Toshkent moliya instituti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə10/214
tarix31.12.2021
ölçüsü1,65 Mb.
#81443
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214
UMKA

7-topshiriq. “Sinkveyn” texnologiyasihaqida tushuncha. Maqsad – kategoriyaga tavfsif berish


1-qator – tushuncha - ot

2-qator –2 so‘zdan iborat sifat

3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l

4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat



5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim


Quyidagi iqtisodiy so‘zlarni sinkveyn usulida izohlang.

So‘z

1 daraja

2 daraja

3 daraja

4 daraja

5 daraja


Kirim















Xaridor















Qarzdor















Mablag‘















Tovar















Byudjet















Iqtisodiyot















Tadbirkor















Moliya















Kredit
















8-topshiriq.Til va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o`rganib, ularni Venn diagrammasi asosida solishtiring.


VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.

Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.







9-topshiriq. Iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlarning qo`shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring.

Bojxona, arznoma, shartnoma, talabnoma, kamHarj, umumdavlat, o‘rinbosar, so‘zboshi.

10-topshiriq. “Xalqimizning yozuvlari” matnini o`qing va quyida berilgan jadvalni to`ldiring.

Yozuvlar

Qo`llanilgan davri

Ahamiyati va kamchiliklari

Qadimiy turkiy yozuv







Arab







Kirill







Lotin









11-topshiriq. She’rni ifodali o’qing va yod oling.

N.Narzullayev “Til bilan aziz”

Bugun til bayrami – bo’laylik xurram,

Oliy maqomdagi tilimiz uchun!

Tili bilan inson aziz, mukarram,

Jonimiz baxshida elimiz uchun!

Azaldan qadimiy o’zbekmiz, o’zmiz,

Ahli dunyo bilar bir so’zligimiz.

Dunyoni fatx etgan lisonmiz, so’zmiz,

Aslo unutmaymiz biz o’zligimiz.

Qoshg’ariy bobomiz tilida mehri,

Navoiy qo’llagay bizni toabad.

Onamiz allasi tilimiz sehri,

O’zbekni yak qalam aylagan ijod!

O’rxun xatlarida jondosh bitiklar,

Tariximizdan so’zlab ko’xna Avesto.

Erning qatlarida lahjalar uxlar,

Salom ham kalom ham mangu qalbga jo!

Sevganday Quyoshni, sevganday Oyni,

Sevganimiz kabi yulduzlarni ham.

Tuproqni sevganday jondek baayni,

Havoday hamnafas bo’laylik hamdam.

Sevganimiz kabi bir-birimizni,

Ziyoga talpin, do’st, bag’ring kengroq och!

Sevib elimizni, o’z tilimizni,

Dillaru dunyoga bo’laylik tilmoch!

Adabiyotlar ro`yxat:


    1. Vikram Bisen Priya.Business communication.New Delhi.2009.

    2. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, -T.: «Fan», 1992, 254 b.

    3. Rasulov R., Husanov N., Mo`ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. [15: 100-113]

4. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori: «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida», «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi» (Vazirlar Mahkamasining 1995-yil, 24-avgustdagi 339-sonli qarori.).

5.O‘zbekiston Respublikasining “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari” to‘g’risidagi Konstitutsiyaviy qonuni. - T.: O‘zbekiston, 2002.

6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T.8. -T.: O‘zbekiston, 2000, 528 b.

7. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch T.: O‘zbekiston, 2006.



8. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003.

9. Stephen Bailey. Academic Writing. A Handbook for International Students. London, 2015 [14: 4-8-betlar]



2-MAVZU. BIZNES MULOQOT VA NUTQIY FAOLIYAT

1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni so’zlab bering.

Muloqot jarayoni va uning maqsadi


Muloqot -kishilaroʻrtasidagifaoliyatehtiyojlaridankelibchiqadiganbogʻlanishlarrivojlanishiningkoʻpqirralijarayonidir. 
Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sogʻlom avlodni, komil insonlarni voyaga yetkazish masalasiga katta e’tiborberilmoqda. Komilinsonningmuhimsifatlaridanbirimuloqotmadaniyatidir. Muloqotinsonhayotivafaoliyatiningmuhimshartidir. Aynan muloqot jarayonida insonlar tabiatni oʽzlashtirish va oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega boʻladilar. Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muloqot va uning asosiy xususiyatlari, samarali muloqotning psixologik aspektlari, muloqotga oʻrgatishga oid psixologik mashqlar, samarali muloqotning psixologik vositalarini oʻrganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy oʻrinni egallamoqda. Muloqot jarayonimuloqotning nazariy va amaliy jihatlarini chuqu roʻrganishga yordam beradi.

Muloqot (munosabat) birgalikdafaoliyatkoʻrsatuvchilaroʻrtasidagiaxborotayirboshlashni oʻz ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat soʻzlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni  qoniqtirsa, imo-ishora bilan muloqotda boʻlamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlariniidroketaolishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda boʻlamiz Muloqotqonuniyatlarinibilishhamdaunioʻrnatishmalakalarivaqobiliyatlarinirivojlantirishharbirkishiuchunmuhimdir. 



Muloqotning maqsadi


Muloqottashqita’sirlar, namunalarasosidaoʻzini oʻzituzatish, qaytatarbiyalash, Shaxsiyimkoniyatiniroʻyobgachiqarishuchunpuxtazaminhozirlaydi, komilliksari yetaklaydi. 
Harbirkishiningoʻz “Meni” atrofdagilarbilanboʻladiganmuloqotjarayonida shakllanadi. Shaxsninghayotyoʻllariavvaloilada, bogʻcha, maktab, institut, ishxona, keksalarorasida, ya’niguruhvajamoalardarivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga boʻlgan ehtiyojdir. Muloqotga boʻlgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning  uchun, biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir boʻlgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin, ayrim hollarda esa biz qoniqmasligimiz ham mumkin. Muloqot jarayonishaxslararomunosabatlarningshundaykoʻrinishidirki, uningyordamidaodamlarbir-birlaribilanoʻzaroruhiyjihatdanaloqagakirishadilar, oʻzaroaxborotalmashadilar, bir-birlarigata’siroʻtkazadilar, bir-birlarinihisqiladilar, bir-birlarinitushunadilar.Shuning uchun,muloqotijtimoiypsixologikhodisasifatidaijtimoiyturmushningbarchasohalaridaishtiroketib, hamkorlikfaoliyatiningmoddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsionqirralariningehtiyojisifatidavujudgakeladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bogʻliq boʻlib, shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson gʻoyalarini anglatadi.

Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakterxislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon boʻlishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuygʻulari, koʻnikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir oʻtkazish uslubi  tarkib topishi mumkin.

Barkamolinsonlarningmuomalamaromi, mulohazayuritishuslubi, munosabatgakirishishoʻquvchanligi, vaziyatdanchiqishsalohiyatiham, boshqaodamlartomonidantaqlidqilinadivahayottajribasidaungarioyaetibyashaydi. Odamlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida  gʻayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish, oʻzini oʻzi mukammallashtirish, oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish, oʻzinioʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi baholash, oʻziga oʻzi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun, ichki va tashqi taqlidni  tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish boʻlgʻusi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu oʻzini oʻzi ortiqcha yoki past baholash tufayli oʻziga va uni qurshab turgan odamlarga notoʻgʻri munosabatdir. Biroq, buning oldini olish imkoniyatlari mavjud boʻlib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:


  • hamkorlik  faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari oʻrtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.

  • muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan  tadbirlarni amalga oshirish.

  • insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari toʻgʻrisidagi axborotni egallashga oid maxsus mashgʻulotlarni  uyushtirish.


  • «Kommunikatsiya»soʻzi lotincha “communicare” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, xabar bermoq, qatnashmoq, boʻlishmoq, umumlashtirmoq degan ma’nolarni anglatadi.
    shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga  moʻljallangan ishbilarmonlik oʻyinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.


2-topshiriq. Matnni o’qing. Matn yuzasidan savollar tuzing.

Muloqot va uning turlari

Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi.

Muloqotning hayotimizdagi shakl va koʻrinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, oʻsha vaziyatlardan kelib chiqadigan koʻrinishlari va turlari haqida gapirish mumkin.

Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar, rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa (masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,) norasmiy muloqot – bu odamning Shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni oʻsha suhbatdoshlarning fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilishi, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun, hamma odam ham rahbar boʻlolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qoʻl uravermaydi, chunki, buning uchun undan rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.



Aloqaning asosiy maqsadi ma’lumot berish, aniq nuqtai nazarni amalga oshirish yoki harakatga erishishdir.

Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat vatushunchalarini bir-birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi.

Kommunikatsiya muayyan mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlarning bir-birlari bilan va boshqa mamlakat yo madaniyat yoki bir tilda soʻzlashuvchilar guruhiga mansub odamlar bilan oʻzaro faoliyatlari va aloqa qilishlarida muhim oʻrin tutadi. Kommunikativ aloqa inson hayotiga ma’no qoʻshadi. U munosabat yaratishga va muhabbatni shakllantirishga yordam beradi, oʻzaro tushunishni ragʻbatlantiradi. U bizning butun jahon toʻgʻrisidagi bilimimizni boyitib, turmushimizni munosib qiladi.

Muloqotga ikki va undan ortiq kishilarning oʻzaro tushunish va xohlangan harakatining amalga oshirilishi deb ta’rif berilishi mumkin. Bu soʻzlar va belgilar orqali ma’lumot almashinuvidir. Bu faktlar, gʻoyalar va nuqtai nazar almashinuvi umumiy qiziqishlar maqsad va harakatlarni amalga oshiradi. Amerika Menejment Assotsiatsiyasi «kommunikatsiya ma’no almashinuvining natijasi boʻluvchi har qanday xatti-harakatdir», deb ta’rif beradi. Piter Litl muloqotga quyidagicha ta’rif beradi: «Muloqot yakka shaxslar va tashkilotlar oʻrtasidagi ma’lumot beruvchi jarayon boʻlib, u tushunish javobini keltirib chiqaradi». Nyuman va Sammer Juniorning ta’kidlashicha, «Muloqot – ikki yoki undan koʻp shaxslarning faktlar, gʻoyalar, fikrlar yoki his-tuygʻulari almashinuvidir». Keys Vevisning fikriga koʻra, «Bir insondan boshqasiga ma’lumot va tushunchani yetkazish jarayonidir. Bu, ayniqsa, insonlar oʻrtasidagi ma’no-mohiyat koʻprigidir. Koʻprikdan faoydalanish orqali inson tushunmovchiliklar daryosidan xavfsiz oʻtib olishi mumkin”. Lyuis A.Allen: « Muloqot – boshqa bir inson idrokida tushuncha yaratishni xohlaganda amalga oshirilgan barcha narsalar jamlanmasidir. U gapirish, eshitish, tushunishning tizimli va davomiy jarayonidir», deya izohlaydi. Shunday qilib, aloqaning asosiy maqsadi ma’lumot berish, aniq nuqtai nazarni amalga oshirish yoki harakatga erishishdir.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə