Toshkent moliya instituti moliya fakulteti


Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari



Yüklə 240,39 Kb.
səhifə10/13
tarix27.08.2023
ölçüsü240,39 Kb.
#120996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Malakaviy amaliyot daftari MMT 88 Rahimov Nodirbek

Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari __ Yusupov. S _____________________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)


(muhr o‘rni)
3-mavzu. Kompaniyaning fond bozoridagi investorlik faoliyati joriy holati va istiqboldagi imkoniyatlarini o‘rganish
2023-yilning 11-13-may kunlari Saudiya Arabistonida Islom Taraqqiyot bankining yillik yig'ilishi bo’lib o’tdi. Unda Agrobank vakillari ham ishtirok etdilar.
Forum davomida Agrobank va Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi (XSRIK) hamda Xalqaro Islom Savdo-Moliya korporatsiyasi (XISMK) o'rtasida muhim hujjatlar imzolandi. Mazkur hujjatlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini beruvchi, tomonlar uchun o‘zaro manfaatli kelishuv hisoblanadi. 
Ushbu nufuzli xalqaro forumda Islom Taraqqiyot Bankiga a’zo 57 ta davlatdan qatnashgan banklar orasidan Agrobank faoliyati va natijalari alohida e’tirof etilib quyidagi 2 ta nominatsiya g’olibi bo’ldi. 

1. Xalqaro Islom Savdo-Moliya korporatsiyasi tomonidan “IHT mamlakatlari o'rtasidagi savdoni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi” 


2. Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi tomonidan "Yilning eng nufuzli islomiy moliyalash instituti"


Suningdek, Forum davomida Agrobank Boshqaruv Raisi o’rinbosari boshchiligidagi delegatsiya va XISMK va XSRIKning delegatsiyalari o’rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Ma’lumot uchun: Xalqaro Islom Savdo-Moliya korporatsiyasi va Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom korporatsiyasi Islom Taraqqiyot bankining tarkibiga kiradi.


2023-yilning 16-18-may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruv kengashining 32-yillik yig‘ilishiga bag‘ishlangan navbatdagi biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekistondagi yetakchi va strategik banklardan biri bo‘lgan "Agrobank" ATB ham ishtirok etdi.




Korxona (muassasa, tashkilot) rahbari: __ Yusupov. S ______________________
(nasl nomasi va ismi) (imzo)
(muhr o‘rni)
Tadbirlar davomida Agrobank Yevropadagi yirik moliyaviy guruhlardan biri — Germaniyaning ODDO BHF banki bilan 20 million yevrolik shartnoma imzoladi. Mazkur mablag‘lar Agrobank orqali savdoni moliyalashtirish sohasidagi loyihalarga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish kerakki, bu kabi tadbirlarning O‘zbekistonda o‘tkazilishi alohida ahamiyat kasb etib, mamlakatning sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun istiqbolli maydon hisoblanadi.


"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki 2022-yil 9 oyi yakunlari bo‘yicha bank asosiy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra bank aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 foizga o‘sgan va qariyb 46 trln. so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, bankning kredit portfeli ham 24 foizlik o‘sish qayd etib, o‘tgan yildagi 30,0 trln. so‘mdan 37,3 trln. so‘mga yetgan.


"Bankning kapitallashuvi borasida olib borilgan tadbirlar natijasida bank jami kapitali 1 yil ichida 48 foizlik o‘sish qayd etgan va 1-oktyabr holatiga jami kapital 9 trln. so‘mdan oshgan.


Bank moliyaviy ko‘rsatkichlari jihatdan barqaror banklardan biri bo‘lib qolmoqda. Joriy yil 9 oyi davomida bank 8,2 trln. so‘m daromad ko‘rgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 46 foizga ko‘pdir. Bank sof foydasi 115,1 mlrd. so‘mni tashkil qilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foiz yoki 12,2 mlrd. so‘mga o‘sish).


Agrobank boshqaruvi bank ko‘rsatkichlarining miqdoriy va sifat jihatidan muntazam yaxshilab borish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib bormoqda

Yüklə 240,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə