Toshkent Moliya Instutiteti Soliq va soliqqa tortish


Kelgusida ta’lim yo’nalishining jozibadorligi nuqtai nazaridan OTM nmalarga e’tibor qaratmog’i lozim ?



Yüklə 91,13 Kb.
səhifə9/10
tarix26.10.2023
ölçüsü91,13 Kb.
#131987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bojxona

Kelgusida ta’lim yo’nalishining jozibadorligi nuqtai nazaridan OTM nmalarga e’tibor qaratmog’i lozim ?
Kelgusida OTM da talim soxasini jozibadorligini oshirish uchun avvalam bor ta’lim sifatini yaxshilash kerak , o’quvchilarning tartib intizomini yaxshilash kerak sababi intizom talim sifati har doim yaxshi bo’lsa OTM ning rivolanish bosqichi ham shu qadar yaxshi bo’ladi .
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish maqsadida quydegilarni o’z ichiga olgan
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;
talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;
Konsepsiya tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish. oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligiga xolisona baho berish.ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot  vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish. oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ularni respublika oliy ta’lim muassasalari sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan:
oliy ta’lim bilan qamrov va ta’lim sifatini ta’minlash sohasida:
oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda;
amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda;
oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan, ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas;
talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilmagan;
ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi;
professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda;
o‘quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini o‘tkazishning shaffof mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar g‘oliblari bilan ishlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan;
iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga talabalarni saralab olish mexanizmlari mavjud emas;
pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan, jumladan malaka oshirish muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi;
oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud;
ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:
oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan;
innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish natijadorligi yetarli emas, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasi ta’minlanmagan;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda;
ilmiy darajaga ega xodimlarning o‘rtacha yoshi 49 bo‘lib (fan doktorlari — 56 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari — 43 yosh), yuqoriligicha qolmoqda, fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagilarning ulushi 45 foizni tashkil etmoqda;
ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud muammolar yechimiga qaratilmagan;
so‘nggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga iqtiboslar soni kamaymoqda;
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh olimlar faoliyatini rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari yaratilmagan; oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash sohasida: talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan;oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv laboratoriya uskunalarining salmog‘i atigi 10 foizni tashkil etadi, shu bilan birga o‘quv jarayoni laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan yetarlicha ta’minlanmaydi; oliy ta’lim muassasalari moliyaviy xarajatlarining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va inshootlarni ta’mirlashga yetarlicha mablag‘ yo‘naltirilmayapti;oliy ta’limning jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta’minlash sohasida: respublika oliy ta’lim muassasalari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, ularning rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro reytingining 1 000 talik ro‘yxatiga kirmagan;ta’lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga moslashtirilmagan; mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari xorijiy talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan; xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish borasidagi targ‘ibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o‘tkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma mavjud emas.

Yüklə 91,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə