Fonetik va fonologik hodisalar reja



Yüklə 8,68 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü8,68 Kb.
#167429
  1   2   3   4
Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. Nutqning fonetik -fayllar.org


Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot. Nutqning fonetik bo’linishi

FONETIK VA FONOLOGIK HODISALAR REJA:

Tilning moddiy (substansial) sathi xususida

Fonetika va uning birligi

Fonetikaning bo‘limlari

Nutqning fonetik bo’linishi

Fonologiya

Fonologik ziddiyatning ziddiyat tizimiga munosabatiga ko‘ra tasnifi.

A’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ziddiyatlar tasnifi

Tilning moddiy (substansial) sathi xususida. Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy (substantsial) asos bo‘luvchi birliklarni beradigan sath sifatida ajralib turadi.

Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari - tovush yoki tovushlar tizimi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushlari o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar:

a)talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat);

b)tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (fizik, akustik jihat);

v)nutq tovushlari kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funktsional, sotsial, lisoniy jihat).

Nutq tovushlarining haqiqiy va biz uchun muhim jihati ularning funktsional aspektidir. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zilar nutq tovushlarining fiziologik tomoni biologiya fanining, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funktsional tomoninigina tekshirishi lozim degan g‘oyani ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-biridan ajralmasdir, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan aqidaga tayanadilar. Ana shu ikki qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki-fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Pirovard natijada fonetika nutqiy variant (xususiylik)larni, fonologiya esa lisoniy invariant (umumiylik)larni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘lib qoldi.


Yüklə 8,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə