Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə9/21
tarix23.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
bank risklarini boshqarish tizimini rivozhlantirish jollari (1)

Bank risklarini tahlil qilish va baholash.

Risk miqdorini aniqlash.

Bank risklarini boshqarish.

Bank risklarini boshqarish.

Bank axborot manbalaridan kredit risklarini va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rganib chiqish hamda ularni nazorat qiladigan
risklarga ajratish kerak

Riskning miqdoriy ko‘rsatkichini aniqlash ehtimoliy yo‘qotishlar miqdorini aniqlashga va aktiv boshqarish instru- mentlari vositasida risk darajasini shakllantirishga imkoniyat yaratadi.

Boshqariladigan risklar va ularning miqdori aniqlanga- nidan keyin, kredit risklarini boshqarish metodologiyasi va strategiyasi ishlab chiqilishi zarur.

Risklarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar natijalari nazorat ostida bo‘lishi lozim.

Albatta, bank risklarini boshqarishning bu bosqichlarida bank risklarini tahlil qilish va baholashda asosiy vazifa bank axborot manbalaridan asosan kredit bilan bog’liq risklarni o’rganib chiqgan holda, risklarni miqdoriy aniqlash va undagi ehtimoliy yo’qotishlar miqdorini aniqlab, bank risklarini boshqarish bosqichiga o’tagn holda unga risklarni boshqarish metodologiyasi va strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish bo’yicha nazoratni kuchaytirish vazifalarini o’zida ifoda etishi lozim


Risklarni boshqarish daromad bilan risk o‘rtasidagi optimal nisbatni topish, mavjud riskni minimallashtirishni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagilarga asosan biz riskni boshqarishning bosqichlarini quyidagi rasm orqali ko‘rishimiz mumkin.



23 О.И. Лаврушин, Н.И. Валенцева Банковские риски: учебное пособие 2009

3-rasm. Riskni boshqarish jarayoni bosqichlari24


Risklarni bu bosqichlar bo‘yicha boshqarish ma’lum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishni, xarajatlarni talab qiluvchi jarayondir. Shu bilan birga riskni inkor qilish juda salbiy hollarga olib kelishi mumkin. Risklarni boshqarishda ssudalar bo‘yicha to‘lovsizlik riskidan himoyalanish uchun kredit portfelini diversifikatsiyalash usulidan foydalanish yuqori samara berishi mumkin.
Albatta yuqori darajada daromadli faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash masalasi bankirlarni juda qiziqtiradi, ammo bir paytning o‘zida ular bank operatsiyalarining riskli ekanligini e’tirof qilishadi. Yaqin va uzoq perspektivada bankning daromadliligini ta’minlovchi eng asosiy omillardan biri bank risklarini samarali boshqarish bo‘lib qoladi. Ssudalar va boshqa bank operatsiyalari bilan bog‘liq





24 B.М. Костюченко Н. Анализ кредитных рисков 2010
muammolarning ko‘payib borishi, bankirlardan bank risklarini aniqlash, baholash va nazorat qilish imkoniyatlarini alohida e’tibor bilan o‘rganishni talab qilmoqda.
Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilar bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lish bilan bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash, ularni boshqarishning samarali usullarini qo‘llash imkonini beradi.

Tijorat banklar tomonidan foydalilik darajalarining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bank risklarining ilmiy asosda boshqarilishi bir necha bosqichlardan iborat deb qarab, quyidagi rasm orqali ifoda etish mumkin

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə