Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja


-jadval  Yangi tahrirdagi qonun qabul qilingunga qadar ochiq va yopiq



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#152063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi-fayllar.org

1-jadval 
Yangi tahrirdagi qonun qabul qilingunga qadar ochiq va yopiq 
aksiyadorlik jamiyatlariningoʻzaro farqli jihatlari 
Farqli 
xususiyatlari 
Ochiq aksiyadorlik 
jamiyatlari 
Yopiq aksiyadorlik 
jamiyatlari 
Aksiyadorl
ar soni
Cheklanmagan
3 ta shaxsdan kam,
50 ta shaxsdan koʻp boʻlishi
mumkin emas
Ustav
kapitaliga
qoʻyiladigan
minimal talab
400.000 AQSh dollariga
teng soʻm ekvivalentida
400.000
AQSh
dollariga
teng
soʻm
ekvivalentida
Aksiyalarn
ing
joylashtirilishi
Ochiq obuna va fond
birjasi orqali erkin savdo tashkil
etilishi
Yopiq
obuna.
Aksiyalar faqat ta‘sischilar
yoki
oldindan
belgilab
qoʻyilgan shaxslar oʻrtasida
joylashtiriladi
Aksiyalar
boʻyicha mulk
huquqini boshqa
shaxsga oʻtkazish
imkoniyati
Cheklanmagan:
aksiyadorlar
yoki
jamiyat
tomonidan
rozilik talab
qilinmaydi
Boshqa aksiyadorlar
aksiyani
sotib
olishda
ustunlikka
ega
boʻladi.
Aksiyador
boʻlmagan
boshqa
shaxslarga
toʻgʻridan-toʻgʻri sotish
boʻyicha chegaralar mavjud
Axborotnin
g oshkor qilinishi
Har yili qonunchilikda
belgilangan tartibda axborotni
oshkor qilishga majbur
Axborot
oshkor
qilinishi
boʻyicha hech
qanday talab mavjud emas



Bugungi kunda esa yangi tahrirdagi qonunga asosan aksiyadorlik jamiyati o’zi


chiqarayotgan aksiyalarni ochiq obuna o’tkazish orqali ommaviy joylashtirish yo’li
bilan, shuningdek, yopiq obuna o’tkazish orqali xususiy joylashtirishlari mumkin.
Lekin aksiyadorlik jamiyatlari ochiq hamda jopiq aksiyadorlik jamiyatlariga
ajratilmaydi.
Ochiq obuna tashkil etilganda aksiyadorga aylangan shaxslar o’zlariga
tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning va jamiyatning roziligisiz o’zga
shaxsga berishga haqli. Agarda aksiyadorlarning soni ellik nafardan oshmasa hamda
aksiyalar yopiq obuna shaklida tashkil etilgan bo’lsa aksiyadorlik jamiyati ustavida
ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni
uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx bo’yicha va shartlar asosida,
aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish
yuzasidan aksiyadorlar uchun; agar ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari o’z
imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan bo’lsa, jamiyatning aksiyadorlari sotayotgan
aksiyalarni olish yuzasidan jamiyat uchun imtiyozli huquq nazarda tutilishi mumkin.
O’z aksiyalarini sotayotgan aksiyador aksiyalarini sotish niyati to’gʻrisida
boshqa aksiyadorlarni aksiyalarning narxini va uchinchi shaxsga taklif etish
shartlarini ko’rsatgan holda to’gʻridan-to’gʻri yoxud jamiyat orqali yozma shaklda
xabardor qilishi shart.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalarni olishga doir imtiyozli huquqni amalga
oshirish tartibi va muddatlari jamiyat ustavida belgilanadi, bunda imtiyozli
huquqdan foydalanish muddati aksiyalar sotuvga qo’yilgan paytdan e‘tiboran o’n
kundan kam va o’ttiz kundan ko’p bo’lishi mumkin emas.
Aksiyador tomonidan o’ziga tegishli aksiyalar imtiyozli huquq buzilgan
holda sotilgan taqdirda, jamiyatning istalgan aksiyadori va (yoki) jamiyat bunday
qoidabuzarlik to’gʻrisida aksiyador yoki jamiyat bilgan yoxud bilishi lozim bo’lgan
paytdan e‘tiboran uch oy ichida o’ziga sotib oluvchining huquq va majburiyatlari
o’tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega. Aksiyalarni olishga bo’lgan
ushbu imtiyozli huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo’l qo’yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatlari filiallar tashkil etishlari va vakolatxonalar
ochishlari mumkin. Filial jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida
joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki ularning bir qismini, shu
jumladan vakolatxonaning vazifalarini amalga oshiradigan alohida bo’linmasidir.
Vakolatxona esa jamiyatning jamiyat joylashgan yerdan tashqarida joylashgan,
uning manfaatlarini ifodalaydigan va bu manfaatlarni himoya qilishni amalga
oshiradigan
alohida
bo’linmasidir. Aksiyadorlik jamiyati filiallari va
vakolatxonalari yuridik shaxs hisoblanmaydi, ular jamiyatning kuzatuv kengashi
tomonidan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi. Filialga va vakolatxonaga
berib qo’yilgan mol-mulki jamiyatning balansida hisobga olinadi. Filialning yoki
vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan tayinlanadi va jamiyat tomonidan
berilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Filial hamda vakolatxona faoliyati
uchun javobgarlik ularni tashkil etgan va ochgan jamiyat zimmasida bo’ladi.



Jamiyat tomonidan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil


etish va vakolatxonalar ochish, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, filiallar va
vakolatxonalar joylashgan yerdagi mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Jamiyat aksiyadorlik jamiyati yoki mas‘uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi
sho’‘ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga ega bo’lishi mumkin. Sho’‘ba xo’jalik
jamiyati o’zining asosiy jamiyati majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi.
Sho’‘ba xo’jalik jamiyatiga majburiy ko’rsatmalar berish huquqiga ega bo’lgan
asosiy jamiyat bunday ko’rsatmalarni bajarish uchun sho’‘ba xo’jalik jamiyati
tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan sho’‘ba xo’jalik jamiyati bilan solidar
javobgar bo’ladi. Asosiy jamiyatning sho’‘ba xo’jalik jamiyatiga majburiy
ko’rsatmalar berish huquqi faqat sho’‘ba xo’jalik jamiyati bilan tuzilgan
shartnomada yoki sho’‘ba xo’jalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda
asosiy jamiyat bunday huquqqa ega deb hisoblanadi.
Sho’‘ba xo’jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrot bo’lgan
taqdirda asosiy jamiyat sho’‘ba xo’jalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan
subsidiar javobgar bo’ladi.
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xo’jalik jamiyatining ovoz beruvchi
aksiyalarining (ulushlarining) yigirma foizidan ortigʻiga ega bo’lsa, xo’jalik jamiyati
tobe deb e‘tirof etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxsni ta‘sis etish yoki qayta tashkil etish
(qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi
mumkin.
Jamiyatni ta‘sis etish yo’li bilan tashkil etish muassislarning (muassisning)
qaroriga ko’ra amalga oshiriladi. Jamiyatni ta‘sis etish to’gʻrisidagi qaror ta‘sis
yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta‘sis etilgan
taqdirda jamiyatni ta‘sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda
qabul qilinadi.
Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to’gʻrisida o’zaro ta‘sis
shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning jamiyatni ta‘sis etishga doir
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat ustav fondining (ustav
kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim bo’lgan
aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash tartibi,
muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Jamiyatni ta‘sis etish to’gʻrisidagi qaror muassislarning ovoz berish
natijalarini hamda jamiyatni ta‘sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning
boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan
qarorlarni aks ettirishi kerak.
Jamiyatni ta‘sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’gʻrisidagi va muassis
tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to’lash uchun kiritilayotgan qimmatli
qogʻozlarning, o’zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega



bo’lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi


qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tashkil etish O’zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirilayotganda aksiyadorlik
jamiyatini ta‘sis etish to’gʻrisidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli
organ tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi.
Agar qonunda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan
bo’lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo’lishi mumkin
emas.
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirilayotganda davlat
mulkini tasarruf etishga vakolatli organ jamiyatning muassisi bo’ladi.
Jamiyat muassislari o’rtasida aksiyalarni taqsimlash ta‘sis hujjatiga muvofiq
amalga oshiriladi.
Ta‘sis yigʻilishida jamiyatni ta‘sis etish to’gʻrisida qaror qabul qilinadi va
uning ustavi tasdiqlanadi; ta‘sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan
shartnomalar tasdiqlanadi; muassislar tomonidan aksiyalar haqini to’lash tartibi
belgilanadi; chiqariladigan aksiyalarning turlari va soni belgilanadi; jamiyatning
kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisini) saylanadi; jamiyatning ijroiya
organi tuziladi. Ta‘sis yigʻilishida ovoz berish muassislar kiritadigan ulushlarga
muvofiq o’tkaziladi.
Ta‘sis yigʻilishi qarorlarni oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qiladi, bundan
ta‘sis shartnomasini o’zgartirish to’gʻrisidagi qarorlar qabul qilinadigan hollar
mustasno bo’lib, buning uchun barcha muassislarning roziligi talab etiladi. Ta‘sis
yigʻilishining qarorlari jamiyatning barcha muassislari tomonidan imzolanadigan
bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat tashkilotini aksiyadorlik jamiyati etib o’zgartirish davlat mulkini
tasarruf etishga vakolatli organ tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida ta‘sis
yigʻilishini o’tkazmasdan amalga oshiriladi.
Bir muassisdan iborat bo’lgan jamiyatda ta‘sis yigʻilishi o’tkazilmaydi.
Ustav aksiyadorlik jamiyatining ta‘sis hujjati bo’lib, unda quyidagi
ma‘lumotlar bo’lishi kerak:
- jamiyatning to’liq (agar bo’lsa qisqartirilgan) firma nomi, joylashgan yeri
(pochta manzili) va elektron pochta manzili;
- faoliyatining sohasi (asosiy yo’nalishlari) va maqsadi;
- ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
- jamiyat aksiyalarining soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
- jamiyat boshqaruvining tuzilmasi, jamiyat kuzatuv kengashining, taftish
komissiyasining va ijroiya organining a‘zolari soni, bu organlarni shakllantirish
tartibi, ularning vakolatlari.
Ustavda jamiyatning ustav kapitalidagi bitta aksiyadorga tegishli bo’lgan
ulushning eng ko’p miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.



Quyida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida


yuridik va jismoniy shaxs hisoblangan aksiyadorlarning oʻzaro nisbati tahlili,
aksiyadorlarning jamiyatlar ustav kapitalidagi ulushi tahlili, resident va
norezidentlarning aksiyadorlik jamiyatlari ustavidagi ishtiroki tahlilini koʻrib
chiqamiz (1-rasm).
1-rasm. Aksiyadorlar tarkibi va ularning ustav kapitalidagi ulushi 

Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə