Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

 
Takrorlash uchun savollar 
1. Zamonaviy innovatsion marketing strategik ko‘rinishlarini sharhlab bering. 


130 
2. YUqori texnologik tovarlarning innovatsion marketing xususiyatlari qanday 
tavsiflanadi? 
3. YAngi innovatsion tovarlarni ishlab chiqarishda maqsadli bozorning tahlili. 
4. Innovatsion marketing strategiyasida texnologiyalarni transferasi qanday tashkil 
etiladi? 
28- Mavzu. Real sektorda innovatsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligi
1.Innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar.
2.Innovatsion faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi.
3.Innovatsion faoliyat samaradorligini baholash bo‘yicha YUNIDO uslubiyoti.
4. Innovatsiyalarni amalga oshirishdan va yangiliklarni sotishdan olinadigan iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, ekologik samara.
5.Innovatsion faoliyat samaradorligini tahlil qilishni tashkil etish. 
Annotatsiya 
 
O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari 
to‘g‘risida”gi Qonuni 06.05.1994-yilda qabul qilingan va mazkur qonunga 30.07.2008 da 
o‘zgartirish kiritilgan. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasidagi 
ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan 
foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Sanoat mulki obektlari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa hujjatlardan iborat. O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat patent idorasi sanoat mulki obektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi davlat 
siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
Patent idorasi sanoat mulki obektlariga patent berish haqidagi talabnomalarni ko‘rib 
chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ekspertizasini o‘tkazadi, ularni davlat 
ro‘yxatiga oladi, sanoat mulki obektlariga patentlar beradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, 
sanoat mulki obektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishiga doir qoidalar qabul 
qiladi va tushuntirishlar beradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi: 
– ilmiy nazariyalar va matematika usullari; 
– tashkil etish va boshqarish usullari; 
– shartli belgilar, jadvallar, qoidalar; 
– aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari; 
– elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar; 
– binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma tarhlari; 
– estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, buyumlarning faqat tashqi 
ko‘rinishiga oid echimlar; 
– integral mikrosxemalarning topologiyalari; 
– o‘simlik navlari va hayvon zotlari; 
– jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid echimlar. 
“Ishlab chiqarish texnikasi yoki yangi jarayon ko‘rinishidagi texnik o‘zgarishlar 
texnik ixtirolar va kashfiyotlarni ta’riflash uchun ishlatiladi. Bunday kashfiyotlar ishlab 
chiqarish va xarajatlarni firma va sanoat tarmoqlari darajasida o‘zgartirishi mumkin. 
Soluning neoklassik o‘sish modelida texnologik rivojlanish kashfiyotlar tufayliligiga 


131 
to‘xtalib o‘tilgan. Texnologik jarayonning bir nechta pog‘onaga ega ekanligiga ham batafsil 
to‘xtalib o‘tilgan”.
Kashfiyot deb bilim darajasiga tubdan o‘zgartirish olib kiradigan ilgari noma’lum 
bo‘lgan, ammo obektiv mavjud moddiy nuqtaning hodisa, xossa va qonuniyatlarini 
tushuntirib beruvchi ta’limotga aytiladi. 
Kashfiyotni himoya qilish maqsadi: 
• 
Ilmiy mazmun ishonchliligini tasdiqlash uchun; 
• 
Muallif va davlat ustunligini o‘rnatish; 
• 
Kashfiyot muallifining xususiyatlarini tan olish va unga tegishli imtiyozlar 
berish; 
• 
Kashfiyot 
bilan 
bog‘liq ilmiy-texnologik masalalarni hal qilishda 
ko‘maklashish; 
• 
Fan va texnikada, foydalanish uchun kashfiyotlarni davlat tomonidan 
ma’lumot uchun qabul qilinishi va hisobga olinishi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan 
dastur va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 06.05.1994-
yilda qabul qilingan va 05.04.2002 va 30.08.2002-yillarda o‘zgartirishlar kiritilgan. Ushbu 
Qonun EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va 
ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasida tartibga 
soladi.
Qoraqalpoiston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasining 
qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda 
nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim 
qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazalarini mualliflik 
huquqi obektlari sirasiga kiritadi.
Vazifasi va afzalliklaridan qat’i nazar, obektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan 
hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi bo‘lgan, 
EHM uchun yaratilgan har qanday dastur va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik 
huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik 
huquqi aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi. 
Bugungi kunda kompyuter insonlarning o‘zaro munosabatlari, axborot bilan 
almashishning bosh vositasiga aylandi. 
Kompyuter har qanday ishda insonning eng yaqin yordamchisidir. Lekin 
kompyuterning o‘zi to‘laqonli yordamchi emas. Uning qandaydir masalani hal qilishdagi 
foydaliligi to‘laligicha u ishlaydigan dasturga bog‘liqdir. Dasturiy ta’minot kompyuterning 
jonidir. 
Har qanday EHMni ikki qismga bo‘lish mumkin:
1. 
Apparat-texnik (hardware)
2. 
Dasturiy ta’minot (software).
Dasturiy ta’minot yoki EHM uchun dastur bu EHM, uning tarmoqlari va boshqa 
kompyuter vositalarining muayyan natijalar olish maqsadida ishlash uchun mo‘ljallangan 
ma’lumotlar va buyruqlar majmuidir. 
Mualliflar mulkiy huquqlari shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi o‘zining huquqiy 
tabiatiga ega. Agarda, muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning ajralmas huquqlari 


132 
toifasiga kirsa, mulkiy huquqlar esa o‘zga (uchinchi shaxs)larga ma’lum muddatlarda va 
ma’lum harakatlarni amalga oshirish sharti bilan vaqtincha o‘tkazib turilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 
Qonunining “Muallifning mulkiy huquqlari” nomli 19-moddasida muallif asardan har 
qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega ekanligi 
mustahkamlangan.E.P.Gavrilov muallifning huquqlarini ikki guruhga bo‘ladi:
a) shaxsiy nomulkiy huquqlar. Bu huquqlar jumlasiga u asarga muallif bo‘lish 
huquqini; asarni nomlash huquqini, asar daxlsizligi huquqini va asarni nashr qilish 
huquqlarini kiritadi;
b) mulkiy huquqlar. 
Ayrim olimlar mualliflik huquqlarini shaxsiy va mulkiy huquqlarga ajratilish zarurati 
va imkoniyatlarini tan olishmasa, ba’zilari muallif huquqlarining bunday ajratilishini 
shartligi, ba’zilari esa huquqlarni bunday turkumlashni nisbiy ekanligini ta’kidlashadi, yana 
bir guruh mutaxassislar muallif shaxsiy huquqlarini intellektual huquqlar jumlasiga 
kiritishadi. 
Muallifning huquqlari o‘zining tarkibiga bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy, ham 
mulkiy huquqlarni birlashtiradi, shu ma’noda uning intellektual huquqlari, deb yuritish 
unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Muallif mulkiy huquqlarining tabiati, muallifning shaxsiy 
huquqlari tabiatidan keskin farq qiladi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə