Toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim “sмм-51” gurux talabasi Toshmatov G’ulomjon Yusupovich


G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha



Yüklə 302,84 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2023
ölçüsü302,84 Kb.
#148963
1   2   3
G’AZNACHILIK Ғ.Тошматов

G`aznachilikning yagona hisobraqami to’g’risida tushuncha

Yuqoridagi bobda davlat budjeti g’azna ijrosining huquqiy asosini tashkil qiluvchi "Davlat budjeti g’azna ijrosi to’g’risida"gi Qonunning sharhini keltirgan edik. Ushbu Qonunning tegishli moddasida "Yagona g’azna hisobvarag`i g`aznachiliktomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag`i bo`lib, bu hisobvaraqqa Davlat budjeti mablag`lari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag`lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobvarag`idan Davlat budjetida mablag`lar nazarda tutilgan yuridik vajismoniy shaxslarning xarajatlari To`lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg'armalarining xarajatlari amalga oshiriladi"1, - deb belgilab qo`yilgan. 2009-yilga kelib, davlat budjeti g’azna ijrosining tashkiliyhuquqiy hamda meyoriy asoslari ancha takomillashtirildi. Bu davrgakelib, O`zbekistoRespublikasi Moliya vazirining 2009yil, 4-avgust-dagi 69-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan va O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil, 16sentabrda 2007-son bilan ro`yhatdan o`tkazilgan "Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari" qabul qilindi. Ushbu "Qoidalar Budjet tizimi to`g`risida"gi va "Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida"gi O`zbekiston Respublikasining qonunlari hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil, 28-fevral-dagi PQ-594-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qaroriga muvofiq, O`zbekistoRespublikasi Moliya vazirligi g`aznachiligiva uning hududiy bo`linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna bisobvaraqlarini qo4llash sharoitidarespublikabudjeti, Qoraqalpog`iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur qoidalar respublika g’azna hisobvarag4i va hududiy g’azna hisobvaraqlarini yuritishtartiblariai, Respublika budjeti, Qoraqalpog`iston respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarinmg yoyilmasi budjetdan mablag` oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o`zgartirishlarni g’aznachilik bolinmalariga taqdimetishtartiblarini, yuridik majburiyatlarai ro`yhatga olishning umumiy qoidalarini, bud-jetdan mablag` oluvchilarning budjetdan tashqari mablag`lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi va muqaddam amal qilib kelgan bir qator me'yoriy hujjatlarni o`zida mujassamlashtirdi.


Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek Davlat budjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi moliya yili mobaynida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi.
Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan barcha budjetdan mablag‘ oluvchilar g‘azna ijrosi bilan to‘liq qamrab olingunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida (HKKM) 23402 (006) balans raqami bilan Respublika g‘azna hisob varag‘i ochiladi. Respublika budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan budjetdan mablag‘ oluvchilarning kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar HKKM da 23402 (005) hisob varag‘i bilan ochilgan respublika budjetining asosiy hisob varag‘idan tushadi.
Mablag‘lar taqsimlovchisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi hisoblanadi. Respublika budjetidan moliyalashtirishni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining bosh taqsimlovchisi hisoblangan budjetdan mablag‘ oluvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarmoq boshqarmalariga budjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan har bir budjetdan mablag‘ oluvchi bo‘yicha sertifikat summasining yoyilmasini ilova qilgan holda, shuningdek, budjetning g‘azna ijrosi bilan qamrab olinmagan, quyi turuvchi budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘larni o‘tkazish uchun budjet rahbarlari bosh taqsimlovchilarining budjet depozit hisob varaqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qismi bo‘yicha mablag‘lariga o‘tkazish uchun rasmiylashtirilgan tayinlash sertifikatlarini taqdim etadi. Tarmoq boshqarmalari budjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan
tayinlash sertifikatlarini o‘rnatilgan tartibda tekshirganlaridan so‘ng, ularni ijro uchun
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti Bosh boshqarmasiga
(DBBB) taqdim etadi.
23402 (005) hisob varag‘idan respublika g‘azna hisob varag‘iga mablag‘lar
o‘tganligini tasdiqlovchi HKKMdan shaxsiy hisob varaqdan ko‘chirmalar olinganidan
so‘ng, DBBB ijro etilgan tayinlash sertifikatlarining birinchi nusxalarini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim etadi.
Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun kelib
tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim qilinadi
(budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga oshiriladigan
to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar). Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni, asosiy
vositalarni sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib
tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘
oluvchilar joylashgan hududning shartli hisob varaq raqami (ShHR) bilan ochilgan,
23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisob varaqlari
orqali respublika budjetining daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisob
varaqlarda hisobga olinadi.
Respublika budjeti qaramog‘ida bo‘lgan budjetdan mablag‘ oluvchilarni g‘azna
ijrosi bilan to‘liq qamrab olingandan so‘ng, ularning xarajatlarini respublika
budjetining asosiy hisob varag‘idan moliyalashtirish to‘xtatiladi va asosiy respublika
budjeti hisob varag‘i bilan birlashtiriladi. Respublika budjetining asosiy hisobvarag‘i
bilan birlashtirilgandan so‘ng, respublika budjeti daromadlari 23402 (005)
“Respublika budjetining mablag‘lari” hududiy daromad tranzit hisobvaraqlaridan
mablag‘lar to‘g‘ridan to‘g‘ri kirim qilinadi

Yüklə 302,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə