiy kapitalni doimiy ravishda yangilab borish;
- tovar va moliya bozorlari talabiga moslasha olish.
Korporativ moliyani boshqarish amaliyotida pul oqimlari sinxronligini
ta‘minlash masalasiga alohida e‘tibor qaratish talab etiladi. Chunki pul oqimlari
oʻzaro mosligini ta‘minlash faoliyat uzluksizligiga xizmat qiladi. Buning uchun esa
kapitalni oqilona joylashtirish va bozor talablariga tez moslashuvchanlik doimiy
nazoratga olinishi lozim boʻladi.
Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga 
ajratish prinsipi alohida tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik
xususiyatlarga koʻra belgilanadi. Mavsumiylik xususiyatiga ega tarmoqlarda (savdo,
oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) aylanma mablagʻlarni shakllantirishning
qarz manbalarining ulushi yuqoriligini kuzatish mumkin. Mavsumiylik xususiyatiga
ega boʻlmagan tarmoqlarda (ogʻir sanoat, transport, aloqa) aylanma mablagʻlarni
shakllantirish manbalari tarkibida oʻz aylanma mablagʻlari ustunlikka ega boʻladi.
Moliyaviy zaxiralar tashkil etish hamkorlar oldida oʻz majburiyatlarini
bajarmaslik
natijasida
moddiy
javobgarlikning
oʻsib
borishi,
bozor
konyukturasining mumkin boʻlgan tebranishlari sharoitida korxonalarda barqaror
faoliyatni ta‘minlash uchun zarurdir. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy zaxiralar
qonunchilikda belgilangan tartibda sof foyda hisobidan shakllantiriladi. Boshqa
xoʻjalik sub‘ektlarida esa moliyaviy zaxiralar ta‘sis hujjatlari asosida tashkil etiladi.
Masalan, mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar oʻzining ustavida nazarda tutilgan, lekin
oʻz ustav kapitalining oʻn besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda zaxira fondini
vujudga keltirishi mumkin. MChJ zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan
miqdorga yetgunga qadar har yili sof foydadan ajratmalar qilish yoʻli bilan
shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyat ustavida belgilab qoʻyiladi,
lekin u jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh
foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Amaliyotda mazkur prinsiplarga rioya qilishni ta‘minlash korporativ moliyani
boshqarish tizimlarini tashkil etish va moliyaviy siyosatni ishlab chiqish



orqali amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarni hisobga olish maqsadga


muvofiq:
- faoliyat doirasi va yoʻnalishlari (mahalliy yoki xalqaro doirada; eksport yoki
import);
- tarmoq xususiyatlari;
- tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari.
Keltirilgan prinsiplarga rioya qilish korxonalarning moliyaviy barqarorligi,
toʻlovga layoqatliligi, daromadliligi va bozordagi faolligini ta‘minlaydi.
Bugungi kunda biznesni tashkil etish uni amalga oshirishning turli xil
shakllarini taqozo etadi. Biror bir shaklni tanlash koʻp sonli omillarga bogʻliq holda
amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlash lozim boʻladi: belgilangan asosdagi
tashkiliy-huquqiy xususiyatlar; kapital egalari oʻrtasidagi munosabatni oʻzida
ifodalovchi mulkchilik shakli; nafaqat texnologik jarayonlar, shu bilan birga
resurslar, shu jumladan moliyaviy resurslarni ham talab qilish darajasiga koʻra
faoliyat xususiyatlari. Bulardan tashqari biznesni tashkil etish nuqtai nazaridan
tabiiy-iqlim va geografik sharoitlarni ham hisobga olish lozim boʻladi.
Umuman keltirib oʻtilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda korxonalardan
resurslarni oʻzlashtiribgina qolmasdan qoʻyilgan maqsadlarga erishish ham talab
etiladi. Natijada iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, davlat, milliy, global ahamiyat kasb
etuvchi masalalar oʻz yechimini topishi mumkin. Shunda tashkil etiladigan biznes
faoliyati muvaffaqiyat keltirishi bilan birga kutilgan natijaga erishish va eng asosiysi
maqsadlarga erishish imkonini beruvchi biznez jarayonini doimiy yangilab borishga
ham imkon beradi.

Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə