Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod


-rasm. Kredit portfeli tarkibi yillar kesimida (foizda)29



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə13/21
tarix23.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157897
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
bank risklarini boshqarish tizimini rivozhlantirish jollari (1)

7-rasm. Kredit portfeli tarkibi yillar kesimida (foizda)29


Yuqoridagi rasmdan shuni ko’rishimiz mumkinki, ATB Agrobank tomonidan berilgan jami kreditlar tarkibidagi sanoat tarmoqlariga ajratilgan kreditlar ulushi 25-35 foiz oralig’ida, qishloq xo’jaligiga ajratilgan kreditlar 35-50 foiz oralig’ida, moddiy-texnika ta’minotiga ajratilgan kreditlar esa 10 foiz atrofida tebranmoqda.
ATB Agrobank tomonidan ajratilgan kreditlar ortishi o’z navbatida bankning o’z mijozlari oldida likvidliligini ta’minlashni taqozo etadi. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai- nazaridan muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash ularning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi. Ma’lumki, bank tomonidan o‘z aktivlari va passivlarining maqbul strukturasini shakllantirgan holda, likvidlilik tavakkalchiligini boshqarish tizimini takomillashtirishni ta’minlash orqali moliyaviy holatining barqarorligiga erishiladi.
Xususan, mazkur tavakkalchilik Markaziy bankning tegishli iqtisodiy me’yorlari bajarilishi, yuqori likvidli aktivlarning yetarli darajada saqlash hamda kundalik to‘lov pozitsiyasi ustidan nazorat o‘rnatish orqali boshqarib kelinmoqda.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali ATB Agrobankning 2015-yil 1-yanvar holatigacha bo’lgan davr mobaynida joriy likvidliligiga baho beramiz.



8-rasm. 2015.01.01. holatigacha ATB Agrobank likvidlik ko’rsatkichi (foizda)30


2015 yil 1-yanvar holatiga bankning likvidlik koeffitsienti 40,8 foizni (min 30%), tashkil etdi. Bunda Markaziy bank tomonidan belgilangan iqtisodiy me’yorga amal qilingan. Lekin ushbu me’yorning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xalqaro talab va tavsiyalardan kelib chiqib 2015-yi 1-yanvar holatidan boshlab minimal 100 foizga o’zgartirilishi bank likvidliligini boshqarishda yangi chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bankda qarz oluvchilarning shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bank oldidagi o‘z moliyaviy majburiyatlarini qisman yoki to‘liq bajara olmasligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiligini oldini olish maqsadida qarz oluvchilar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha belgilangan me’yorlarning bajarilishi ta’minlanmoqda.




Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə