Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


Bank risklarini boshqarish va uning nazariy asoslari



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə8/21
tarix23.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
bank risklarini boshqarish tizimini rivozhlantirish jollari (1)

Bank risklarini boshqarish va uning nazariy asoslari


Bank faoliyatini risksiz tasavvur qilish mumkin emas. Albatta risk har qanday biznesda ham bo‘ladi. Lekin faoliyat xususiyatidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bank biznesi uchun risk albatta va darhol yuz beradigan jarayon hasoblanadi. Shu tufayli, bu yerda gap bank faoliyatida riskdan umuman qochish to‘g‘risida emas, balki uni oldindan ko‘ra bilish va minimal darajaga tushirish haqida boradi. Riskni boshqarish aksariyat hollarda bankning o‘z mablag‘larining bir qismini yo‘qotish “xavfi”, daromad ololmay qolish yoki moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida qo‘shimcha xarajatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lsada jarayonni ijobiy natija bilan yakunlashni maqsad qilib qo‘yadi.
Bank faoliyati jamg‘arma egalariga foizlar to‘lash, boshqa moliya-kredit institutlaridan xarid qilingan kredit resurslariga to‘lovlar, bank xizmatchilari ish haqqisi uchun mablag‘lar ajratish va boshqa operatsion xarajatlarga bevosita bog‘liqdir. Bu yerda risk jamg‘armalarga bo‘lgan foizlarning, kredit resurslari qiymatining, ish haqi to‘lovlarining oshishi muhim bo‘lib qolganda paydo bo‘ladi.
Risklarni aniqlab uni boshqara olmaslik natijasida yuzaga keluvchi to‘liq daromad ololmaslik yoki kutilgandan ko‘ra ko‘proq xarajat qilib yuborishlik riski bo‘lg‘usi operatsiyalarning, hisobotlarning yetarli tahlil qilinmaganligi, vaziyatni to‘g‘ri baholanmaganligi yoki ko‘zda tutilmagan holatning paydo bo‘lishi natijasida yuz beradi. Hozirgi vaqtda ixtisoslashgan, tarmoq va universal banklarning mavjudligi banklar uchun bank riski ko‘lamlarini har xillashtiradi. Ixtisoslashgan banklarning bir soha, bir tarmoqni kreditlashga moslashuvi ular faoliyatida risklarning yuqori bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu holat bank riskini boshqarishning asosiy usullarini jumladan, hukumat kafolatini olish, garov huquqini joriy qilish va boshqalarni talab qiladi.
Bank riskini boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xomcho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Bank riskini boshqarish tizimi ikki asosiy kichik tizim: boshqarish ob’yekti va boshqarish sub’yektidan iborat bo‘ladi.
Riskni boshqarish tizimida boshqarish ob’yekti-bu bank faoliyatidagi risk, bank bilan mijoz o‘rtasidagi yoki kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, bankning mablag‘larini jalb qilish va ularni joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarda yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, risklarni boshqarish tizimining sub’yekti bu riskda o‘z ta’sirini o‘tkaza oluvchi guruh, tadbirkor, bank, risk bo‘yicha menejerlar hisoblanadi22.
Bank riskini boshqarish banklar faoliyatini chuqur bilish, ular bajaradigan operatsiyalarining samaradorligini aniqlay olish bankning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyat turlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli tarmoqlar faoliyatining xususiyatlarini o‘z ichiga oladi.
Bank faoliyatidagi tavakkalchiliklarni boshqarish quyidagi asosiy maqsadlarda tashkil etiladi:
 bank omonatchilari va kreditorlari, aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish;
 bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish;
 bank faoliyatining yetarli darajadagi barqarorligini ta’minlash.
Bank riskini boshqarishda bank boshqaruvchisining asosiy vazifasi bank faoliyatini olib borishda yuzaga keladigan daromad bilan unda yuzaga keluvchi risklar o‘rtasidagi optimal variantini topishdan iborat.
Tijorat banklarida riskni boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda korxonalardagi foydalanilmagan rezervlarni baholash va bank xizmatining asosiy yo‘nalishini aniqlab olish uchun o‘rtacha tarmoq riskining hajmini hisobga olish



22 Р.Г.Одьхова Банковское дело: управление в современноми банке 2009
zarur. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan kreditlash jarayonini olib borishda tarmoq risklari deyarli inobatga olinmaydi.
Tarmoq riski kredit riski bilan bog‘liq bo‘lib, unga bevosita ta’sir qiladi. Shunga asoslangan bank tarmoq siyosatini tuzishda nafaqat mijozlar, balki sohalar to‘g‘risida keng axborotlarga ega bo‘lishi, tarmoq riskini baholashda quyidagilarni hisobga olishi kerak:

  • aniq davr mobaynida ushbu tarmoqning hamda qo‘shimcha sohalarning faoliyati;

  • ularning mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan barqarorligi;

  • turli xil firmalarning bir yoki boshqa sohadagi faoliyatlari natijalariga sezilarli mos kelmasliklarning mavjudligi va boshqalar.

Tarmoq riskini baholovchi ko‘rsatkichlaridan biri biror iqtisodiy faoliyat natijalariga nisbatan soha faoliyati natijasining o‘zgarishidir. Bu xil risk xalqaro amaliyotda «beta» harfi bilan belgilanadi. Beta ko‘rsatkichi birga teng bo‘lsa, bu bozor iqtisodiyoti uchun me’yor hisoblanadi. Ko‘rsatkich birdan kam bo‘lsa u nisbatan barqaror soha bo‘ladi va katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Beta ko‘rsatkichi birdan katta bo‘lganda tarmoqda katta o‘zgarishlar mavjudligi kuzatiladi. Shu sababli «beta» ko‘rsatkichi qancha yuqori bo‘lsa, tarmoq riski shunchalik kuchli bo‘ladi. «Beta» ko‘rsatkichini hisoblash uchun keng axborotlar kerak. Odatda tarmoq riskini tahlil qilishda ushbu ko‘rsatkichni hisoblash sohaning kelajakdagi ishi bilan bog‘liq holati maxsus agentliklar tomonidan amalga oshirilgan regressiv tahlil bilan solishtiriladi.
Xalqaro amaliyotda tarmoq riski uchun axborotlar ushbu axborotlaga ega bo‘lgan tashkilotlardan olinadi. Birok ko‘rib o‘tilgan analitik yondashuv bo‘lmasa, unda muqobil sifatida:

    • sohaning hayotiy sikli bosqichi;

    • sohada ichki raqobat muhiti kabi maxsus omillar ko‘rib chiqiladi.

Sanoatni olib qaraydigan bo‘lsak, unda hayotiylik sikli bir nechta bosqichga bo‘linadi. Kelajak va hozirgi rejada xususiyatiga ega bo‘lgan risklarning o‘rnini aniqlash muhimdir.
Raqobatning ichki muhiti biror bir tarmoqqa qarashli firmaning barqarorligi haqidagi axborotning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. Raqobatning soha ish muhitini baholashda baho va nobahoviy raqobatning darajasi, tarmoqqa kirishning yengilligi yoki murakkabligi, baho bo‘yicha raqobatdosh o‘rin bosuvchilarning yetishmasligi yoki borligi, sotib oluvchining bozor qobiliyati, siyosiy va ijtimoiy muhit kabi axborotlar qo‘llaniladi.
Bank mijozlarining tarkibiy tuzilishi bank riski va uning darajasini hisoblash usulini aniqlab berishi mumkin. Kichik qarzdorning faoliyati yirik qarzdornikiga nisbatan bozor iqtisodiyotining kutilmagan vaziyatlariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda, bir mijozga yoki biri bilan aloqador qarzdorlar guruhiga berilgan yirik kreditlar ko‘pincha banklarning inqiroziga sabab bo‘ladi. Bank riski darajasini boshqarishda bank o‘tkazaladigan operatsiyalarning kafolatlanganligi, sug‘urtalanganligi va boshqa tartibga solish usullaridan foydalanganligiga qarab to‘la, o‘rtacha va past risklar yuzaga kelishini hisobga olish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklarni vaqt bo‘yicha taqsimlash muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Banklarning asosiy operatsiyalari o‘tgan va hozirgi risklarga , boshqalari esa kelgusi risklarga tortilgan bo‘ladi. Hozirgi risklarga kafolat berish bo‘yicha operatsiyalar, hujjatlashtirilgan akkreditiv operatsiyalari, regress huquqi bilan aktivlarni sotish va boshqalar kiradi. Lekin kafolatning o‘zini ma’lum muddatdan so‘ng to‘lab berish, bank krediti hisobidan akkreditivni amalga oshirish ehtimolligi shu operatsiyalarni kelgusi riskga tortadi. Bank riskini boshqarish jarayonida e’tiborga molik soha risklarning hisobga olish xususiyatidan kelib chiqqan holda balans operatsiyalari bo‘yicha va balansdan tashqari operatsiyalar bo‘yicha risklarga bo‘linishidir.
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda risklarning quyidagi asosiy turlariga e’tiborni jalb qilish lozim:

  • Depozitlarni shakllantirish riski;

  • Yangi faoliyat turi riski;

  • Lizing kelishuvi riski;

  • Qarzdorning o‘z moliyaviy majburiyatlari yuzasidan bajarmagan faoliyat

bilan bog‘liq kredit riski;

  • Bozor foiz stavkalarining tebranish ehtimoli bilan bog‘liq foiz risklari;

  • Qimmatli qog‘ozlarning qadrsizlanish ehtimoli bilan bog‘liq bozor riski;

  • Valyuta kurslari tebranishi bilan bog‘liq valyuta risklari. Bank bunday riskka chet el valyutasida turli xildagi operatsiyalarni o‘tkazish va valyuta oldi-sotdisi, valyutaviy kreditlar berish natijasida duch keladi.

Bank risklarini boshqarish strategiyasi bankning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, bankni rivojlantirish istiqbollarini belgilab beradi va bank risklarining oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Risklarni boshqarish strategiyasining maqsadi va vazifalari ko‘p darajada bank ishlaydigan tashqi iqtisodiy muhitga bog‘liq. Oxirgi yillarda bank faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi iqtisodiy muhit sifatda inflyatsiyaning mavjudligi, banklar va ularning shu’balarining sifatli faoliyat ko‘rsatishlari, banklar faoliyatining Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirilib borilishi, banklar yangi xizmatlarining yuzaga kelishi, banklar o‘rtasidagi raqobatning yuzaga kelishi va yirik banklar tomonidan mayda kredit muassasalarining qamrab olinishi, xo‘jalik sub’yektlari faoliyatining o‘zgarishi, bozor munosabatlariga moslashuvi natijasida aylanma kapitallarga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi natijasida bankning kredit resurslariga bo‘lgan talabi ortib borishi tufayli faqat bank risklarini o‘z vaqtida sezish va boshqarish yo‘li bilan bank faoliyatining ijobiyligiga erishish mumkin.
Bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, bank bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, bankning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilari bo’yicha aniq guruhlarga bo‘lish bilan bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni har birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash, ularni boshqarishning samarali usullarini qo‘llash imkonini beradi. Quyidagi jadvalda bank risklarini
boshqarish jarayonining vazifalarini belgilovchi to‘rtta asosiy bosqichi ko‘rsatilgan:
3-jadval

Bank risklarini boshqarish jarayonining vazifalarini belgilovchi to‘rtta asosiy bosqich23






Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə