Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja


 Korporativ moliyaviy siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#152063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi-fayllar.org

1.4. Korporativ moliyaviy siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati davomida moliyaviy
munosabatlarning toʻgʻri tashkil etilishi qoʻyilgan maqsadga erishishda muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e‘tiborni
korxonalar moliyasini samarali tashkil etishga, korxonalar moliyasini boshqarishni
toʻgʻri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani



boshqarishni toʻgʻri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy siyosatga


bogʻliq.
Korporativ moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish
korxonalarning barcha moliyaviy munosabatlarini qamrab olishi lozim. Bunda
moliyaviy siyosat – korxonaning ta‘sis hujjati (ustavi)da aks etgan strategik va taktik
maqsadlarga erishish uchun moliyadan maqsadga yoʻnaltirilgan holda foydalanishni
oʻzida aks ettiradi. Masalan, tovar bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirish; mos
ravishda aktivlar hamda xususiy kapital rentabelligiga erishish; toʻlovga layoqatlilik
va balans likvidliligini ta‘minlash; aksiyadorlar mulkiy imkoniyatlarini oshirish va
boshqalar.
Umuman, korporativ moliyaviy siyosatda quyidagilar nazarda tutiladi:
kapital tarkibi va qiymatini optimallashtirish;
korporativ tuzilmaning moliyaviy barqarorligi, amaliy va bozor aktivligini
ta‘minlash;
aksiyadorlar, investorlar va kreditorlar uchun korporativ tuzilmaning
moliyaviy ochiqligiga erishish;
qimmatli qogʻozlar emissiyasi, moliyaviy lizing, loyihaviy moliyalashtirish
yordamida kapital jalb qilishning bozor mexanizmlaridan foydalanish;
korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining strategik maqsadlarini hisobga
olgan holda moliyaviy holat diagnostikasi asosida korporativ moliyani boshqarish
mexanizmini ishlab chiqish.
Korporativ tuzilma pul oqimlari va moddiy zaxiralar oʻrtasida balanslilikka
erishish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
ustav kapitalini shakllantirish (pul koʻrinishida yoki moddiy koʻrinishda) va
faoliyat uchun qoʻshimcha mablagʻlarni (resurslarni) jalb qilishning eng ratsional
usullari aniqlanadi;
kontragentlar bilan hisob-kitoblar usullari va muddati, jarimalar qoʻllanilishi
bilan bogʻliq xoʻjalik shartnomalari shart-sharoitlari aniqlanadi;
xarajatlar, daromadlar, foyda va investitsiyalar javobgarlik markazlarini
yaratish asosida budjet boshqaruvi tizimi joriy qilinadi.
Korporativ moliyani boshqarish tizimini ishlab chiqish jarayonida yetarlicha
pul mablagʻlari va toʻlovga layoqatlilikning yuqori darajasi sharoitida
korporatsiyani
rivojlantirish
va
mulkdorlar
(aksiyadorlar)
manfaatlarini
uygʻunlashtirish muammosi paydo boʻladi. Bunday sharoitda korxona faoliyat
davomiyligi va qoʻyilgan maqsadlar tavsifidan kelib chiqqan holda strategik va
taktik moliyaviy vazifalar qoʻyiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
korporativ moliyaviy siyosatni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin (3-rasm).



3-rasm. Korxonalar moliyaviy siyosati 


Yana shuni ham ta‘kidlash lozimki, korxonalarning davlat bilan oʻzaro moliyaviy
bogʻliqlik mexanizmini samarali tashkil etish korporativ moliyaviy siyosatda alohida
e‘tibor talab qiladigan masalalardan biri sanaladi.
Umuman umumdavlat moliyasining korporativ moliya bilan oʻzaro
bogʻliqligini quyidagilarda koʻrish mumkin (4-rasm).
Investitsion, emission, dividend
siyosatini tanlash
Mulkdorlar va menejerlar
manfaatlari tengligini saqlash
Fond bozoridagi xalqaro moliyaviy
aloqalar va pozitsiyalarini qoʻllab-
quvvatlash
Biznes qiymatini maksimallashtirish
yoʻllarini tanlash
«Tadbirkorlik» kapitalini yaratish

Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə