Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


-rasm. Bir qarzdor yoki o’zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo’lgan tavakkalchilikning maksimal hajmi(foizda)31



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə14/21
tarix23.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
bank risklarini boshqarish tizimini rivozhlantirish jollari (1)

9-rasm. Bir qarzdor yoki o’zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo’lgan tavakkalchilikning maksimal hajmi(foizda)31


Rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, hisobot sanasiga bitta qarzdor yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo‘lgan tavakkalchiliknnig maksimal hajmi, ta’minlangan ssudalar uchun 15,7 foizni (max 25%) tashkil etdi va o’tgan yilga nisbatan 0,7 foizga o’sgan. Bundan ko’rinadiki ATB Agrobank tomonidan hisobot sanasiga bitta qarzdor yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo‘lgan tavakkalchiliknnig maksimal hajmini, ta’minlangan ssudalar uchun riskni
boshqarish borasida amalga oshirilayotgan choralar va usullar natijasida ushbu ko’rsatkichni nisbatan bo’lsada past foizda o’sishiga erishilgan. Shuningdek, joriy davrda bitta qarzdor yoki o‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi uchun bo‘lgan tavakkalchiliknnig maksimal hajmi, ta’minlangan ssudalar uchun belgilangan me’yorlarning bajarilishi ta’minlangan.
Respublikamiz tijorat banlarida valyuta operatsiyalari tijorat banklari operatsiyalarining asosiy turlaridan biri bo‘lganligi sababli, valyuta riskini boshqarishni takomillashgan tizimini shakllantirish banklar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining bank amaliyotida valyuta riski darajasini baholashda tijorat bankining ochiq valyuta pozitsiyalarining darajasiga baho berish usulidan keng foydalaniladi. Bunda tijorat bankining uning aylanmasida bo‘lgan har bir xorijiy valyutadagi ochiq valyuta pozitsiyasining miqdori bilan barcha xorijiy valyutalardagi yakuniy ochiq valyuta pozitsiyasi miqdorining haqiqatdagi darajasi aniqlanadi. Undan keyin aniqlangan miqdorlar Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalariga nisbatan belgilangan me’yoriy darajalar bilan solishtiriladi. Agar tijorat bankining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdori ular bo‘yicha o‘rnatilgan me’yoriy talablar darajasidan oshmagan bo‘lsa, u holda, bankda valyuta riskining darajasi mo‘tadil deb, hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalariga nisbatan 2005 yilning 31 avgustidan boshlab quyidagi me’yoriy chegaralar belgilangan:

    • Tijorat bankining bitta valyutadagi ochiq valyuta pozitsiyasi miqdori bank regulyativ kapitalining 10 foizidan oshib ketmasligi lozim.

    • Tijorat bankining barcha valyutalardagi yakuniy ochiq valyuta pozitsiyasining miqdori bank regulyativ kapitalining 20 foizidan oshib ketmasligi lozim32.

Chet el valyutasi ochiq pozitsiyalari bo‘yicha chet el valyutalar kurslarning o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikning oldini olish ochiq valyuta pozitsiyalarini boshqarish yo‘li orqali amalga oshirilmoqda. Quyidagi rasm orqali ATB Agrobankning chet el valyutasi ochiq pozitsiyalari bo‘yicha chet el valyutalar kurslarning o‘zgarishi natijasida bankda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilikning qay darajada boshqarilayotganligi, shunindek, ochiq valuta pozitsiyasining bankning 1-darajali kapitalidagi ulushi va dinamikasini ko’rib chiqamiz.


  1. Yüklə 0,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə