Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarni


-rasm. Davlatning innovatsion tizimi modeli



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/139
tarix22.05.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#112169
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   139
Toshkent moliya instituti korxona iqtisodiyoti va innovasiyalarn (2)

10-rasm. Davlatning innovatsion tizimi modeli 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. Innovatsiya faoliyatiga davlatning faol aralashuv strategiyasining maqsadi 
nimadan iborat? 
2. Ilmiy faolliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini tushuntiring? 
3. Ilmiy-texnik raqobat nima? 
4. Innovatorlar mehnatini rag‘batlantirish deganda nimani tushunasiz? 
5. Halqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini aytib bering? 
22- Mavzu. YAngiliklar dasturi va loyihalarni ishlab chiqish
1.Innovatsion loyiha tushunchasi va uning asosiy elementlari.
2.Innovatsion loyiha turlari va uning mazmuni.
3.Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish tartibi. 
4. Innovatsion g‘oyaning shakllanishi va loyiha maqsadlarini qo‘yish. Loyiha g‘oyasi 
bo‘yicha marketing tadqiqotlari.
5.Innovatsion loyihalarni boshqarish va amalga oshirishning dasturli-maqsadli usullari.
 
Annotatsiya 
 
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni 1996-yil 30 avgust (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 
1996-yil, 135-modda) qabul qilingan. 
I. Umumiy qoidalar.
1-modda. Asosiy tushunchalar. 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
«Muallif» — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs; 
«YOzuv» — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida 
qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biror-bir moddiy 
shakldagi mujassami; 
«Ijrochi» — aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, o‘qiydigan, 
ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yohud adabiyot yoki san’at asarnni (shu 
jumladan estrada, stirk yoki qo‘irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, 
shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijyor; 
«E’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)» – ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini 
qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chikqani holda asar, 
fonogramma nusxalarini muomalaga etarli miqdorda chiqarish; 


122 
«Manzarali amaliy san’ag asarlari» – amalda foydalaniladigan buyumlarga 
ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan, badiiy 
hunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan asar; 
«Fonogramma» — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutloqo ovozli 
yozuvi; 
«Asar nusxasi» — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi; 
«Fonogramma nusxasi» — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va 
shu fonogrammaga jo bo‘lgan ovozlarning hammasinn yoki bir qismini qamrab olgan har 
qanday moddiy jismdagi fonogramma ko‘chirmasi. 
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so‘ngi davrlarida feodal jamiyat negizida 
xo‘jalik yuritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi bilan yuzaga keldi. 
Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning 
burjuaziya yo‘liga o‘tishi natijasida shakllandi.
“Innovatsion musobaqa patentlar poygasini o‘z ichiga olib, firmalararo 
innovatsiyada birinchilikka sazovor bo‘lish deganidir. Patentlar poygasida birinchilikni 
olgan firma o‘z mahsulotini sotishda maxsus huquqqa ega bo‘lib bozorda o‘z 
monopoliyasiga 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgan davrda erishadi”.
O‘zbekistonda muhofaza qilinadigan ixtiro, foydali modellar, sanoat namunalari 
tarkibidagi qurilmalarni boshqa davlat – Parij konvensiyasi ishtirokchisining transport 
vositasida, bu transport vositasi vaqtincha yoki tasodifan O‘zbekiston Respublikasi 
hududida bo‘lganda qo‘llanish, bunda bu qurilmalar faqat shu vosita ehtiyojlari uchungina 
foydalanilishi shart; 
Tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalar ustida ilmiy tadqiqot yoki tajribalar 
o‘tkazish. 
Tabiiy ofatlar, halokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tarkibida 
patentlangan obektlar bo‘lgan vositalarning qo‘llanishi. Vazirlar Mahkamasi milliy 
xavfsizlik manfaatlari yo‘lida patentlangan obektlardan foydalanish to‘g‘risida patent 
egasining roziligini olmasdan turib qaror qabul qiladi, lekin bunday hollarda obe’ktdan 
foydalanilgani uchun unga tegishli tovon to‘lanadi. 
Tarkibida patentlangan obektlar bo‘lgan vositalarni, agar bu vositalar qonuniy yo‘l 
bilan xo‘jalik aylanmasiga kiritilgan bo‘lsa, qo‘llanish (masalan, patent egasining o‘zi yoki 
uning litsenziyasi).
Dorixonalarda shifokor restepti bo‘yicha dorilarni bir marta tayyorlash. 
Ixtiroga patent – ixtironing ustuvorlik sanasidan boshlab yigirma-yil mobaynida amal 
qiladi, mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng beriladi. 
Ixtiroga dastlabki patent (2002-yil oktyabr oyigacha) – dastlabki ekspertiza 
o‘tkazilgandan so‘ng berilib, ustuvorlik sanasidan boshlab besh-yil mobaynida amal qiladi. 
Talabnoma beruvchining mohiyati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosiga 
ko‘ra patentga aylantirilishi mumkin. 
Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883 va 1886-yillardan Sanoat 
mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi va Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish 
Bern konvensiyasi qabul qilingandan boshlangan. Bu Konvensiyalar "Xalqaro byurolar" deb 
nomlangan o‘z kotibiyatlarini tashkil etishni ko‘zda tutgan edi. 1893-yilda bu ikki kotibyat 
"Intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byu¬rolar" yoki fransuz 
tilida qisqartirilgan BIRPI nomi ostida yagona kotibiyatga birlashtirildi. 
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan shaklda "BIMT", 
ingliz tilida - "WIPO", franstuz va ispan tillarida — "OMRI") 1967-yil 14-iyulda 


123 
imzolangan "Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvensiyasi"ga 
muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya 1970-yilda kuchga kirgan. 
Hozirda BIMT Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974-yil 
dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat. 
2001-yil 1-yanvariga kelib tashkilot 175 davlatni birlashtirdi. 

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə