Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix19.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#122451
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni (1)

 
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 
 
 
Mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash amaliyotini tahlil qilish davomida 
iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotganligi, 
tijorat banklari asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining iqtisodiyotdagi ulushi ortib 
borayotganligiga guvoh bo‘ldik va tijorat banklari kreditlarining keng miqyosda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga yo‘naltirilayotganligi va buning 
natijasida bu sohada yaratilayotgan tovar va xizmatlarning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi ortib borayotganligini ijobiy holat sifatida baholasak bo‘ladi. 
Tijorat banklarimiz kredit portfeli sifat jihatdan ham me’yoriy talablarga javob 
berib kelmoqda va muammoli kreditlar miqdori yuqori emasligi quvonarli
hol, albatta.
Tijorat banklarimiz kreditlash sahkllaridan foydalanishda asta sekin 
jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasini qo‘llashi va zamonaviy kreditlash 
shakllaridan foydalanishni kengaytirishi va resurs bazasini oshirib borishi lozim. 
Shu orqali tijorat banklari moliyaviy xizmatlarining jozibadorligi va 
ommabopligini ta’minlash mumkin. 
 
 
 


56 
III bob. TIJORAT BANKLARI KREDITLASH AMALIYOTINI 
TAKOMILLASHTIRISH
3.1. Tijorat banklari kreditlash amaliyotidagi mavjud muammolar 
Tijorat banklari kreditlash amaliyotini takomillashtirish barcha davrlarda 
ham va hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan biri sifatida qaraladi. Zero, tijorat 
banklarining kreditlashdan maqsadi bankning biznes rejasiga muvofiq mavjud 
resurslarni iqtisodiyotning real sektorini moliyalash va ularga tenglashtirilgan 
jarayonlarga joylashtirish yo‘li bilan tegishli yil uchun daromadlarni ta'minlash, 
xatarlarni diversifikatsiyalash va ularni kamaytirish vositalaridan foydalanish, 
kredit portfeli sifatini oshirish, amaldagi qonunchilik, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki me'yorlariga rioya qilishdan iborat bo‘ladi.
Albatta, sohani takomillashtirish zamirida avvalo undagi mavjud 
muammolarni aniqlash va puhta o‘rganish muhim ahamiyatga ega, shuning uchun 
dastlab tijorat banklarimiz kreditlash amaliyotidagi bir qator kamchiliklar va 
muammolarga nazar tashlasak, demak, hozirda quyidagi muammolar mavjud: 
1. Respublikamiz tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarni kreditlash 
amaliyotining takomillashma gani.
Malakaviy amaliyot o‘tash davomida va olib borilgan ishlar asosida 
jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyoti tahlil etildi. Shuningdek, mamlakatimiz 
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kredit xizmatlarini ko‘rsatish bilan 
bog‘liq quyidagi muammolarni alohida ko‘rsatib o‘tish zarur:
- aholi ayrim toifasining to‘lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar 
etarli darajada emasligi;
- olingan kreditlarning ko‘pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
-
.
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash 
bo‘yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi; 
- banklarning etarli resurs bazasiga ega emasligi;
-
.
iste’mol krediti ob’ekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining 
sun’iy ravishda oshirilishi. 


57 
Bundan tashqari, mamlakatimizda aholining asosiy qismi bank kreditlarini 
olib foydalanish uchun etarli daromadga ega emas. Respublikamizda aholi 
daromadlari yildan-yilga oshirilib borilmoqda, ammo shunga qaramay aholi real 
daromadlari darajasi bank kreditlaridan foydalanish darajasiga salbiy ta’sir 
qiladi.Ushbu muammolar tijorat banklarining jismoniy shaxslarni kreditlash 
amaliyotiga salbiy ta’sirini yuzaga keltirmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iste’mol kreditiga mamlakat 
iqtisodiyotidagi ham ijtimoiy ham iqtisodiy muhim vosita deb qarash mumkin. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan hisoblangan YaIMning yuqori sur’atda o‘sishi, 
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar realizatsiyasi 
hajmining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Iste’mol krediti iqtisodiyotda naqd pul 
aylanishini qisqartirish hisobiga naqdsiz to‘lovlar salmog‘ini oshiradi. Ushbu 
natijalar mamlakatda inflyatsiya darajasini jilovlash, ishsizlikni oldini olish va 
yashirin iqtisodiyotning qisqarishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bank kreditlari 
tarkibida istemol krediti o‘ziga xos daromadli va risk darajasi bo‘yicha past riskli 
aktiv 
hisoblanadi. 
Chunki 
iste’mol 
kreditida 
iste’mol 
omonatining 
rasmiylashtirilishi kredit riski darajasini pasaytiradi. 
2. Respublikamiz tijorat banklari iqtisodiyotning real sektori korxonalarini 
kreditlash
 
amaliyotida kredit shakllaridan to‘laqonli foydalanilmayotganligi. 
Tijorat banklari faoliyatida kreditlash shakllaridan optimal foydalanish muhim 
hisoblanadi. Chunki, kreditlash shaklining to‘g‘ri tanlanishi kreditlash 
samaradorligini oshiradi, mijoz va bankning kreditlardan ma’lum darajada naf 
ko‘rishini ta’minlaydi.
Xalqaro 
amaliyotda 
keng 
qo‘llaniladigan 
kreditlash 
shakllaridan 
mamlakatimiz bank amaliyotida foydalanish maqsadga muvofiq. Xususan, 
kreditlashning kontokorrent, overdraft, forfeyting va faktoring kabi shakllaridan 
keng miqyosda foydalanilmayapti. Bu esa tijorat banklari kreditlaridan foydalanish 
imkoniyatini 
pasaytirib, 
ularning 
iqtisodiyot 
tarmoqlariga 
yo‘naltirishda 
muammolarni keltirib chiqaradi. 


58 
3. Respublikamiz tijorat banlarik amaliyotida mijozlar faoliyatiga taalluqli 
ma’lumotlar bazasining to‘la shakllanmaganligi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari amaliyotida mijozlarni kreditga 
layoqatligini baholash va ularni kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan omillar bo‘yicha informatsion baza shakllantirilmagan. Bu esa, 
banklarning 
kreditlash 
amaliyotiga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatib, kreditlash 
samaradorligini pasaytiradi va bank kreditlarining muammoli aktivlarga 
aylanishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarz oluvchilarning 
kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotni hisobga olish tizimini shakllantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004 yil 23 apreldagi 197-sonli Qaroriga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Kredit axborotlari milliy instituti 
tashkil qilindi. Bunga asosan banklarni kreditlash amaliyotida kredit tarixini 
hisobga olish va kredit riskini belgilash zarur.
4. Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko‘rsatkichlarini baholash 
tizimining takomillashmaganligi. 
Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotida mijozlarning 
kreditga layoqatliligini baholashda kamchiliklarning mavjudligi kreditlashning 
samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Mijozlar toifalari bo‘yicha, ya’ni jismoniy va 
yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash bilan bog‘liq quyidagi 
kamchiliklar mavjud:
Tijorat banklarida yuridik mijozlarning kreditga layoqatligini baholashda 3 
ta asosiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bunda korxonaning faoliyat turi, 
ixtisoslashuvi va uning oboroti hisobga olinmaydi, ya’ni fermer xo‘jaligi, savdo 
korxonasi, to‘qimachilik va oziq-ovqat korxonasi yoki og‘ir sanoat korxonalarining 
kreditga layoqatligi bir xil usul asosida baholanadi. Fikrimizcha, bunday 
yondashuv mijozlarning kredit to‘loviga layoqatligini etarli darajada baholash 
imkonini bermaydi. Shu bilan birga, yuridik mijozlarning kreditga layoqatliligini 
pul oqimi tahlili asosida baholashning tartibi mavjud emasligi, tijorat banklarida


59 
kredit ta’minlanganligining ikkilamchi manbalariga suyanib qolishiga sabab 
bo‘lmoqda, bundan tashqari kreditlash amaliyotiga tijorat banklari xodimlarining 
kredit oluvchi xo‘jalik sub'yektlari moliyaviy hisobotini to‘g‘ri va haqqoniy tahlil 
etish uchun malaka va tajribasining yetishmasligi ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu 
shubhasiz, muammoli kreditlarni va kredit mablag‘larini o‘z vaqtida unmaslik 
holatini vujudga keltiruvchi bosh omillardan biridir. Chunki xo‘jalik sub'yektlari 
bilan amaliy ishlash tajribasiga ega bo‘lmagan bank xodimi tomonidan 
tayyorlangan kredit yig‘ma jildi doimo qo‘shimcha nazoratni talab etadi. Lekin 
banklarda xizmat turlarining ko‘pligi va eng asosiysi, xo‘jalik sub'yektlari bilan 
ishlashda amaliy tajribasi bo‘lmagan xodimlarga murabbiylik qiluvchi ustoz 
xodimlarning yetishmasligi natijasida malaka va tajribasiz xodimlar xulosasi 
asosida moliyaviy ahvoli nochor bo‘lgan korxonalarga kredit berish holatlari 
yuzaga kelmoqda. Chunki, xo‘jalik sub'yektlari bilan ishlashda malaka va tajribasi 
bo‘lmaganxodimlar kredit oluvchining hisobotlarini tahlil etishda ko‘proq 
kompyuterga joylashtirilgan dasturlardan foydalanadilar. Bu esa, ularning o‘z 
malakalarini oshirishdan manfaatdorligiga putur yetkazadi 
Mijozlar tomonidan ko‘pincha o‘zlarining kredit to‘loviga layoqatlilik 
darajasini yuqori qilib ko‘rsatish maqsadida hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni asossiz 
o‘zgartirib taqdim etish hollari ham uchramoqda. Kompyuter bank xodimlari ishini 
ancha yengillashtirdi. Lekin kompyuter inson mehnatining mahsuli ekanligini 
unutmasligimiz kerak. Chunki kompyuterdagi dasturlardan ongli ravishda 
foydalanilgan taqdirdagina ish unumli bo‘ladi. Bank xodimlari korxonaning balans 
hisobotlari to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaganlaridan so‘nggina kompyuter dasturidan 
foydalanishlari 
zarur. 
Lekin 
bank 
xodimlari 
balans 
hisobotlaridagi 
ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini, aktiv va passiv qismdagi qiymatlarning o‘zaro 
bog‘lanish asoslarini tekshirmay turib, kompyuter dasturlari orqali korxonaning 
to‘lov qobiliyatini, kredit to‘loviga layoqatliligini aniqlaydilar. Natijada, korxona 
tomonidan ko‘rsatkichlari haqqoniy bo‘lmagan hisobotlarning taqdim etilishi 
mijozlarni kredit to‘loviga layoqatlilikning asossiz ravishda birinchi yoki ikkinchi


60 
sinf toifasiga kiritilishiga olib kelmoqda. Bank xodimi esa, kompyuter dasturida 
aniqlangan natijalar asosida kredit qo‘mitasiga ijobiy xulosa beradi. Kredit 
qo‘mitasi ham bank kredit nozirining mazkur xulosasiga tayangan holda kredit 
berish yuzasidan ijobiy qaror qabul qiladi. Natijada, bank krediti aslida moliyaviy 
ahvoli qoniqarsiz yoki nochor bo‘lgan xo‘jalik sub'yektiga «ishonch» asosida yoki 
nolikvid ta'minot asosida beriladi. Demak, berilayotgan kredit mijozga 
rasmiylashtirilayotgan davridayoq muammoli kredit mazmuniga ega bo‘ladi. 
Tijorat 
banklarida 
mijozlarning 
kreditga 
layoqatliligini 
baholashni 
takomillashtirish, kreditlash samaradorligini oshirib banklarning barqarorligini 
ta’minlaydi. Natijada mamlakat bank tizimi barqarorligi oshiriladi va milliy 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ta’minlanadi.
5. Byurokratiya ya’ni qog‘ozbozlik hujjatbozlik ishlarining ko‘p ekanligi 
Tijorat banklari faoliyatida mijozlarni kredit olishdan qaytaradigan jihatlardan biri 
ham aynan shu byurokratiyaning ko‘pligidir. Hozirgi vaqtda banklar garovga 
olinayotgan mulklarni rasmiylashtirish uchun xaddan ziyod ko‘p hujjatlar taqdim 
etilishini talab qilmoqda. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan ko‘pgina norozilik 
va ovoragarchiliklarga olib kelmoqda. Xozirda mamlakatimiz banklari garovni 
tanlab olish va baholash bo‘yicha ikki xil usulni qo‘llashmoqda: 
1- usul bu - ko‘pgina tijorat banklari tomonidan garov ob'yektini xususiy 
baxolash kompaniyalari tomonidan baholanishini talab etmoqda va kompaniya 
tomonidan baholangan obyekt hisoboti asosida garov mulki summasini 
aniqlamoqda. 
2- usul bu - xususiy banklarimiz tomonidan qo‘llanilayotgan usul bo‘lib, 
bunda bankning o‘zining garovga olish bo‘yicha mutaxassisi tomonidan baholanib 
va uning xulosasi asosida ish qo‘llamoqda. Bu o‘z navbatida mijozga ko‘pgina 
qulayliklar yaratmoqda.
6. Mamlakatimizda tijorat veksellari muomalasining mavjud emasligi.
Mamlakatimizda tijorat veksellarining muomalasi 1997 – yilda tugatilgan
edi ammo undan keyin mana qariyb 20 yildan ortiq vaqt o‘tdi hamki qayta


61 
tiklanmadi. Tijorat veksellari xo‘jalik yurituvchi subyektlarga pul mablag‘larisiz
ham o‘z faoliyatini amalga oshirish, tovar va xom-ashyolar sotib olish yoki 
xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi va o‘tkazma veksellar, ya’ni
trattalar ularga asoslangan kreditlash shakli forfeytingning amaliyotda
vujudga kelishiga va faktoringning kengayishiga sabab bo‘ladi. Bundan
tashqari jahon amaliyotida markaziy banklarning asosiy stavkalaridan biri
hisob stavkasining ham amalda qo‘llanilishiga imkon yaratadi va veksellarni
qayta hisobga olish yo‘li bilan tijorat banklariga Markaziy bankning kredit
berish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yiladi, buning natijasida esa tijorat banklarining 
likvidliligi oshishi mumkin. 
Yuqoridagi sanab o‘tilgan tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini kreditlash amaliyoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda 
ularning kreditlash salohiyatini oshirish yo‘llarini takomillashtirish ijobiy 
natijalarga olib keladi hamda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan real 
sektorni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish 
jarayonlarida ularning ishtirokining faollashuviga olib keladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə