Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/21
tarix23.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
bank risklarini boshqarish tizimini rivozhlantirish jollari (1)

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi . Bitiruv malakaviy ishining tuzulishi kirish qismi, uch asosiy bob , xulosa qismi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. BANK RISKLARI VA ULARNI BOSHQARISHNING NAZARIY- HUQUQIY ASOSLARI


    1. Bank risklarining bank faoliyatidagi ahamiyati

Mamlakatimiz iqtisodiyoti va shu jumladan moliya-bank tizimida amalga oshirilgan tub islohotlar, erishilgan yuqori natijalar, albatta, sohadagi barcha masalalar to‘liq hal etilganini bildirmaydi. Mamlakatimiz bank tizimini yanada yuqori cho’qqilarga olib chiqish, xalqaro darajada munosib o‘rin egallashini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan tizim oldiga yangi va yangi vazifalar qo‘yilmoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni tijorat banklarining barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki tijorat banklari bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek, tijorat banklari faoliyatidan ko‘zlangan natija ham birinchi navbatda foyda olishdir. U esa albatta risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu tufayli tijorat banklari oldida turgan birinchi maqsad–bu risk va foydalilik o‘rtasidagi optimal darajaga erishishdir.
O‘zbekistonda bozor munosabatlari tamoyillarining amal qilishi tijorat banklaridan o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq risklarni boshqa xo‘jalik sub’yektlariga nisbatan ko‘proq o‘rganishlarini talab etadi. Chunki tijorat banklari o‘z faoliyatlari bilan bir tomondan, o‘z aksiyadorlari oldida javobgar bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, o‘z mablag‘larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar.
Rivojlangan mamlakatlar banklariga nisbatan MDH davlatlari shu jumladan, respublikamiz banklari faoliyati yanada ko‘proq riskka ega bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi rejali iqtisodiyot davridagi bank faoliyatini bugungi davr talabiga javob beradigan holda qayta tashkil etilmaganligi va yangi turdagi bank operatsiyalarini amalga oshirishda yetarli tajribaning yo‘qligi banklar faoliyatidagi risk darajasining yanada oshishiga olib kelmoqda. Shu tufayli bank riski, uning
mohiyati, turlari, kelib chiqishi sabablarini chuqur o‘rganish amaliyot uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bank riski iqtisodiy risklarning bir qismini tashkil qilib bank bilan jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga tayanadi.
Mablag‘larning kreditlash tamoyiliga rioya qilingan holda mijozlarga berilishi, banklar ishining ma’lum tamoyillar asosida tashkil qilinishi ular faoliyatining turlari risk bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu hol bank riskining ob’yektivligini ifodalasa, bank faoliyatiga boshqa omillarning ta’siri, ularning natijasini hisoblash imkoniyatining mavjudligi va bir turdagi riskning turli sharoitda bo‘lishi, uni turlicha qabul qilish va hisoblay olish uning yuzaga kelishining sub’yektiv sabablari hisoblanadi.
Tijorat banklari risklarini boshqarish haqida gapirishdan oldin bank risklarining tub mohiyati , risk to’g’risida jahon va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlarini ko’rib chiqish muhim, albatta.
Riskning tub mohiyatini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, «risk» so‘zi ispancha so‘zdan olingan bo‘lib, «suv ostidagi qoya» degan ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham risk xavf tug‘dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug‘atchi S.N.Ojegovning rus tili lug‘atida «risk» bu «muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid» degan ma’noni anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug‘atida riskga «xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli», deb qaralgan. V.T.Sevruk «risk-bu zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar o‘lchamidir» degan ta’rif beradi3. Professor V.M.Usoskin4 «Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o‘z navbatida oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi» deb izohlaydi. Boshqa mualliflar tomonidan risk bu noaniqlik deb ta’riflanadi. E.S.Stoyanova5 «Risk-bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir» deb ta’rif keltirgan. P.G.Graboviy, S.N.Petrova, S.I.Poltalsevlarning «Риски в современном



3 «Банк рисклари ва кредитлаш» Ш.З.Абдуллаева, «Молия» нашриёти 2002 йил
4 УсоскинВ.М. «Современный коммерческий банк»
5 Стоянова Е.С. «Финансовый менежмент», М: Перспектива,
бизнесе»6 kitobida «Risk-bu korxona resurslarining bir qismini yo‘qotish yoki daromad ola olmaslik, qo‘shimcha xarajatlar qilish xavfidir», deb ta’rif berganlar.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarning barchasida risk qandaydir xavf-xatar va zararlar ko‘rishdan iborat ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Riskni ta’riflaganda, uni zarar bilan bog‘liq xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining mohiyatini to‘la ifodala olmaydi.
Yuqoridagilarga o‘xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimizning ishlarida ham uchratish mumkin. Undan tashqari, oxirgi yillarda chop qilinayotgan ko‘pgina mualliflarning ishlarida «risk» so‘zini o‘zbekchaga tarjima qilishga harakat qilingan. Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan «risk» termini turlicha nom bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni «tavakkalchilik» deb ifodasalar, boshqalari riskga «xato», «ikkilanish», «noaniqlik»,
«mavhumiylik» va hokazolar deb ta’rif berish to‘g‘riroq degan xulosa qiladilar.7 Har bir faoliyatni amalga oshirishda ikkilanish yoki xavf-xatar bo‘lishi
mumkin. Lekin ularni risk mazmunida ifoda qilib bo’lmaydi.
Xavf-xatar deganda biz oldindan biron salbiy natija beruvchi, yoki biron-bir salbiylikka yoki zarar, talofatga olib keluvchi jarayon mavjudligini bilamiz va biz qo‘rquv, hadiksirash bilan shu voqelikka yondashamiz.
Bank risklari to‘g‘risida iqtisodchi olimlarning fikrlari xilma-xil bo‘lib, ular bu tushunchaning mohiyatini turlicha talqin qilganlar. Buning sababi shundaki, risk keng ma’noli, faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida uchrab turuvchi ko‘p qirrali tushunchadir. Bank riskining mohiyati ko‘pgina mahalliy iqtisodchilar tomonidan masalan, «Kredit. 100 savolga–100javob» kitobi muallifi Yo.Abdullaev, T.Boboqulov bank tavakkalchiligi, «kredit xavf-xatari»8,
«Iqtisodiyot nazariyasi» kitobi muallifi A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayevlar tomonidan esa «bank xatari»9 deb yuritiladi. Bank foyda ko‘rishi uchun esa bu xatarni kamaytirishi lozim.





6 П.Г.Грабовый, С.Н.Петрова, С.И.Полталцев «Риски в современном бизнесе»..
7 «Банк рисклари ва кредитлаш» Ш.З.Абдуллаева, «Молия» нашриёти 2002 йил, 60-бет.
8 «Кредит. 100 саволга – 100жавоб», Ё.Абдуллаев, Т.Бобокулов.
9 «Иктисодиёт назарияси» А.Улмасов, М.Шарифхужаев..
Iqtisodchi olim O.I.Lavrushin «Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o‘lchovi bo‘lib, u yo‘qotishlarga olib keladi»10 degan fikrni ilgari suradi.
Rossiyalik yana bir iqtisodchi G.Panova «Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo‘qotish xavfi yoki imkoniyatidir» deb ta’rif beradi. U o‘z ta’rifi orqali ikki asosiy yo‘nalishni asoslab bermoqchi bo‘ladi. Bular, birinchidan, Professor O.Lavrushinning risk to‘g‘risidagi fikri bilan hamohang bo‘lib, u ham risk bu yo‘qotishlarni ifodalaydi deb uqtirsa, ikkinchidan risk bu kutilmagan hodisa ekanligini ta’kidlagan.
Lekin, «Bank risklari va kreditlash»11 kitobi muallifi Sh.Z.Abdullayeva G.Panovaning yuqorida riskga berib o‘tgan ta’rifiga qo‘shilmagan va quyidagicha ta’kidlagan: «Bank amaliyotida risk har doim ham kutilmagan hodisa emas. Bank faoliyatining barcha turi risk bilan bog‘liq. Bank shu faoliyat turi yoki operatsiya riskli ekanligini bilib turib, shu operatsiyani amalga oshirishga qaror qiladi yoki amalga oshiradi va u barcha hollarda shu operatsiya natijasida yuqori daromad olishni rejalashtiradi. Shu sababli biz G.Panovaning bank riskiga bergan ta’rifiga to‘la qo‘shila olmaymiz».
«Bank ishi» kitobi muallifi I.R.Toymuxamedov esa bank riskiga quyidagicha ta’rif bergan: «Risk-bu ma’lum maqsadni ko‘zlagan holda olib borilayotgan faoliyat natijasida bo‘lgan ishonchsizlik, ba’zan qoniqarsiz tugashi natijasidagi yo‘qotishlardan iboratdir. Risklar bank faoliyatida o‘lchash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichdir va ular doim bankning bajarayotgan operatsiyalaridan olgan zarariga, yo‘qotgan daromadiga teng bo‘ladi»12.
Ba’zi xorijiy iqtisodchi olimlarning shu sohadagi ishlari bilan tanishib, ular tomonidan ham bank risklarining mohiyatiga turli xil ta’rif va tasnif berilganligini ko‘rish mumkin.

Chet ellik olimlar risklarni ta’riflashdan ko‘ra ularning alohida olingan turlarini ko‘rishni afzal hisoblaydilar. Masalan, K.D.Valravenning fikricha g’arb mamlakatlari banklari ko‘proq likvidlik riski, kredit, portfel, sanoat, mamlakat,
10 О.И. Лаврушин, Н.И. Валенцева Банковские риски: учебное пособие 2009
11 «Банк рисклари ва кредитлаш» Ш.З.Абдуллаева, «Молия» нашриёти 2002 йил, 88-бет.
12 «Банк иши» И.Р.Тоймухамедов, 2005йил, 105-бет.
valyuta, foiz riskiga duchor bo‘ladilar. «Банковский менежмент» kitobi muallifi P.S.Rouz risklarga kengroq tushuncha berib, u bank riski oltita asosiy turdagi risk- kredit riski, foyda ololmaslik riski, likvidlik riski, bozor riski, foiz riski, to‘lay olmaslik riskidan tashkil topgan bo‘lib, bu risklar bank faoliyatida juda muhim, hal qiluvchi risklar hisoblanadi, deydi. Bank uchun ikkinchi darajada bo‘lgan risklarga P.Rouz siyosiy riskni, suiste’mol riskini, valyuta riskini kiritadi.
Bank riski – bank faoliyatiga ta’sir qiluvchi iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, siyosiy, texnologik ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lgan holatlar natijasida bank faoliyatiga xos bo‘lgan moliyaviy zararlar ko‘rish va bank likvidligi (bank o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarish qobiliyati)ni to‘liq yoki qisman yo‘qotish xavfining mavjudligidir13.
Bank riski – deganda tijorat banklari va Markaziy bank faoliyatida moliya bozoridagi iqtisodiy konyukturaning o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar ko’rish xavfi tushuniladi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, bank riski bank faoliyatini amalga oshirish jarayonida bank mablag‘larining bir qismini yo‘qotish, yoki daromad ololmaslik sharoitida ijobiy natijaga umid qilib, bank operatsiyalarini (depozit, kredit, investitsiya, valyuta) o‘tkazishdir, degan ta’rif kelib chiqadi. Bunda birinchidan, banklarning turli operatsiyalari, xoh u resurslar jalb qilish bilan bog‘liq operatsiya bo‘lsin, xoh u mablag‘larni investitsiya qilish yoki kredit berish, yuqori daromad olish maqsadida xavfli valyuta operatsiyalarini o‘tkazish bo‘lsin – bankning barcha operatsiyalari uning ma’lum bir yo‘qotishlar bilan bog‘liq sharoitda ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ikkinchidan, bank doimo har bir operatsiyasi unga ijobiy natija keltirishga umid qilgan holda bir turdagi operatsiyani amalga oshiradi.
Bank faoliyatida riskning yuzaga kelishi ba’zi bir salmog‘i, ta’siri, shakli jihatdan turlicha bo‘lgan noaniqliklar bilan bog‘liq bo‘ladi. Chunki bank faoliyati



13 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi №740 sonli nizomi
tashqi muhitga bog‘liq bo‘lib, unga ob’yektiv iqtisodiy va siyosiy jarayonlar va ulardagi bo‘ladigan o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi.
Bank faoliyatida risklarning yuzaga kelishining quyidagi sabablari mavjud:

  • bozorni yaxshi o‘rganmaslik;

  • resurslarni jalb qilish va ularni joylashtirish sohasida ma’lumotlarning yetarli emasligi;

  • kreditlanadigan loyiha, ob’yekt va mijozlar to‘g‘risida, ularning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumot va axborotlarning to‘liq emasligi;

  • tarmoqlar faoliyati xususiyatining inobatga olinmasligi;

  • sub’yektlar yoki mijozlarning ongi, saviyasi, mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha bilimi va maqsadlarining turli xilligi va boshqalar hisoblanadi.

Shu sababli bank risklarining iqtisodiy kategoriya sifatida ta’rifi uning ob’yektiv va sub’yektiv sabab va oqibatlarini o‘zida ifoda qilmog‘i lozim.
Bank faoliyatining risk bilan bog‘liq bo‘lishi xarajatlar, zararlar va yo‘qotishlar kabi kategoriyalarning doimiy uchrab turishini va ular bank amaliyotining kunlik monitoringida bo‘lishini taqozo qiladi. Banklarda xarajatlar, zarar yoki yo‘qotishlar o‘z-o‘zidan risk hisoblanmaydi. Bu tushunchalarning har biri o‘zining mohiyatiga ega.
Bankning depozitlar, jamg‘armalar va boshqa jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha foiz to‘lash, boshqa moliya-kredit institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar uchun foizlar to‘lash, bank xodimlari uchun ish haqi to‘lash va boshqa operatsion xarajatlari bilan bog‘liq risklari quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin: bozor iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar aholi jamg‘armalari bo‘yicha to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirishda, kredit resurslarining yetarli emasligi, kredit resurslarini sotib olish qiymatining oshishi, bank xodimlarining ish haqi bilan bog‘liq xarajatlarini oshirish kabilarda o‘z ifodasini topadi. Bank xarajatlarining me’yordan oshishi, daromad ola olmasligi bankga zarar olib keladi.
Bankning zarar ko‘rishi bank faoliyatida uchraydigan risklarning oldini ololmaslik, undan qocha olmaslik natijasida yuzaga keladi. Bank faoliyatida risklar kelajakda amalga oshiriladigan operatsiyalarni oldindan obdan tahlil qilmaslik,
holatni yaxshi o‘rganmaslik, mablag‘larni samarali joylashtirmaslik, bozor imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bermaslik, bank faoliyati uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarni oldindan seza olmaslik tufayli yuzaga kelishi mumkin. Zararlarning yuqori bo‘lishi banklarda yo‘qotishlar bo‘lishiga olib keladi. Yo‘qotishlar esa bank foydasini kamaytiruvchi omil hisoblanib, u bank faoliyatining risklilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Riskning hajmi bank amalga oshiradigan operatsiyalarining risklilik darajasiga, bankning risk sohasidagi strategiyasi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bank rahbariyatining foydani ko‘paytirishga intilishi ehtimoliy zararlarni imkon qadar kamaytirish bilan birga kechadi. Ushbu ikki maqsad bir-biriga muayyan darajada zid bo‘lib, bu bank ma’muriyati va uning omonatchilari manfaatlarining qarama-qarshiligi bilan bog‘liqdir. Bank ma’muriyati foydani ko‘paytirishga intiladi va qo‘shimcha foyda olish uchun risk qilishga tayyor turadi. Omonatchi uchun esa mablag‘larining saqlanishi va bankga ishonch masalasi muhimroqdir. Daromadlilik va risk o‘rtasidagi maqbul nisbatni saqlab turish bankni boshqarishning eng asosiy va murakkab muammolaridan biridir.

    1. Yüklə 0,97 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə