Toshkent moliya instituti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix25.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#99221
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Toshkent moliya instituti tasdiqlayman

 
3-modul. Etika
12-Mavzu.
 
Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati 
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm 
ta’limotining axloqiy ahamiyati. Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy 
qarashlar tasnifi. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning 
zaruriyati. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat 
munosabatlarida namoyon bo‘lishi. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov. 


11 
 
13-Mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi 
o‘rni 
Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy 
jihatlari. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati. 
Milliy ma’naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyatlar. O‘zbekistonda 
yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy 
axloqiy qadriyatlarining o‘rni. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning 
ma’naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy 
kamolotga salbiy ta’siri. Oilaviy munosabatlarga noan’anaviy yondashuvlarning 
oqibatlari. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. Oila 
shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari.
 
14-Mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning 
ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy 
madaniyat bilan uyg‘unligi. Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. 
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. 
San’atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning 
yutuqlari va kamchiliklari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga 
ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik. Yuksak axloqni 
tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri. Bioetika – amaliy etikaning 
nazariy asosi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə