Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/21
tarix23.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157897
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
bank risklarini boshqarish tizimini rivozhlantirish jollari (1)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI KREDIT-IQTISOD FAKULTETI

“TASDIQLAYMAN”


“Kredit-iqtisod” fakulteti dekani, v.v.b.
i. f. n. prof. Qoraliyev T.M

“BANK ISHI ” KAFEDRASI




Норбоев Абдулла Ориф ўғли


Банк рискларини бошқариш тизимини ривожлантириш йўллари




5230700 – “Bank ishi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha Bakalavr darajasini olish uchun


BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar:
ўқ. Зуннунова Ҳ.

2015 y.



Himoyaga tavsiya etiladi” “Bank hisobi va auditi” Kafedrasi mudiri v.v.b.
T.Boltayev “ 2015y.

TOSHKENT - 2015


MUNDARIJA

KIRISH

3

I BOB.

BANK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING NAZARIY- HUQUQIY ASOSLARI

8

1.1.

Bank risklarining bank faoliyatidagi ahamiyati

8

1.2.

Bank risklarining turlari va xususiyatlari

14

1.3.

Bank risklarini boshqarish va uning nazariy asoslari

24

II BOB.

TIJORAT BANKLARIDA BANK RISKLARINI BOSHQARISH- NING JORIY HOLATI

37

2.1.

Tijorat banklari risklarini boshqarish usullari va mezonlari

37

2.2.

Tijorat banklari risklarini boshqarish bo’yicha xalqaro talablar (Bazel)

48

III BOB.

BANK RISKLARINI BOSHQARISH BILAN BOG’LIQ
MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

63

XULOSA

76

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

78

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilligimizning ilk davridan boshlab bank tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish Respublika hukumati olib borayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Buni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qator Farmonlar va Qarorlarda ko‘rish mumkin.
Buning natijasida bugungi kunda O‘zbekiston bank tizimi qat’iy xalqaro talablarga javob beradigan eng barqaror tizimlardan biridir va ayni paytda belgilangan qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha mustahkam pozitsiyalarga ega.
Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo‘ldi. Buning natijasida tijorat banklarining jami 2014-yilda kapitali 25 foizga oshdi. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 10 foizdan 9 foizga, tijorat banklarining kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar tug‘dirdi.1
Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3-martadan ziyod oshdi.
So‘nggi yillar davomida «Mudis», «Standart and Purs» va «Fitch reytings» kabi yetakchi reyting agentliklari O‘zbekiston bank tizimi faoliyatini «barqaror» deb baholamoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar 2011-yilda mamlakatimizning 13 ta tijorat banki yuqori reyting baholariga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda respublikamizning barcha 26 ta banki ana shunday bahoga loyiq ko‘rildi.





1 O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi
Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotidagi barcha operatsiyalar banklar orqali amalga oshiriladi va albatta bu operatsiyalarda risklar yuzaga keladi. Tijorat banklari faoliyatida maksimal daromadga erishishni aniq maqsad qilib bajarilayotgan riskli operatsiyalar natijasida albatta daromadga erishilishiga olib keladi va bu bank boshqaruvining qabul qiladigan qarorlariga ayniqsa bog‘liqdir. Tijorat banklarining riskli operatsiyalari bir tomondan iqtisodiyotning barcha sektorlarida bank-moliya xizmatlarini ko’rsatadi, jamiyatning iqtisodiy talablarini qondirib, butun jamiyat kapitalini oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, mablag‘larini samarali ob’yektlarga joylashtirilishi banklarning iqtisodiy sub’yekt sifatidagi daromadini oshiradi. Demak, bank riski bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida bank mablag‘larining bir qismini yo‘qotish, yoki daromad olmaslik sharoitida ijobiy natijaga umid qilib, bank operatsiyalarini (depozit, kredit investitsiya, valyuta) o‘tkazishidir.
Xalqaro amaliyot ko’rsatishicha, bank riskini boshqarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar nafaqat mamlakat bank tizimining inqirozli holatining avj olishiga, balki moliya bozorining boshqa segmentlariga transformatsiyalanishi hisobiga tizimli risklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, 2008-yilda boshlanib hali-hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bunga yaqqol misol bo’la oladi. AQSh banklari va ipoteka kompaniyalari tomonidan ajratilgan kreditlar tarkibida nostandart kreditlar salmog’ining ortishi, ishonchsiz qarz oluvchilar o’rtasida kreditni qaytarmaslik holatlarning ortishi, ipoteka qimmatli qog’ozlari jozibadorligining pasayishi bank tizimida likvidlilik muammolarining chuqurlashuviga, tijorat banklari to’lov qobiliyatining pasayishiga sabab bo’ldi. Ayni paytda, bank tizimi barqarorligini mustahkamlash, bank faoliyati, xususan, u bilan bog‘liq risklarni boshqarishni takomillashtirish yo‘llarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi.
Respublikamiz moliya-bank tizimi barqarorligini ta’minlash, bank aktivlari sifatini oshirish, bank faoliyatidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi 2344-sonli “Tijorat banklarining
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash asosiy maqsad etib belgilandi. Shuningdek xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik sub’yektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan risklarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish, ilg‘or axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirishni ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, ushbu qarorda “… … bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqilganligi va bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining standart va tavsiyalarini (Bazel-III standartlari) 2015-2019- yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini, banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflyatsiya darajasi izchil pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz stavkalarini
belgilash mexanizmini ishlab chiqish”2 kabi vazifalar belgilab berilgan.
Risklarni boshqarishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi va mutaxassislarning yetishmasligi va boshqa bir qator omillar sababli banklar o’z operatsiyalarini amalga oshirishda bir qator muammolarga duch kelmoqda. Banklarda risklarni tahlil etish va samarali boshqarish bo‘yicha mutaxassislar kam va mavjud mutaxassilarning ham malakalarini zamonga moslab oshirish lozim. Ushbu muammolarning bank faoliyatiga salbiy ta’sir etish doiralarini aniqlash va bartaraf etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Umuman olganda, tijorat banklarining faoliyatida risklarni boshqarish va risk darajasini yuqorilab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik milliy bank tizimi barqarorligini ta’minlashning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi va bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi ham aynan shu muammolarni yechimini hal qilish bilan baholanadi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə