Toshkent Moliya Instutiteti Soliq va soliqqa tortish


Baholash, baholarni konvertatsiya qilish



Yüklə 91,13 Kb.
səhifə6/10
tarix26.10.2023
ölçüsü91,13 Kb.
#131987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bojxona

Baholash, baholarni konvertatsiya qilish

Talabalar ta’lim dasturi doirasida o‘qitish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.


Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi shart.
Kreditlarni ko‘chirish oliy ta’lim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida tuzilgan shunga o‘xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Kredit-modul tizimida ro‘yxatga olish xizmatini tashkil etish
Ro‘yxatga olish xizmatlari ta’lim va talabalar bilimini baholash jarayonlarini alohida yuritish, talabalar haqidagi akademik ma’lumotlarni elektron tarzda avtomatik boshqarish hamda yakuniy nazoratlarni o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.
Ro‘yxatga olish xizmati talabaga tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha yuqori darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarga erishishda yordam berishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi funksiyalarni qamrab oladi:
o‘quv jarayoni jadvalini tuzish va u o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
talabalarning fanlarga ro‘yxatdan o‘tishini nazorat qilish;
akademik guruhlarni shakllantirish;
oraliq, yakuniy baholashlar va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazilishini nazorat qilish;
ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish;
ta’lim olayotgan talabalarning ma’lumotlarini arxivga qadar saqlash;
transkript formalarini shakllantirish va talabalarning ma’lumotlarini kiritish;
talabalar kontingenti bo‘yicha statistikani yuritish.
Birinchi kurs talabalarini ro‘yxatga olish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
guruh murabbiyi ro‘yxatga olish xizmatidan biriktirilgan guruh talabalarining login va parollarini oladi, talabaga ta’lim jarayonini tushuntiradi, ta’lim dasturi bilan tanishtiradi, login va parol beradi hamda talaba portalidan foydalanishni o‘rgatadi;
talaba professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha tanishtiruv taqdimotlariga qatnashadi, majburiy va tanlov fanlari bilan tanishadi va fanlarga ta’limni boshqarish tizimidagi talaba portali orqali ro‘yxatdan o‘tadi;
talaba ta’limni boshqarish tizimidagi portali orqali dars jadvalini aniqlaydi va darslarga qatnashadi.

Yüklə 91,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə