Toshkent Moliya Instutiteti Soliq va soliqqa tortish



Yüklə 91,13 Kb.
səhifə1/10
tarix26.10.2023
ölçüsü91,13 Kb.
#131987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bojxona

Toshkent Moliya Instutiteti


Soliq va soliqqa tortish
ST_92 guruh talabasi
Mahkamov Akbarali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son hamda “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etilsin.
2. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejasi va fan dasturlari takomillashtirilishini ta’minlasin;
4. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida birlamchi xarajatlarni amalga oshirgandan so‘ng bo‘shab qolayotgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Respublika oliy ta’lim kengashining quyidagi tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida:
oliy ta’lim muassasasida 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilarning nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘tashi va malaka oshirishi;
oliy ta’lim muassasasida 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish;
oliy ta’lim muassasasi huzurida faoliyat yuritayotgan davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurilish, joriy va kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘lar ajratish.
5. Belgilab qo‘yilsinki, oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash oliy ta’lim muassasalari talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi
6. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida” 2019-yil 3-dekabrdagi 967-son qaroriga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklatilgan

Yüklə 91,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə