Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


-rasm. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

13-rasm. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik 
 
10.3. O‘zbekistonning jahon bozoridagi fan sig‘imi yuqori mahsulotlardagi roli 
va o‘rni 
Bugungi kunda jamiyat shu darajada taraqqiy etib ketdiki, unda o‘z o‘rniga ega 
bo‘lishni istagan har qanday mamlakat yoki kompaniya raqobatga kirishmog‘i shart bo‘lib 
qoldi. Rivojlangan mamlakatlarda yohud dunyo sahnida aynan mana shunday 
raqobatbardosh kompaniyalargina o‘z hayotlari davomiyligini saqlab qolishi mumkin. 
SHunday kompaniyalar ham borki, ular insoniyat tamaddunidan 20-30 yil ilgari yurishadi. 
Zamonaviy innovatsion muhit holati ayrim ob’ektiv sabablarga ko‘ra qisqa muddat 
ichida mahalliy biznesning innovatsion darajasi yuqori bo‘lishiga imkon bera olmaydi va 
shu sababdan uning rivojlanishi davlatning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sarflashini 
talab qiladi. Bunda quyidagi muammolarga e’tibor qaratish zarur: 
- biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega bo‘lishi uchun tranzaksiya xarajatlari juda 
katta; 
- yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari korxonalar, ayniqsa, kichik 
korxonalar uchun juda katta; 
- innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o‘z resurslarini 
taklif 
etuvchi 
moliyaviy 
va 
investitsion 
institutlarning 
keng 
kamrovli 
va 
diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas; 
- xususiy sektordagi ko‘plab korxonalarda innovatsion boshqaruv qarorlari tizimi 
shakllantirilmagan; 
- fanni ishlab chiqarish bilan bog‘lab turishi mumkin bo‘lgan innovatsion vositachilar 
instituti rivojlangan tarmog‘i yaratilmagan; 
- raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga etarli darajada 
rag‘batlantirmaydi; 
- iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining asosiy 
massasida biznesni tashkil qilishning mablag‘larni namunaviy tovarlar ishlab chiqarish yoki 
ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi an’anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi. 
Jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang barangligida 
anglash oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi. Istalgan bir fanning 
asosiy funksiyasi shundan iborat. Biroq bu har qanday yirik xo‘jalik, ijtimoiy va ekologik 
qarorlar qabul qilishda ham amaliy zarurat hisoblanadi. 
Boshlanich xolatni baholash va undan foydalanishda ikki narsani inobatga olish 
zarur. Birinchidan, tabiiy qonunlardan farqli o‘laroq ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari 
jamiyatning o‘zidagi tub o‘zgarishlar bilan birgalikda o‘zgarishi mumkin. Industrial 
Илмий 
изланишлар, 
ихтиролар ва 
ҳ.к.лар 
натижалари 
Инновация, 
тижорат 
маҳсулотлари, 
технологиялар, 
хизматлар ва ҳ.к. 
 
Илмийтехника 
маҳсулотлари 
бозори 
Саноат 
Таълим, фан 
Ҳокимият ва 
бошқарув 
органлари 
Инновацион 
тизимлар 


125 
jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tish bulardan keyingisiga xos bo‘lgan konuniyatlar 
tizimini yangidan o‘rganib chikish zarurligini ko‘rsatadi. 
Ikkinchidan, ijtimoiy konun va konuniyatlar tarkibi bir turda emas, ular ierarxik 
bo‘lib, bilishning turli darajalarini aks ettiradi. Statika qonunlari evolyusion rivojlanish 
davrida nisbatan muvozanatli xolatda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyat ko‘rsatuvchi 
struktura va shart-sharoitlarni aks ettiradi. Siklik dinamika konuniyatlari tizim 
dinamikasidagi notekislikni, sikllar boskichlarining almashish konuniyatlari va tizimlar 
rivojlanish sikllarining o‘zini, jamiyatning innovatsion yangilanish jarayonining 
to‘lqinsimonligini ochib beradi. Bu davriy o‘zgarayotgan voqelikni anglashning ikkinchi 
boskichidir. Bilishning oliy bosqichi - sosiogenetika qonuniyatlari bo‘lib, unda ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlar dinamikasida nasliylik, o‘zgaruvchanlik va tanlov yiindisi (birikuvi) 
hisoblanadi. Sosiogenetika qonuniitlari tizimning innovatsion yangilanishi chuqurligi va 
sarhadlarini baholashga ko‘maklashadi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə