Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi reja


 Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari



Yüklə 70,25 Kb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü70,25 Kb.
#152063
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi-fayllar.org

1.2. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllari 
Mamlakatimizda biznesni tashkil etishning korporativ shakllari sifatida
mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar va aksiyadorlik jamiyatlari koʻp uchraydi.
Mas‟uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta‘sis
etilgan, ustav kapitali ta‘sis hujjatlari bilan belgilab qoʻyilgan miqdorlardagi
ulushlarga boʻlingan jamiyat tan olinadi. Mas‘uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar
uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar.
Mas‘uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) belgilangan tartibda davlat
roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan e‘tiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
MChJ oʻz faoliyati davomida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning
ta‘sischisi boʻlishi va ularning ustav kapitalida ishtirok etishi, vakolatxonalar va
filiallar tuzishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar MChJlarning ishtirokchilari boʻla oladi.
Qonunchilikka asosan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok
etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa,
jamiyatning ishtirokchilari boʻlishga haqli emaslar.
Jamiyat bitta shaxs tomonidan ta‘sis etilishi mumkin boʻlib, u jamiyatning
yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi boʻlgan



jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bir shaxsdan iborat


boshqa xoʻjalik jamiyatiga ega boʻlishi mumkin emas. MChJ ishtirokchilarining
soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
Agar MChJ ishtirokchilarining soni belgilangan me‘yordan oshib ketsa,
jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi
etib qayta tuzilishi kerak. Agar koʻrsatilgan muddat davomida jamiyat qayta
tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me‘yorga qadar
kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning talabiga
binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
MChJlarni ta‘sis etish ta‘sischilar tomonidan ta‘sis shartnomasini tuzish va
jamiyat ustavini tasdiqlashdan boshlanadi. Ta‘sischilar tomonidan jamiyatning ijro
etuvchi organlari saylanadi yoki tayinlanadi, shuningdek, jamiyatning ustav
kapitaliga naqd pulsiz ulushlar qoʻshilgan holatlarda, ularning balansga kiritilish
bahosini tasdiqlaydilar. Jamiyat ustavini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek,
jamiyat ta‘sischilari kiritadigan ulushlarning puldagi bahosini tasdiqlash
toʻgʻrisidagi qaror ta‘sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi lozim. Boshqa
qarorlar esa jamiyatning ta‘sischilari tomonidan qonunchilik hujjatlarida va
jamiyatning ta‘sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinishi mumkin.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, MChJlarning ta‘sis shartnomasi va ustavi
jamiyat ta‘sis hujjatlari hisoblanadi. Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta‘sis etilsa,
shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning ta‘sis hujjati hisoblanadi. Agarda jamiyat
ishtirokchilarining soni ikki va undan ortiq shaxsni tashkil etsa, ular oʻrtasida ta‘sis
shartnomasi tuzilishi shart.
Jamiyat ishtirokchisining, auditorning yoki istalgan manfaatdor shaxsning
talabiga binoan jamiyat ularga jamiyatning ta‘sis hujjatlari bilan, shu jumladan unga
kiritilgan oʻzgartishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi shart. Jamiyat
ishtirokchisining talabiga binoan jamiyat unga jamiyatning ta‘sis shartnomasi va
ustavi nusxalarini berishi shart. Nusxalarni berganlik uchun jamiyat tomonidan
olinadigan haq ularni tayyorlashga ketgan xarajatlardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamiyatning ta‘sis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining
umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning ta‘sis hujjatlariga kiritilgan
oʻzgartishlar ham belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ta‘sis shartnomasida MChJlarning ta‘sischilari jamiyatni tuzish majburiyatini
oladilar va uni tuzish yuzasidan birgalikda faoliyat yuritish tartibini belgilaydilar.
Ta‘sis shartnomasida quyidagilar ham belgilab qoʻyiladi:
- ta‘sischilar tarkibi;
- ustav kapitalining miqdori va har bir ta‘sischi ulushi;
- jamiyat ta‘sis etilayotganda uning ustav kapitaliga ulushlarni qoʻshish
tartibi, miqdori, usullari va muddatlari;
- ulushlarni qoʻshish boʻyicha majburiyatlarini buzganlik uchun
ta‘sischilarning javobgarligi;
- ta‘sischilar oʻrtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari va tartibi;



- MChJ organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan


chiqish tartibi.
MChJ ustavida esa quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
- jamiyatning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi;
- jamiyat faoliyatining predmeti;
- jamiyatning pochta manzili toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar;
- jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari, shuningdek, jamiyat organlari
tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
- jamiyat ustav kapitalining miqdori toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar;
- jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati
toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar;
- jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
- jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari
toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar;
- jamiyat ustav kapitalidagi ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga
oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar;
- jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat
ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
ma‘lumotlar;
- jamiyatning vakolatxonalari va filiallari toʻgʻrisidagi ma‘lumotlar va
boshqalar.
Mas‘uliyati cheklangan jamiyatlarda ustav kapitalini shakllantirish
masalalari, ularni qayta tashkil etish yoʻllari xususida keyingi boblarda toʻxtalib
oʻtamiz.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni
tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar
Oʻzbekiston Respublikasining ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida‖gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari
bilan tartibga solinadi. ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida‖gi Qonun dastlab 1996 yil 26 aprelda, yangi
tahrirdagisi esa 2014 yil 6 mayda qabul qilingan.
Bank, investitsiya va sugʻurta faoliyati sohalarida, shuningdek, davlat
tashkilotlarini xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular
huquqiy holatining o’ziga xos xususiyatlari tegishli qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Ustav kapitali aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini
tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti
aksiyadorlik jamiyati deb e‘tirof etiladi. Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs bo’lib,
u o’z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan
o’zining ustav kapitaliga berilgan mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va
shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga
majburiyatlar olishi, sudda da‘vogar va javobgar bo’lishi mumkin.



Aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e‘tiboran


yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi va ustavida muddat belgilanmagan bo’lsa,
cheklanmagan muddatga tuziladi.
Yangi tahrirdagi ―Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish toʻgʻrisida‖gi Qonun qabul qilingunga qadar mamlakatimizda
aksiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin edi. Bunda ochiq
aksiyadorlik jamiyatining ta‘sischilari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni
cheklanmagan, yopiq aksiyadorlik jamiyatining ta‘sischilari esa kamida uchta
shaxsdan iborat qilib belgilangandi. Jamiyatning har bir ta‘sischisi uning aksiyadori
boʻlishi lozim edi. Shuningdek, aksiyadorlari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga
aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik
jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ), aksiyalari faqat oʻz ta‘sischilari yoki
oldindan belgilangan doiradagi shaxslar oʻrtasida taqsimlanadigan aksiyadorlik
jamiyati esa yopiq aksiyadorlik jamiyati (YoAJ) hisoblanardi.
Umuman ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari oʻrtasidagi farqli jihatlar
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin edi (1-jadval).

Yüklə 70,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə