Toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim “sмм-51” gurux talabasi Toshmatov G’ulomjon Yusupovich



Yüklə 302,84 Kb.
səhifə3/3
tarix12.12.2023
ölçüsü302,84 Kb.
#148963
1   2   3
G’AZNACHILIK Ғ.Тошматов

Hududiy g‘azna hisobvaraqlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida bolgan budjetdan mablag‘ oluvchilarning pul mablag‘larini kirim qilish va o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar hududiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qaramogida
boigan budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari (ota-
onalarning maktabgacha taiim muassasalarida bolalami saqlash uchun to‘lovlari,
ota-onalarning musiqa va san’at maktablarida bolalarni o‘qitish uchun to‘lovlari,
maktabgacha ta’lim muassasalari ishchilaridan ovqatlanish uchun tushgan
tushumlar, shuningdek, ijtimoiy ta’minot organlaridan budjet tashkiloti xodimlariga
pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lash uchun tushgan mablag‘lar) o‘rnatilgan tartibda
kirim qilinadi. Joriy yilda budjetdan mablag‘ oluvchilarning joriy moliya yili uchun
kelib tushgan debitorlik qarzlari summasi kassa xarajatlarini tiklash orqali kirim
qilinadi (budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalar tuzmasdan amalga
oshiriladigan to‘lovlari bo‘yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar).
Budjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘tgan yilgi debitorlik qarzlarining joriy
moliya yilida qaytarilgan summalari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklarni,
asosiy vositalari sotishdan va inventarizatsiya (tekshirish) natijalari bo‘yicha kelib
tushgan summalar kirim qilinadi va keyinchalik ushbu summalar budjetdan mablag‘
oluvchilar joylashgan hududning shartli hisobvaraq raqami (ShHR) bilan ochilgan
23402 (005) “Respublika budjeti mablag‘lari” daromadlar tranzit hisob varaqlari
orqali tegishli budjetlarning daromadlariga o‘tkazilishi bilan alohida shaxsiy hisob
varaqlarda hisobga olinadi.
Ma’lumki, O‘zbekistoRespubllkasi davlat budjeti daromadlari qismi asosini
mamlakatimizda 2014-yil, 1 - yanvardan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi
Budjet Kodeksining 50-51 -52-moddalari bilan belgilab qo‘yilgan daromadlar
tashkil qiladi.
Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning hisobga olinishi
yoki budjet hisobiga keragidan ortiq miqdorda o‘tkazib yuborilgan summalarning
qaytarib berilishi respublikamizda amalda bo‘lgan Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi,
shuningdek, 2001-yil, 19-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetining kassa operatsiyalarini amalga oshirish orqali ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida” gi 1009-sonli raqam bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan yo‘riqnomalar
asosida bajariladi.
Davlat budjetining markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan respublika budjetiga Soliq
Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan umumdavlat daromadlari va majburiy
to‘lovlari tushiriladi. Ma’lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega boigan tartibga
soluvchi soliqlar bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekistoRespublikasi Prezidentining Budjet
parametrlari to‘g‘risidagi maxsus qarori bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan
normativlar bo‘yicha respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo‘yicha to‘lovlar turlicha respublika
budjetiga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining
budjetlariga o‘tkazilishi mumkin.




XULOSA
Xulosa qilib aytganda, dastlab davlat budjeti g‘azna ijrosi elementlari joriy qilinayotganda nazarda tutilgan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari tushumining yagona g‘azna hisobraqamida yuritilishi mablag‘larni oqilona boshqarish imkonini beradi, qisqa vaqt oralig‘ida budjetga va boshqa maqsadli jamg‘armalarga tushgan mablag‘larning markazlashtirilgan tartibda hisobini yuritish uchun sharoit yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. Qosimova G.A. “G‘aznachilik”. O‘quv qo‘llanma. T.:

“IQTISOD-MOLIYA”, 2015 y.
2. Qosimova G. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013 y.
Internet saytlar:
www.senat.gov.uz / www.ceep.uz
www.mf.uz / www.lex.uz
www.cer.uz
Yüklə 302,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə