Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


- Mavzu. Real sektorda innovatsiyalar marketingi



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

27- Mavzu. Real sektorda innovatsiyalar marketingi 
1.Innovatsiyalar marketingining o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Mustaqil ilmiy texnikaviy tashkilotlardagi markentingning xususiyatlari. 
3. Ilmiy- texnikaviy tashkilotning mikro-makro muhiti.
4.Ilmiy-texnikaviy mahsulotning bozordagi harakati.
5.Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan texnologik yangiliklar marketingi
 
Annotatsiya 
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan Respublika “Innovatsion g‘oyalar, 
ishlamalar va texnologiyalar”, “Sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjalar yarmarkasi”da 
taqdim etilgan ilmiy-tekshirish ishlamalari va texnologiyalari, qo‘shma korxonalarda ishlab 
chiqarilgan tovar va xizmatlarni sifat ko‘rsatkichlari xalqaro ISO/MEK standart talablariga 
mosligi va O‘zbekistonda lokalizatsiya filingan import o‘rnini bosuvchi va eksportga 
yo‘naltirilgan ko‘plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi davrda respublikamiz kundalik 
hayot va uning dinamikasi o‘zgarib bormoqda, bu esa iqtisodni yangilashda marketing 
tadqiqotlarini natijalarini tahlil qilib, yaqin kelajakka va uzoq davrga nisbatan innovatsion 
strategiyani tanlash, rejalash va amalga oshirishni bu esa O‘zbekiston Respublikasining 
dunyo hamjamiyatida obro‘sini oshirishda va iqtisodiyotini yuksaltirishda katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Ko‘p sonli ma’lumotlar tahlili shundan dalolat beradiki, iqtisodiy o‘sishning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik innovatsiyalar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitlarida kichik biznes va tadbirkorlik innovatsion jarayonda markaziy rol o‘ynaydi, 


129 
innovatsiyalar esa texnik taraqqiyot sur’ati yuqori bo‘lgan tarmoqlarda asosiy raqobat quroli 
hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi institutlarga 
alohida e’tibor qaratgan. XX asrning birinchi yarmi iqtisodchisi Yozef Aloiz SHumpeter 
(1883-1950) innovatsiyalarni olg‘a suruvchi va unda normal darajadan katta bo‘lgan 
daromadning asosiy manbasi bo‘luvchi raqobat mexanizmini ko‘rsatib bergan. 
“Martekingning uchta asosiy aspekti sanoatning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Birinchisi innovatsion musobaqadir. Firmalar musobaqasida birinchi bo‘lib innovatsiyaga 
erishgan firma marteking sohasida ham etakchi hisoblanadi. Ikkinchisi, yirik firmalar 
bozorda innovatsiyalarni izlash bilan bog‘liq ishlarni doim takomillashtirishga harakat 
qilishlaridir. Uchinchisi, Kristensen (1997) bozor talabi asosiy innovatsiyalarga bo‘lgan 
talabni aniqlashtiruvchi omil ekanligini ta’kidlab o‘tgan”.
XX asrning ikkinchi yarmida G‘arbda kuzatilgan o‘ziga xos bashorat shov-shuvi 
Rossiya bashoratchilk maktabi etakchisi I.V.Besstijev-Lada tomonidan tuzilgan klassik 
bashoratchilik antologiyasida yaqqol tasvirlab berilgan. Intellektual va siyosiy doiralarda 
qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan o‘nlab fundamental asarlarda jahon 
rivojlanishining istiqbollari turli ssenariylarda — eng yorkin ranglardan to katastrofik 
holatlargacha asoslab berilgan. Uzoq muddatli u yoki bu bashorat ssenariylarini asoslab 
berish uchun foydalaniltan ko‘plab global modellar yaratilgan. Ushbu bashoratchilik shov-
shuviga BMT ham qo‘shilgan bo‘lib, uning Sekretariatida bashorat va istiqbolli tadqiqotlar 
bo‘limi tashkil qilingan. Nobel mukofoti sovrindori V.V.Leontev rahbarligidagi BMT 
ekspertlar guruhi tomonidan o‘tgan asrning 70-yillarida o‘ziga xos tarmoqlararo balansning 
mintaqalararo modeli asosida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining 2000 yilgacha bo‘lgan 
bashoratlari ishlab chiqilgan. 
Biroq 80-yillar oxirlariga kelib G‘arbda ham, sobiq Ittifoqda ham bashoratchilik 
to‘lqini pasaya boshladi. Buning sababi oddiy edi: jahon industrial jamiyatdan postindustrial 
jamiyatga o‘tib, tendensiyalar o‘zgardi va chuqur bifurkatsiyalar klasteri vujudga keldi. 
Avvalgi bashoratlar va ularning metodologik asoslari bu muhitda o‘z ta’sir kuchini 
yo‘qotgan bo‘lib, yangi metodologiya esa hali rivoj topmagan edi. 
O‘tish davrida ijtimoiy va texnologik tizimlar traektoriyasi keskin o‘zgaradi. 
Ularning ayrimlari o‘tmishda qolib ketib, ularning o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi va jahon 
miqyosida keng tarqaladi. Bu davrda oldindan ko‘ra bilishning qiyinligi an’anaviy inqilobiy 
paradoks — e’lon qilingan maqsadlar va amalda erishilgan natijalar o‘tasidagi farqlar bilan 
ham izohlanadi. Lekin shunga qaramay XX asrning yirik olimlari qalamiga mansub bo‘lgan 
eng oxirgi asarlardan birida insoniyatning rivojlanishiga doir asosli bashoratlar, ekologik va 
sivilizatsiya inqirozlarining bartaraf etilishi, uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish 
zarurligi haqida asoslangan fikrlarni o‘rgatamiz: «Sivilizatsiya strategiyasining paydo 
bo‘lishi hayotiy ahamiyatga ega. U tabiat strategiyasi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi 
lozim. Bu esa insoniyat tarixida uning kuch-quvvati o‘sishi bilan birga kuzatiluvchi sifat 
yangiligidir. Bizni nafaqat ekologik, balki sivilizatsiya inqirozi kutib turibdi. O‘z 
mohiyatiga ko‘ra biz sivilizatsiya tarixining butkul yangicha bosqichi, balki antropogenez 
oldida turibmiz, bunda esa butun xalqlar oldida kun ko‘rish strategiyasini ishlab chiqish 
bo‘yicha umumiy vazifa turadi». Bunday strategiyani uzoq muddatli bashoratlarsiz, tabiat 
va jamiyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini oldindan ko‘ra bilmasdan turib amaliy 
jihatdan ishlab chiqish mumkin emas. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə